S a v o l l a r.
1. Tariq qanday tuproqlarda samarali xosil beradi?
2.Grechixa xalk xujaligida kanday maksadlar uchun ekiladi?
3.Grechixa etishtirish uchun kanday agrotexnika kullaniladi?
7-Mavzu: dukkakli DON ekinlari, ULARNING XALQ XO‘JALIGIDAGI AXAMIYATI.
Reja:
1. Dukkakli don ekinlarining xalk xujaligidagi axamiyati.
2. Ko‘k no‘xat, maxalliy no‘xat, biologik xususiyati va O‘zbekistonda o‘stirish texnologiyasi.
3. Soyaning axamiyati, biologik xususiyati va uni etishtirish.
4. Maxalliy loviyaning axamiyati.
5. YAsmiq, burchoq, fasol va moshning axamiyati va o‘stirish texnologiyasi.
Tayanch iboralari: Axamiyati, kimyoviy tarkib, ekin maydoni, tarqalishi, xosildorlik, o‘stirish texnologiyasi, biologik xususiyati, uzun kunli, qisqa kunli, neytral, o‘g‘itlar o‘zlashtirilishi.
Dukkakli don ekinlari dukkakdoshlar oilasiga mansub bulib, bu guruxga no‘xat, yasmik, ko‘k no‘xat, soya, loviya, mosh, vika, oddiy no‘xat va lyupin kiradi. Dukkakli don ekinlari eng avvolo,doni,poyasi va barglaridagi oksil mikdori kupligi bilan belgilanadi. Bu ekinlarni kupchiligini donni tarkibida 20-30% oksil bor. Bu galla ekinlari donidagi oksilga karaganda 2-3 marta kupdir. Soya doni tarkibida 35-52% oksil va -17-27% moy xam bul V2, S, D, E, RR va boshka vitaminlar bor. Bu ularning ozik-ovkatlik va em-xashaklik kimmatini yanada oshiradi. Bu dukkakli ekin donidan tashkari poyasidan tuyimli pichan, silos, xashaki un, tayyorlanadi. Poxoli tarkibida 8-15 % oksil bulib, bu galla ekinla poxolidan 3-5 marta ortik.
Kupchilik dukkakli ekinlar doni ozik-ovkat va engil-sanoatida kimmatli xom-ashyo xisoblanadi. Kuk nuxat va loviya konservasi, yorma, un tayyorlanadi va xakozolar.
2. Dukkakli don ekinlari azot tuplovchi o‘simliklardir, tuganak bakteriyalari orkali dukkakli don o‘simliklari xar gektar erga 50-100 kg xavodan azot tuplashi aniklangan. Nuxat, mosh va lyupinning ildizi kiyin eriydigan fosforli birikmalarni uzlashtira oladi. don o‘simliklari xar gektar erga 50-100 kg xavodan azot tuplashi aniklangan. Nuxat, mosh va lyupinning ildizi kiyin eriydigan fosforli birikmalarni uzlashtira oladi. SHunday kilib dukkakli don ekinlari tuprokni unumdorligini oshirishga sugoriladigan erlardan unumli foydalanilgan va o‘simliklarni umumiy maxsuldorligini oshirishga yordam beradi.
3. Dunyo dexkonchilikda dukkakli don ekinlari 135 mln/gektar atrofida ekiladi. Dukkakli don ekinlari Xindiston, Xitoy va Amerikada keng tarkalgan. Respublikamizda dukkakli don ekinlari 1998 yili 22,2 ming/ga atrofida ekildi. Uzbekistonda kuprok mosh, jaydari, nuxat, soya,oddiy nuxat loviya ekiladi.
Kuk nuxat eng kup tarkalgan dukkakli ekindir. Doni ozik-ovkat, chorva mollariga ozuka va agrotexnikaviy axamiyatga egadir. Donning tarkibida 26-30% gacha oksil 4-10% gacha kandlar, A1,V1,V2,S, vitaminlar va mineral moddalar bor. Kuk nuxatning pishgan va xom doni shuningdek dukkagi konservalanadi. Kuk nuxat chorva mollariga ozuka sifatida keng foydalaniladi. 1 kg noxa 1,17 ozik birligi va 145 g xazimlanadigan oksil bor. Nuxatning poyasi tarkibida 12-13% pichani tarkibida 5-8 % oksil buladi. Nuxatning agrotexnikaviy axamiyati nixoyatda katta, u xar gektar etishtirish mumkin. Respublikamizda urtacha xosildorlik 10-14 s/ ga. ni tashkil etadi.
Sugoriladigan erlarda 20-40s/ga don 350-450s/ga kuk massa xosil olinadi., lalmi erlardan urtacha don xosil 5-6 dan 10s/gacha, kuk massa 60-70s/ga etgan. Kuk nuxat dunyo buyicha umumiy ekin maydoni 15 mln. gektar atrofida. Kuk nuxat Ovropadagi kupgina davlatlarda, AKSH, kanada, Xitoy, Xindiston va Ukraina, Rossiyada kup tarkalgan. Uzbekistonda nuxatni ekin maydoni uncha katta emas. Asosan sugoriladigan, kisman lalmikor erlarda ekiladi.
2. Kuk no‘xat bahori ekinlar qatoriga qiradi, biroq qishlovchi xillarini kuzda eka boshlash mumkin.U sovukka chidamli o‘simlik. Issikka kam talabchan, urugi 2-6°S da una boshlaydi. 15-20°S usish uchun eng kulay sharoit xisoblanadi. Agar nuxat gullayotganda xarorat yukori, namlik kam bulsa, yomon changlanib xosil kamayib ketadi. uning maysalari ayrim xollarda -8-12°S va undan xam past xaroratga chidaydi. Kuk nuxat urtapishar navlari maysalangandan 30- navlarining 120-125 kun. Kuk nuxat namga anchagina talabchan o‘simlik. Donining burtishi uchun vaznining 110 % miqdorida suv talab qiladi. transpiratsiya koefitsenti urtacha 400-450 ga teng.
Tuprok namligi dala nam sig‘imining 70-80% kam bulmasa, kuk nuxatdan yukori xosil olinadi. Nuxat gullash va xosil tugishi davrida nam etishmasa yomon rivojlanadi. Nuxat utlok utlok-botkok, buz tuprokli, mexanik tarkibiga kura urtacha, fosfor va kaliyga boy engil kumlok va kumok tuprokli erlarda yaxshi usadi. Uzbekistonda kuk nuxatning Vostok-55, Vostok-85, Usatыy namlari ekilmokda.
3. Kuk nuxatni ekish muddatiga karab, er turli usulda ishlanadi. Agar u erta baxorda ekiladigan bulsa fosforli o‘g‘itdan 40-50 kg/ mikdoriga solib erni 25-30 sm chukurlikda shudgorlash zarur.
Nuxat angizga ekiladigan bulsa, birinchi ekin yigishtirib olingandan keyin dala sugoriladi. erni 25-30 sm chukurlikda xaydash bilan boronalaniladi va mola bostiriladi. Kuk nuxat kech kuzda ekiladigan bulsa, er 25-30 sm chukurlikda xaydaladi. SHur bosgan erlarni ekish oldidan erni shurini yuvish kerak.
Kuk nuxat eng avvalo fosforli o‘g‘itlarga extiyoj sezadi. Erga fosforli o‘g‘itlar 50-100 kg mikdorda solinadi. Nuxat uz ildizidagi tuganak bakteriyalar xayot faoliyati xisobiga azot bilan oziklanadi. Birok tuganaklar rivojlanish davrigacha dastlabki vaktlarda azotli o‘g‘itlarga extiyoj sezadi,shuning uchun ekish oldidan xar gektarga 20-30 kg dan azotli o‘g‘it solinadi. Kuk nuxat kaliyli o‘g‘itga kam talabchan buladi, birok kaliyli o‘g‘itni gektariga 30-50 kg/
Xar gektariga ekiladigan urugga yarim litr nitragin bilan dorilanadi. Nitragin 2 litr suvga aralashtiriladi, urug ekiladigan kuni dorilanadi. Kuyosh nuri ta’sirida tuganak bakterialar nobud buladi, shuning uchun urugni soyada dorilash kerak.
Bundan tashkari kungizlar, zambrug, tuprok zararkurandalarida karshi urug ekishdan oldin dorilanadi. Nuxatni unuvchanligi 92-95 %, tozaligi 98-99 % bulgan 1va2 sinf talabiga javob beradigan urug ekiladi. nuxat urugini SZT -47,SD-24, SUB-48 markali va boshka mashinalarda ekiladi. Ekish me’yori gektariga 1-1,2 mln/ dona, vazn xisobida yirik donli nuxatlar 250-300 kg/ga, mayda donli nuxat 120-150 kg/ga, engil tuprokli erlarda 5-7sm, ogir tuprokli suvlari yuza joylashgan erlarda 1 marta sugoriladi. YOgin kup bulgan yillari nuxatni sugormasa xam buladi. Nuxat lalmi erlarda 30 sm, sugoriladigan erlarda 60-70 sm oralikda ekilib egatchalar orkali
Nuxatning xosili bir vaktda etishmaydi. Avval eng tulik pastki dukkaklar, sungra yukoridagilari pishadi, Tupdagi xamma dukkaklarni pishishini kutib bulmaydi, chunki pastki dukkaklari donlari tukilib ketadi. Nuxat pishganda tupi odatda erga yotib kolib bir-biriga chirmashib ketadi. SHuning uchun aloxida 2 muddatda yigish eng yaxshi usul xisoblanadi. Nuxatni 70% pastki dukkaklari pishganda terila boshlanadi. nuxat palagi JBl-3,5,JNU-3,2,JNB-3,5 markali SK-3,SK-4, markali uziyurar kombaynlarda yigib olinadi. Donni ertalabki salkinda urish kerak. YAnchib olingan nuxat, don tozzalash mashinalarida tozalanib, nami 14-15% kolguncha kuritib shamollatib koplarga solib saklanadi.
Soya usimligi ozik-ovkatda,texnikada,konserva tayyorlashda,sut va kandolat maxsulotlari ishlab chikarishda, em-xashak sifatida ishlatiladi.Doning tarkibida 30-52% oksil,17-27% yog,20% karbon suvlari buladi.Soning oksili yukori sifatli suvda tula eriydi va yaxshi xazm buladi.Soya donidan yog,margarin,pishlok,sut,un,kandolat maxsulotlari ishlab chikiladi.YOgi lak buyok sanoatida,sovun ishlab chikarishda kullaniladi.
Soyaning vatani Janubi SHarkiy Osiyo. Asosan Xitoyda, Xindistonda, Koreya,Yaponiya,Indoneziyada kup tarkalgan. Yer yuzida don-dukkakli ekinlarning orasida birinchi urinni egallaydi va 62 mln.ga maydonga ekiladi.Uzbekistonda bu ekinga endi e’tibor berilmokda.YOg ishlab chikarilmokda.1998 yili 10 ming ga atrofida ekilgan.Takroriy ekin sifatida ekin maydonlari kengaytiriladi.O‘zbekiston sharoitida 1.5-4.0t/ga xosil olinadi.
2. Coya Fabaceae oilasiga Glincine L.avlodiga mansubdir. Dexkonchilikda soyaning bitta madaniy turi ekiladi.Glincina hisspida Max.Yovvoyi turlaridan keng tarkalagan- Glincina ussuriensis Rjl.Madaniy turi 4ta kenja turlarga bulinadi: a)koreya turi.b)manjuriya turi.v)xitoy turi.g)xind turi.Bu turlar usuv davri, tupining shakli, dukkagini, bargini kattaligi, urugini shakli va kattaligi buyicha fark kiladi.
Soya baxori o‘simlik, usuv davri 75-200 kun. Bu issiksevar o‘simlik, 8-10°S da usib chikadi.Foydali xarorat yigindisi 1700-3200°S.Usuv davrini boshlarida suvsizlikka chidaydi, ammo gullash va don tulish davrida suvsizlikka bardosh berolmaydi.Soya yorugsevar,uzun kun usimligi,toza unumdor muxiti rN-6.5-7.0 bulgan tuproklargat ekiladi.
Navlari: Orzu, Dustlik, Uzbekiston-2, Uzbekiston-6
3. Soya guza, sholi,makkajuxori, juxori,kanopdan bushagan erlarga ekiladi.Erni tayyorlashda xaydash sifatiga e’tibor beriladi.Xaydash chukurligi 22-25sm buladi. Erta baxorda borona kilinadi va ekish vaktigacha kultivatsiya yoki chizel ishlatiladi.
O‘g‘itlashda gektariga 10-15t gung,100kg fosfor va 50kg kaliy o‘g‘iti solinadi.Ekishdan oldin 20-30kg azot, ekish bilan bir vaktda 10-15kg NRK va usuv davrida 30-50 kg fosfor solinadi.
Soya aprel yoki iyun oylarida ekiladi,keng katorlab, kator orasi 3-5sm buladi. Ekish me’yori 350-500 ming dona urug yoki 60-100kg/ga urug ekiladi.Ekish uchun urug saralanadi, bir tekis,toza unuvchanligi davlat andozalariga javob berishi lozim.Ekishdan oldin urugga bakterial o‘g‘it bilan ishlov beriladi.Nitragin ishlatilsa ildizida bakteriyalar kup xosil buladi.Usuv davrida kator orasiga ishlov beriladi.3-5 marotaba sugoriladi.Begona utlarga karshi ekishdan oldin 1-1.5 kg/ga treflan kullaniladi.Maysalash davrida 1.5-3kg bazagran ishlatiladi.Kechpishar navlarida tez kuritish uchun desikatsiya kilinadi.Buning uchun 20kg xlorat magniy ishlatiladi.Desikatsiya 45-55% dukkaklari pishganda utkaziladi.Xosil don kombaynida yigib olinadi.
Markaziy Osiyo axolisi loviyani juda kadimdan ozik-ovkat uchun ishlatib kelgan. Loviya suyuk ovkalarga mastava,guja,ugra oshlarga ishlatiladi.Loviya solinib butka va shirin kulchalar tayyorlanadi.Loviya donidan un tayyorlab javdar yoki bugdoy unidan kushib non tayyorlash mumkin.Toza pishib etilmagan dukkaklaridan konserva sanoatida foydalaniladi.Loviya juda kalloriyali ozik-ovkat maxsuloti xisoblanadi.1 kg loviya urugida 3300 kalloriya bor.
Loviyadan fakatgina ozik-ovkat sanoatida emas balki em-xashak sanoatida xam foydalanish mumkin.Kup mikdorda pichan va kuk poya beradi.Loviyaning kuk poyasi tarkibida oksil mikdori kup.Loviyadan kuk o‘g‘it sifati foydalanilganda tuprok unumdorligi ortadi,ayniksa fizik xossalari uzgaradi,ogir tuproklar engil tuproklarga aylansa,kumok t3uproklar zichlashadi.Loviya usimligining usuv davri kiska bulgani bilan serxosild o‘simlik xisoblanadi.Deyarli tuprok tanlamaydi.O‘zbekiston o‘simlikshunoslik institutining ma’lumotlariga kura sugoriladigan maydonlarga may oyida ekilganda xosildorlik 30s gacha,angizga ekilganda esa 15 s gacha etadi.Takroriy ekilgan loviyaning fasolga karaganda xosili yukori.
2.Loviya uz biologiyasiga kura issiksevar o‘simlik xisoblanadi. Rivojlanish uchun katta mikdorda issiklik talab kilinadi.Uruglari 10° S da unib chikadi,maysalari 12-15°S da shakllanadi,urugining unishi uchun etarli xarorat 15-20°S sovuklar tushishi bilan voyaga etgan o‘simliklar nobud buladi.
YOsh maysalari katta o‘simlikka nisbatan sovukdan kup zararlanadi.Loviya xavo kurgokchiligiga karaganda,tuprok kurgokchiligida keskin kamayib ketadi.
