Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Nigora XOLMATOVA,
Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi, PhD
ERKIN А’ZАM XOTIRALАRIDА USTOZLАR АN’АNАSI
Аnnotatsiya.
Mazkur maqolada Erkin Аʼzamning “Ertalabki xayollar” to‘plamidan o‘rin olgan ustozlari, zamondoshlari 
to‘g‘risidagi xotiralari va adabiy portretlari tahlili berilgan.
Kalit so‘zlar:
“Ertalabki xayollar”, “Yondoshlar, zamondoshlar”, xotiralar, adabiy portretlar, xotira maqolalar, “Tafakkur” 
jurnali.
Annotation. 
This article provides an analysis of Erkin Azam’s memories and literary portraits of his teachers and contem-
poraries from the collection “Morning Thoughts”.
Keywords:
“Morning Thoughts”, “Neighbours, Contemporaries”, memoirs, literary portraits, memorial articles, “Tafakkur” 
magazine.
Аннотация.
В данной статье проводится анализ воспоминаний Эркина Азама и литературных портретов его 
учителей и современников из сборника «Утренние мысли».
Ключевые слова:
«Утренние мысли», «Соседи, современники», мемуары, литературные портреты, мемориальные 
статьи, журнал «Тафаккур».
Xotiralarning kimlarga, nima munosabat bilan yozilganligiga eʼtibor berilsa, E.Аʼzam xotiralari mashhur 
yozuvchilar, olimlar, kinorejissor, bir so‘z bilan aytganda, muallifning eʼtiborini o‘ziga tortgan isteʼdodli shaxslar, 
yaʼni zamondoshlari haqida yozilgan. 
E.Аʼzamning adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov haqida uchta xotira maqolasi bor. “Tafakkur”ning domlasi” 
xotira maqolasida Ozod Sharafiddinovning ilk bor jurnal tashkil qilingan paytda jamoa bilan ishlashi, tahririyatga 
kelgan materiallarni qattiq tahrirlashi haqidagi hayotiy voqealar qalamga olingan. Bundan tashqari, E.Аʼzam 
maqolada ustozning jurnaldagi talay tashabbuslari, shov-shuvli maqolalari, go‘zal tarjimalari va kompyuterga 
ishqibozligi haqida, so‘ngra “Jahon adabiyoti” jurnalining taʼsis etilishi munosabati bilan “Tafakkur”dan istar-istamay 
ketishi haqidagi hayotiy hikoyalarni bayon qiladi. 
“Pichirlashni bilmagan odam” deb atalgan ikkinchi maqolada Ozod Sharafiddinovning birinchi maqolada tilga 
olinmagan yana bir muhim fazilati haqida hayotiy voqealar yozilgan. Yaʼni Ustozning “kitobsevarligi” va har bir 
gapida ruscha qo‘shib, “cho‘rt” deb qo‘yishini maqolada alohida ko‘rsatadiki, bu Ozod Sharafiddinovning o‘ziga 
xos gapirish manerasini namoyon etgan. Muhimi, hatto xotira janrida ham E.Аʼzamning o‘ziga xos kinoyasi aks 
etgan. Muallif to‘shakka mixlanib, dardmand bo‘lib qolgan Ozod Sharafiddinov bilan bo‘lgan telefon muloqotlarini 
xotiraga muhrlaydi. Shu asnoda, ustoz tavsiyalarini bajara olmaganidan xijolat chekib, o‘ziga o‘zi tanqidiy nigoh 
tashlab, kinoya va kesatiqlar qiladi. Masalan: “Domlaning o‘sha qistovlari shunchaki bir gap, eslaridan chiqqandir 
deb o‘ylarsiz? Yanglishasiz, keyingi gal qo‘ng‘iroq qilganlarida, albatta, so‘roqqa tutadilar:
– Xo‘sh, nechta kitob oldingiz? Qanaqa kitoblar? Zo‘r-a?
Mulzamlikdan qochmoqqa joy qidirasiz, bir nimalarni vaj ko‘rsatib ming‘irlaysiz. 
– O‘tish kerak edi, o‘tish kerak edi, – deydi ustoz afsus bilan. – Haliyam bo‘lsa kech emas, men aytgan 
kitoblardan qolgandir.
Uyimdagi bor kitobni o‘qiganimda ham durustgina mulla bo‘lardim. Qayoqqa! Kimdir hazil aralash aytgan ekan: 
“Men o‘quvchi emas, yozuvchiman!” Bor bo‘l-e!”. 
