Qurish-yasash va matematika markazida: “Qurilish materiallardan shahar quramiz” mavzusi asosida tarbiyalanuvchilarga bilan qurilish materiallari va turli kattalikdagi g‘ishtchalardan mustaqil uylar qurish o‘rgatildi. Bundan tashqari hafta davomida “Maktab”, “Bolalar bog‘chasi”, “Yo‘l va ko‘priklar quramiz” mavzulari asosida mavzuga mos tarzda qurish yasash o‘yinlari o‘tkazilib tarbiyalanuvchilarga bilim va ko‘nikmalar berildi.
Syujetli rolli o‘yin va drammalashtirish markazida:“Mehmonda” “Muzeyga tashrif”, “Hayvonot bog‘iga sayr” kabi mavzular asosida o‘yinlar o‘tkazilib o‘yin jarayonida tarbiyalanuvchilarning bir-biriga o‘zaro munosabati, muomala malakalari, mehmonga borish odobi, mehmonlar orasida so‘zlashish madaniyati shakllantirildi.