Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Foydalanilgan adabiyotlar
1.Abduazizov A. O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. 
2.O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. I, II, III, IV, IV jild, 2006.
3.Mirtojiyev M.M. O‘zbek tili fonetikasi. – Toshkent: Fan, 2013.
4. Rahimova M. So‘zga belgi sifatida yondashish. Talqin va tadqiqotlar, 2023.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
29
2023-yil 7-son
Tadqiqot
Yulduz Jovliyeva,
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-kurs talabasi
ADABIYOT DARSLARIDA ERTAKLARNI O‘QITISH METODIKASI 
OSKARD UAYLDNING “BAXTLI SHAHZODA” ERTAGI MISOLIDA
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada adabiyot darslarida ertaklarni o‘qitish Oskard Uayldning “Baxtli shahzoda” ertagi misolida 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar, metod va usullar asosida yoritilgan. 
Kalit so‘zlar: 
ertak, qayta hikoyalash, “Erkin yozish” metodi, didaktika, asar badiiyati, dualizm.
Umumta’lim maktablarining adabiyot darslarida ko‘plab ertak namunalari berilgan. Xususan 5-sinf adabiyot 
darsligining ikkinchi bo‘limi “Ertaklar olamida” deya nomlangan bo‘lib, unda o‘zbek xalq ertaklaridan “Uch og‘a-
ini botirlar” ertagi, Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni va jahon bolalar adabiyotining yorqin 
namoyondalari aka-uka Grimlarning “Botir tikuvchi” ertagi, shuningdek, yangilangan 6-sinf adabiyot darsligida esa 
Oskard Uayldning “Baxtli shahzoda” ertagi berilgan.
Badiiy asarlarni, xususan ertaklarni o‘rganishda ko‘pgina o‘qituvchilar hozirgacha ushbu janrdagi g‘oyaviy-
didaktik xususiyatlarni tahlil qilishni an’anaviy tamoyil sifatida qo‘llab kelmoqdalar. Ertaklar haqida so‘z yuritganda 
aksariyat hollarda xalq og‘zaki ijodiyotidagi dualizm ezgulik va yovuzlikning o‘zaro kurashlari, ushbu ikki qarama-
qarshi qutbning to‘qnashuvi asosida kechadigan voqealar xususida so‘z yuritiladi, oxir-oqibatda ezgulikning yovuzlik 
ustidan g‘alaba qilganligi ta’kidlanib, yovuzlik timsolida harakat qiladigan obrazlar qoralanib, ezgulik ramzi sifatida 
harakat qiluvchi obrazlar oliyjanob qilib ko‘rsatiladi. Natijada o‘quvchilarda yovuzlikka nisbatan nafrat, ezgulikka 
nisbatan muhabbat tuyg‘ulari kamol topib boradi. Didaktik jihatdan va dastur talablablariga bu javob beradi.
1
Darhaqiqat, biz tanishmoqchi bo‘lgan Oskard Uayldning “Baxtli shahzoda” ertagida ham ezgulik madh etiladi. 
Insonlarga yaxshilik qilish, ularning baxtdan chaqnagan ko‘zlarini ko‘rish asl baxt ekanligi ertakda juda go‘zal 
tarzda ko‘rsatib berilgan. Ertakning bosh g‘oyasi ham aynan shundan iborat.
Har qanday asarni tahlil qilishda eng avvalo, asar bilan to‘liq va batafsil tanishib chiqish zarur. Demakki, 
ertakni to‘liq o‘qib chiqish talab etiladi. O‘tilayotgan mavzuni o‘quvchilar xotirasida yaxshi saqlab qolishida qayta 
hikoyalashning o‘rni va ahamiyati katta. Qayta hikoyalash usulini quyidagicha noan’anaviy tarzda amalga oshirish 
ham mumkin, ya’ni ertak syujetidagi voqealar ketma-ketligini o‘zgartirgan holda suratlar beriladi. O‘quvchilar 
dastavval, suratlarni voqealar ketma-ketligida joylashtirishlari, keyin esa aynan shu suratlar yordamida ertakni 
qayta hikoyalashlari mumkin. Bu qayta hikoyalashda o‘quvchilarga qulaylik yaratishga xizmat qiladi.
O‘quvchilar badiiy asarda uchratadigan tushunarsiz so‘zlar, ibora va tushunchalarga o‘qituvchi tomonidan 
alohida izoh berilishi lozim. Bunda turli rasmlar, qiziqarli ma’lumotlar, faktlardan samarali foydalanish mumkin.
Shuningdek, o‘quvchilarga yangi, notanish so‘zlarni o‘qitishda “Erkin yozish” metodidan ham samarali 
foydalanish mumkin. Ushbu metodda:
O‘quvchilar uchun notanish so‘z doskaga yoziladi (masalan yashm –bezak sifatida ishlatiladigan tosh)
1 daqiqa davomida o‘quvchilar ushbu so‘zga o‘zlari ta’rif yozishlari so‘raladi (og‘zaki emas, aynan yozma 
shaklda)
Vaqt nihoyasiga yetgach, o‘quvchilardan yozgan ta’riflarini o‘qib eshittirish so‘raladi.
O‘quvchilardan javoblar tinglangach, o‘qituvchi to‘liq va batafsil ma’lumot beradi.
Ushbu metodning samaradorligi shundan iboratki, bunda o‘quvchilar diqqati ayni so‘z yoki iboraga qaratiladi. 
Shu bilan birga ushbu so‘zning ma’nosini bilishga nisbatan qiziqish uyg‘onadi va o‘qituvchi tomonidan berilgan 
ma’lumotni yaxshi esda saqlab qoladi. Ushbu metoddan nafaqat badiiy asardagi notanish so‘zlarni o‘zlashtirishda 
balki, adabiy tushunchalar, terminlarni o‘qitishda ham foydalanish mumkin.
Shu bilan birga 5, 6, 7-sinf adabiyot darslarida o‘qituvchi o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlariga yanada qiziqtirish, 
e’tiborini jalb qilish maqsadida fanga, o‘qitilayotgan badiiy asarga doir rasm, video va audio materiallardan (agar 
tayyor materiallar mavjud bo‘lmasa, o‘qituvchi o‘zi ham ijodiy yondashgan holda ushbu materiallarni tayyorlashi 
mumkin) foydalanishi mumkin. Bu badiiy asarning o‘quvchilar ongida yanada aniq va obrazli shakllanishiga yordam 
beradi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ertaklarni adabiyot darslarida o‘qitishda pedagoglar o‘quvchilarning 
yosh xususiyatlarini va dunyoqarashini e’tiborga olishlari lozim. Ertaklar asosan yuqori sinflarning 5-6 sinflarida 
o‘qitiladi. O‘quvchilar ertakni o‘qib chiqib undan ma’naviy ozuqa olish bilan birga, “qissadan hissa” yo‘sinida ibrat 
ham olishadi. Ertaklarni o‘qish orqali o‘quvchilarning fikrlash va dunyoqarashi kengayadi. Asardan mustaqil 
xulosa chiqarish ko‘nikmasi shakllanadi.


30
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Tadqiqot
1
Sh.I.Botirova Adabiyot nazariyasini o‘qitish metodikasi. –T.: ,,Book trade”, 2022, 33-bet

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin