Anʼanaviy usul - plug bilan yerni chuqur (20 sm dan kuproq) haydab, asosiy ishlov beriladi. Keyinchalik esa turli tirma, kultivator, freza kabi mashinalar bilan yerga sayoz ishlov beriladi.
Resurs tejamkor texnologiya - baʼzi mutaxassislar texnologiyani nul, minimal, alternativ texnologiya, pushtalash deb atashadi. Ularning asosiy kursatkichi yerga ishlov berishda plugdan xar yili foydalanmaslikdir. Shu sababli bir nechta texnologik operatsiyalarni murakkablashtirilgan, qurama (kombinatsiyalashtirilgan) agregatning bir yurishida bajarib, tuprok zichlanishining oldini olinadi.
Nul texnologiyasi shudgorlamasdan ekish yoki bevosita ekish ham deyiladi. Bu usulda dalaning 25 % gagina mexanik ishlov beriladi, qolgan joydagi begona utlar gerbitsid yordamida yo‘qotiladi.
Resurs tejamkor texnologiyadan foydalanilganda, tuproqni ekin ekish uchun tayyorlashga sarflanadigan katta mablag‘lar tejaladi, tuproqning shimuvchanligi ortib, chuvalchanglar ko‘payadi, natijada yerning unumdorligi ortib, hosildorlik oshadi.
Plugning klassifikatsiyasi Korpuslar soni boyicha: - bir korpusli;
- ikki korpusli;
- uch korpusli va va b.