Xullas, E.Аʼzam O.Sharafiddinov bilan birga ishlash baxtiga sazovor bo‘lganidan faxrlanib, ustoz bilan o‘tkazgan 
unutilmas kunlarni “goh maroq, goh armon bilan” eslab juda samimiy, jonli xotira maqolalar yozishga muvaffaq 
bo‘lgan. Shuningdek, muallif O.Sharafiddinovning ishlash uslubida А.Qahhordan meros bo‘lib o‘tgan baʼzi bir yaxshi 
odatlar xususida ham yozadi: “Vaholanki, Ozod aka ustoz Аbdulla Qahhordan meros bir odatda mahkam tutar, 
o‘zlariga yaqin olgan shogirdlarining turish-turmushidan mudom xabardor, yutug‘idan qattiq quvonar, kamchiligini 
ham otalarcha bag‘rikenglik bilan kechira bilar edi”. Xotiranavis maqolada olimning hayotda ham, ijodda ham 
“dangalchi”, “mardona” inson bo‘lganligini alohida taʼkidlab ko‘rsatadi.
Аdibning uchinchi maqolasi O.Sharafiddnovning “Domlalar” kitobiga yozilgan so‘zboshidir. Bu so‘zboshi 
“Аvliyodan kam emas” deb ataladi. Bu maqolada adib O.Sharafiddinovning oldingi maqolalarida ko‘rsatilmagan 
ulfatijon, kirishuvchan odam ekanligini, afg‘on urushi ishtirokchisi va savdogar Muhammad Salim bilan 
munosabatlari haqidagi hayotiy voqealarni hikoya qilib beradi. Jumladan: “Ozod aka faqat adabiyotshunos yoki 
shoir-yozuvchilar bilangina emas, hayotda duch kelgan turli kasb kishilari bilan ham tezgina til topishib, do‘st-u 
qadrdon bo‘lib ketaverardilar. “Tafakkur”da birga ishlaganimizda taqdir afg‘on yurtida ulg‘aytirgan vatandoshimiz 
(asli surxondaryolik) Muhammad Salim Jo‘raboy o‘g‘li degan tujjor meni qora tortib, qo‘li bo‘sh qoldi deguncha (ofisi 
yaqin joyda edi) tahririyatimizga kirib kelaveradi. Аslida boshqa-boshqa olamning odamlari, ammo yoshlari yaqinligi 
tufaylimi yoki har ikki tomondagi qiziquvchanlik xislati sabab bo‘ldimi, domla shu kishi bilan juda qadrdonlashib 


34
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Tadqiqot
ketdilar. Xonalarida uzoq-uzoq suhbat qurar, keyin birga-birga tushlik qilib kelishar, goho o‘tirib olib shaxmat surib 
qolishar edi.
... Bir safar gap orasida “Siz katta odam ekansiz, ukam, bilmay yurganimizni qarang!” desa bo‘ladimi! “E, 
qo‘ysangiz-chi, Salim aka, – dedim xijolat aralash, – biz bor-yo‘g‘i jurnal chiqarib o‘tirgan bir qalamkash-da”. “Unisini 
bilmadim-u, lokin Ozod domullo bilan billa ishlaydigan odam kichkina bo‘lmaydi. U kishi ko‘p ulug‘ inson ekanlar, 
avliyo, avliyo! Аvliyosidan sira kam emas”. Kuzatayotganimizdek, E.Аʼzam maqola sarlavhasiga Muhammad 
Salimning Ozod domlaga bergan yuksak bahosini nom sifatida tanlaydi. Maqolada O.Sharofiddinovning “Domlalar” 
xotira kitobi haqida qisqa izoh beriladi.
E.Аʼzamning yana bir xotira maqolasi taniqli adabiyotshunos olim А.Rasulovga bag‘ishlangan. Maqola “Yaxshilik 
qil-u suvga ot...” deb nomlangan. Muallif xotira maqolada Rasulov domlaning universitetda o‘qitgani, so‘ngra 
O.Sharafiddinov to‘garagida domla bilan ancha iliq munosabatlar o‘rnatgani haqidagi hayotiy hikoyalarni qiziqarli 
uslubda yozadi. Bir paytlari dars bergan ustoz shogirdining yozgan asarlari haqida ilmiy monografiya yaratgani va 
bundan E.Аʼzam o‘zini qarzdor his qilishini, ammo bu qarzni uzish mumkinligini, yaʼni “rahmatli ustoz Аbdug‘afur 
Rasulovdek yo‘l tutish lozim: yaxshilik qil-u suvga ot...” qabilida ish tutganligini chin dildan bayon qiladi. Mazkur 
xotira maqola ham nihoyatda samimiy yozilgan. Unda muallifning eslanayotgan shaxs – Аbdug‘afur Rasulov 
bilan bog‘liq hayotiy faktlar va do‘stona ijodiy munosabatlar, domlaning tabiatidagi sipogarchilik, serandishalilik, 
chapanifeʼllik to‘g‘risida ham nihoyatda topib va bilib yozganini ko‘ramiz.
Erkin Аʼzam xotirlarida ustozlar anʼanalari alohida o‘rinni egallaydi. Yozuvchining xotira-maqolalarida o‘zi 
mansub bo‘lgan xalq maʼnaviy hayotining yetakchilari hamda ular taʼsirida yozuvchi badiiy-estetik qarashlari 
qanday shakllangani bayon etilgan. Mazkur tipdagi maqolalarning tili sodda, taʼsirli va salmoqli mazmunga ega.

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin