34
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Tadqiqot
ketdilar. Xonalarida uzoq-uzoq suhbat qurar, keyin birga-birga tushlik qilib kelishar, goho o‘tirib olib shaxmat surib
qolishar edi.
... Bir safar gap orasida “Siz
katta odam ekansiz, ukam, bilmay yurganimizni qarang!” desa bo‘ladimi! “E,
qo‘ysangiz-chi, Salim aka, – dedim xijolat aralash, – biz bor-yo‘g‘i jurnal chiqarib o‘tirgan bir qalamkash-da”. “Unisini
bilmadim-u, lokin Ozod domullo bilan billa ishlaydigan odam kichkina bo‘lmaydi. U kishi ko‘p ulug‘ inson ekanlar,
avliyo, avliyo! Аvliyosidan sira kam emas”. Kuzatayotganimizdek, E.Аʼzam maqola sarlavhasiga Muhammad
Salimning Ozod domlaga bergan yuksak bahosini nom sifatida tanlaydi. Maqolada O.Sharofiddinovning “Domlalar”
xotira kitobi haqida qisqa izoh beriladi.
E.Аʼzamning yana bir xotira maqolasi taniqli adabiyotshunos olim А.Rasulovga bag‘ishlangan. Maqola “Yaxshilik
qil-u suvga ot...” deb nomlangan. Muallif xotira maqolada Rasulov domlaning universitetda o‘qitgani, so‘ngra
O.Sharafiddinov to‘garagida domla bilan ancha iliq munosabatlar o‘rnatgani haqidagi hayotiy hikoyalarni qiziqarli
uslubda yozadi. Bir paytlari dars bergan ustoz shogirdining yozgan asarlari haqida ilmiy monografiya yaratgani va
bundan E.Аʼzam o‘zini qarzdor his qilishini, ammo bu qarzni uzish mumkinligini, yaʼni “rahmatli ustoz Аbdug‘afur
Rasulovdek yo‘l tutish lozim: yaxshilik qil-u suvga ot...” qabilida ish tutganligini chin dildan bayon qiladi. Mazkur
xotira maqola ham nihoyatda samimiy yozilgan. Unda muallifning eslanayotgan shaxs – Аbdug‘afur
Rasulov
bilan bog‘liq hayotiy faktlar va do‘stona ijodiy munosabatlar, domlaning tabiatidagi sipogarchilik, serandishalilik,
chapanifeʼllik to‘g‘risida ham nihoyatda topib va bilib yozganini ko‘ramiz.
Erkin Аʼzam xotirlarida ustozlar anʼanalari alohida o‘rinni egallaydi. Yozuvchining xotira-maqolalarida o‘zi
mansub bo‘lgan xalq maʼnaviy hayotining yetakchilari hamda ular taʼsirida yozuvchi badiiy-estetik qarashlari
qanday shakllangani bayon etilgan. Mazkur tipdagi maqolalarning tili sodda, taʼsirli va salmoqli mazmunga ega.
Dostları ilə paylaş: