veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
31
2023-yil 7-son
Tadqiqot
Shu o‘rinda inson va uning fazilatlari haqidagi qarashlarga nazar tashlaylik: “Tabiatan adolatparvar bo‘lib, odil
odamlarni sevadigan, istibdod va jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni yomon ko‘ruvchi, o‘z odamlariga ham, be-
gonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barcha-
ga yaxshilikni va o‘zi sevgan go‘zalliklarni ravo ko‘ruvchi bo‘lishi zarur”.
2
Sharq va G‘arb falsafasida ham bilimli,
xalqparvar, fozil insonlargina hokimiyatni boshqarishi mumkinligiga urg‘u berilgan. Ammo Shekspir davri esa eng
ziddiyatli kurashlarga boy bir davrligi bilan ajralib turadi, shuningdek o‘zaro razolat kuchaygan bir tarixiy davr edi.
Oddiy xalq esa bunday kurashlardan, yovuzliklardan, hukmron jamiyatdan allaqachon beza boshlagan bir davr edi.
Bu xalqqa adolatsizlikni, qabohatni anglatuvchi dramatik asarlarga ehtiyoj shakllanib ulgurgan edi. Shekspirgacha
bo‘lgan badiiyatdagi mifologik obrazlar emas, tarix haqiqatini borlig‘icha badiiylashtirgan dramalarga ehtiyoj paydo
bo‘lgan ediki, bu qarashlarni dramaturg juda yaxshi anglagan edi.
Shekspirning “Makbet” asariga nazar tashlasak, jamiyatdagi razolatning naqadar aniq va rangin so‘zlarda ifo-
dalaganligini anglab yetamiz va yuqorida qayd etilgan tushunchalarning isbotini topgandek bo‘lamiz. Asarning
ikkinchi sahnasi Ferres yaqinidagi qarorgohda Qirol Dunkan, Malkolm, Donalbayn,
Lenoks suhbatlari, ikkinchi
tomondan qonga belangan serjantning kirib kelishida tarixning teran talqinini kuzatish mumkin.
Ikki taraf – cho‘kayotgan ikki kimsadek,
Yopishgandi bir-biriga.
Yovuz Makdonald,
U fitnachi qoyim, ya’ni tavalludidan
Eng tasqara illatlarga makon bo‘lgan zot,
Tadbir bilan o‘sha g‘arbiy jaziralardan
Talay irland piyodasin yollagan ekan.
Nizolardan mamnun bo‘lib, u nobakorning
Orqasidan izg‘ib yurdi qismat-fohisha.
3
(As
two spend a good summers, that do cling together
And choke their art, The merciless Macdonwald-
Worthy to be arebel, for to that
The multiplying
villanies of nature
Do swarn upon him-from the western isles
Of kerns and gallowglasses is supplied
And fortune on his damned quarrel smiling
Show’d like a rebel’s whore: but all’s to weak)
4
Shekspir dramatik qahramonning tuyg‘ulariga o‘z davrining keskin qarama-qarshiliklarini singdirib yuboradi.
Shuning uchun davr ziddiyatlari, nizolaridan bezgan xalqning dardi alami sifatida misralar jaranglaydi. Serjantning
kechinmalari, davr kurashini ochib berishi bilan birlikda, ularning o‘ziga xos xarakter qirralarini ham namoyon et-
gan. Suhbat jarayonida Dunkanning fikrlaridan juda xursand bo‘lgan shoh, Makbetga Kavdor bekligini ham taqdim
qiladi. Voqealar rivojidan ma’lumki, ularning o‘ziga xos tamoyillari, badiiy qahramonning iztiroblari sifatida ifodalan-
sa-da, xalqning dardi, uning kechmishi edi. Talqinlar davomida har bir obrazning kechinmalariga, botiniy olamiga,
inson va jamiyat ziddiyatlari asosida davr muammosini singdiradi. Voqelikning
asosida muallifning kechmishi,
anglangan haqiqatlari o‘z ifodasini topgan. Birinchi alvasti tilidan bayon etilgan fikrlarda ham Makbet sharaflanadi:
Glamis begi – Makbetga shon-sharaflar!..
Ikkinchi alvasti esa uning qarashlariga hamohang fikrni yanada kuchaytiradi. Kavdor begi – Makbetga
shon-sharaflar!.. Ammo bularning ham bir-biriga qarshi, fitna, adolat kabi qarashlardan oziqlanib hayot kechirgan-
ligini kuzatish mumkin.
Voqealar rivoji konflikt asosida kuchayib borar ekan, Banko ohistagina Makbetga shunday fikrlarni alohida qayd
etadi:
Hay, ehtiyot bo‘l,
Kavdor begi bo‘lding, lekin toj ila taxtni
Havas qila ko‘rma. Meni qo‘rquv bosmoqda:
Ba’zan bizni jahannamga jo‘natmoq
uchun
Haqiqatni so‘ylar picha shayton – layinlar.
Ko‘zimga haqgo‘y bo‘lib ko‘rinarlar ular,
Lekin boplab mot qilishar muhim bir ishda.
5