Tuproqqa asosiy ishlov beruvshi mashinalar. Pluglar. Maruza savollari. Agrotexnik talablar



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə8/10
tarix20.10.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#158165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Машины и орудия для основной обработки почвы

Lemexlar


.
Lemex (rasm) tuproq palaxsasini tagidan kesib, yerdan ajratadi, bir oz ko‘tarib, uni ag‘dargichga uzatadi. Ish jarayonida zichlangan tuproq lemex sirti bo‘ylab katta bosim bilan siljib utishi natijasida uning tig‘i tez yeyilib, o‘tmas va ensiz bo‘lib qoladi. O‘tmas lemexli plugning sudrashga qarshiligi keskin (30 % gacha) oshib ketishi mumkin.
Lemexlar:
a - trapetsiyasimop;
б - iskanasimon; в - uyiqli;
г - uchburchaksimon;
д - o‘z-o‘zidan o‘tkirlanadigan;
1 - tumshuq; 2 - magazin;
3 - qanot; 4 - tig‘; 5 - qotishma qotlami.
Trapetsiyasimon lemex (a-rasm) juda sodda tuzilgan bulib, uni tayyorlash va taʼmirlash arzondir. Qattiq tuproqqa botishi qiyinroq, tezrok yeyiladi. Shu sababli ular yengil tuprokli yerlarga ishlov berishda qo‘llaniladi.
Iskanasimon lemexning (б-rasm) iskanaga uxshash chuziq tumshugi pasga 10 mm va yon tomonga 5 mm egilgan bo‘ladi. Bunday lemex trapetsiyasimon lemexga nisbatan qimmatroq, ammo uzoqroq chidaydi va qattiq tuproqqaa yengilroq botadi. Iskanasimon lemexli plug ravonroq harakatlanadi.
Uchburchaksimon lemex (г-rasm) maxsus pluglarda, kartoshka va kanal kovlagichlarda ishlatiladi, chunki u tuproqqa ko‘proq bosim bilan taʼsir etib, og‘ir sharoitda ishni bajarishga qodirdir.
Almashtiriladigan tumshuqli lemex (в-rasm) ning tumshugi yeyilganda, uni old tomonga surib chiqarib qo‘yiladi. Bunday tishning ishlayotgan uchi yeyilib, dastlabki uzunligiga nisbatan 30 mm ga qisqargandagina o‘girib qo‘yiladi yoki old tamonga suriladi. Bunday lemexlar og‘ir tuproq sharoitida ishlatiladi.

Tirak taxtalar


.
Tirak taxtalar:
a - turtburchakli;
б - almashtiriladigan tovonli;
в - kengaytirgichli; г, д - tirak taxtani shudgor tubi na denoriga nisbatan o‘rnatilishi;
1 - taxta; 2 - kengaytirgich;
3 - kergich.
Tirak taxta (rasm) shudgor devoriga tiralib, sirpanib harakatlanadi, ag‘darilayotgan tuproq; palaxsasining qarshilik kuchi taʼsirida korpus yon tomonga burilib ketmasligi uchun suyanchiq bo‘lib, uning to‘g‘ri yo‘nalishda barqaror harakatlanishini taʼminlaydi. Yaʼni, tirak taxta shudgor devoriga tiralib korpusga yon tomonidan tushadigan bosim kuchini yengadi.
Tirak taxtaning uchi yeyilganida 180° ga o‘girib qo‘yiladi. Tirak taxtani shudgor tubiga 2°...3° ga engashtirilib, shudgor devoriga nisbatan 2°...3° ga burib o‘rnatiladi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin