Til va nutq markazida:Bolalarga“Do‘stlar xaqida she’r va xikoyalar”, “U qanday do‘st?”, “Teskarisi” mavzularidagi o‘yinlar va rasm asosida xikoyalar tuzishga o‘rgatildi.
Fan va tabiat markazida:“Nima uchun biz xilma xilmiz”, “Sovun ko‘piklari” mavzulari asosida mavzuga mos rasmlar, sovun ko‘piklari va maxsus idishlardan fodalangan holda tarbiyalanuvchilar bilan faoliyatlar olib borildi.
San’at markazida:Ushbu markazda bolalarga “Sehrli barmoqchalar”, jamoaviy aplikatsiya ishi “Mening do‘stim” mavzulari asosida bolalarga do‘stlik xaqida tushuncha, qaychi yordamida shakllarni kesib olish, ulardan odamchalar yasash, mavzu asosidagi rasmlarni kuzatish, yasalgan odamchalarga nomlar qo‘yishga o‘rgatildi.
Ushbu oy davomida ota-onalarga tavsiyalar o‘z vaqtida berib borildi.Musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi tomonidan har kuni badan tarbiya mashqlari taqdim etildi.Bolalarni qilgan ishlari uchun ularni rag‘batlantirib borildi.
Dostları ilə paylaş: |