«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va yechimlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya foydalanilganda yuzaga keladi (antropogen eroziya). Bunda eroziya jadalligi
keskin kuchayib, yo‘qotilgan tuproq qatlamlari qayta tiklanmaydi.
O‘rta Osiyoning sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida tuproqning
irrigatsion eroziyasi keng tarqalgan bo‘lib, u suv eroziyasining bir ko‘rinishidir.
Yer nishabligi katta bo‘lgan yerlar o‘zlashtirilib, paxtachilikda foydalana
boshlashi natijasida keyingi yillarda ana shunday eroziya maydonlari ko‘payib
bormoqda. Masalan, O‘zbekistonning sug’oriladigan rayonlarida irrigatsion
eroziya maydonlari 1990 yilda 695, 1 ming gektar bo‘lgan bo‘lsa, 2012 yilga
kelib taxminan 1051,9 ming gektarni tashqil etdi.
O‘zbekiston tuproqshunoslarining ma’lumotlariga ko‘ra, qiya maydonlarda
bir marta egatlab sug’orilganda suv oqizib ketadigan tuproq gektariga 22-50
tonnaga, o‘ta qiyaliklarda esa 690 tonnaga etadi. Masalan, 3-50 nishab
maydonlardagi oqava suvlarni 94 foiz tuproq atigi 6 foiz qum borligi aniqlangan.
Bir yilda har gektardan o‘rtacha 100 t tuproqinng yuvilib ketishi 100 kg
azot va 115 kg fosfor yo‘qolishi demakdir.
Nishabligi katta joylarda dalaga suv yuqori oqim bilan oqib kelganda uning
oqish tezligi kritik qiymatga yetadi va egatni yuvib keta boshlaydi. Kritik tezlik
tuproqning erozion turg’unligiga, mexanik tarkibi, donadorligi va boshqa
xossalariga bog’liq.
Irrigatsion eroziya oqibatida tuproqning suv-fizik, agrokimyoviy va
mikrobiologik xossalari keskin yomonlashadi, unumdorligi pasayadi, paxtaning
hosildorligi 30-40 foiz va undan ko‘proq kamayadi, tolaning sifati pasayadi va
chigit sekin unib chiqadi.
Tuproqning xaydalma qatlami yuvilganda oziq qatlami yuvilib ketishidan
tashqari, tuproqning fizik xossalari keskin yomonlashadi. Gumusli gorizont
yuvilganda kam unumli zich haydalma osti qatlami yer yuzasiga chiqib qoladi.
Bu yerlarda o‘simliklar hayoti va mikroorganizmlar faoliyati uchun zarur
sharoitlar yomonlashadi, ikkinchidan suvning singishi qiyin bo‘lganidan,
tuproqning yuvilishi kuchayadi.
Bahorda tuproq yuzasida suv oqimlarining ko‘p bo‘lishi (60-80 foizigacha
oqib ketadi) va suv o‘tkazuvchanlikning yomonligi natijasida eroziyalangan
tuproqlarda aktiv nam zahirasi kam to‘planadi.
Shamol eroziyasi ham qishloq xo‘jaligiga katta ziyon keltiradi. Shamol
eroziyasi ham qishloq xo‘jaligiga katta ziyon keltiradi. Shamol tasirida
tuproqning 2,5 sm qatlami uchirib olib ketilganda ham xar bir gektar
maydondan 450-1000 kg azot, 100-200 kg fosfor, 3,5tG’ga qadar kaliy va 15
tonnagacha gumus yo‘qotiladi. Bundan tashqari issiq garmsellar, chang
bo‘ronlari ekinlar hosiliga salbiy tasir etadi. Shamol eroziyasi tufayli yo‘qotilgan