Usul qo'rg'oshin dietilditiokarbamat bilan misning rangli kompleksini olishga, uni tetraxlorid uglerod bilan ekstraktsiyasiga va ekstraktni fotometriyaga asoslangan. Temir, marganets va boshqa ba'zi mikroelementlar qo'rg'oshin dietilditiokarbamat bilan rangli komplekslar hosil qilmaydi. Faqat mis bu reaktiv bilan o'zaro ta'sirlashganda, to’q sariq-jigarrang kompleks hosil qiladi. Ekstraksiya biroz kislotali muhitda amalga oshiriladi, bu ekstraksiya jarayonini to’liq bo’lishini ta'minlaydi. Hosil bo'lgan kompleksning optik zichligini o'lchash λ=436 nm da amalga oshiriladi.