Loviya yorukka talabchan kiska kunli o‘simlik xisoblanadi.Soya joylarda xam yaxshi usadi. Ekish muddati kechiksa usilikni usuv davri kiskarib boradi.
Loviya boshka dukkakli o‘simliklarga karaganda tuprokka unchalik talabchan emas.Turli xil kora, kumok soz, buz va boshka xil tuproklarda yaxshi usadi.
Navlari:"Vigna shtambovaya" 661, "Loviya gibridnaya-7"
3.Loviya dukkaklilar oilasiga mansub bulganligi uchun kup o‘simliklarga yaxshi utmishdosh xisoblanadi. Loviyaning uzi uchun kator oralir ishlanadigan o‘simliklar yaxshi utmishdosh xisoblanadi.
Loviya mineral o‘g‘itlardan fosforli o‘g‘itlarga talabchan.Azotli o‘g‘itlarni ma’lum bir kismini uzi tuplaydi.Fosforli o‘g‘itlarni gektariga 45-60kg (sof xolda), kaliyli o‘g‘itlarni 30-40kg azoli o‘g‘itlarni 15-25kg mikdorda solish mumkin.
Ekishdan oldin erni boronalash, mola bosish va zarur bulsa kultivatsiya kilish kerak.Takroriy ekin sifatida ekilganda esa chizellanadi.
Loviya bizning sharoitimizda fakat sugoriladigan maydonlarda ustiriladi.Usib rivojlanishi va xosil berishi uchun bir usuv davrida 3000m _3 suv _ talab kiladi.Takroriy ekilgan albatta ekishdan oldin sugoriladi.Ikkinchi sugorish gunchalash, uchinchisi gullash davrida utkaziladi.
Loviya keng katorlab ekiladi.Kator oralari 60-70 sm kenglikda buladi.Ekish normasi gektariga 40-50 kg.Ekish chukurligi 4-5 sm.
Loviya maysalari unib chikkandan keyin yukori agrotexnika asosida parvarishlanadi.Xama uruglar tulik unib chikkandan keyin birinchi kultivatsiya utkaziladi.Usuv davrida 3 marta kultivatsiya kilinadi.
Loviyaning pastki barglari sargaya boshlab dukkaklari 60% etilganda yigishtirishga kirishiladi.Loviya dukkaklari tukilib nobud bulmasligi uchun albatta uruglar toza pishib etilmasdan burun SK-4 kombaynlari bilan yigishtirib olinadi.Saralangan don yopik, yaxshi shamollatiladigan xonalarga tukib yoki koplarda saklanadi. Saklashda namlik 12-14% ortik bulmasligi kerak.
Yasmik eng kadimiy ozik ovkat ekinlaridan biridir. Yasimiq donining tarkibida 23-32% oksil,0.6-2.1% moy,47-70% azotsiz ekstraktiv moddalar2.3-4.4% kul 2.4-2.9% klechatak va V gurrux vitaminlar mavjud. YAsmik doni ovqatga butunligicha, yorma yoki un kilib ishlatiladi.poyaning tarkibida 6-14% oksil buladi.Yasmiq tuproq unumdorligini oshiradi.
Yasmiq yer yuzida 3.361 mln. ga ekiladi.Yasmiq Pomir tog’larida, Gretsiyada, Xindistonda keng tarqalgan. Don xosili 1-3t/ga.
Burchoq oziq-ovqatda(oq donligi), yem sifatida(jigarrangli don) ishlatiladi. Doni tarkibida 23-34% oksil, 24-45% uglevod, 0.5-0.7% moy, 4-4.5% klechatka, 2.5-3% kul moddalari mavjud.
Yem-xashak uchun urug’i va pichani ishlatiladi.Urug’i o‘simlik kazaini uchun xom-ashyo xisoblanadi.Unlan faner, to’qima, plastmassa, ishlab chiqariladi.
Burchoq qurg’oqchilikka sho’rga chidamli.Vatani g’arbiy-janubiy Osiyo va O’rta dengiz soxillari. Burchoq Xindiston, Afg’oniston,Eron,Turkiyada ekilmoqda. Uzbekistonda suvli va lalmi erlarda ekilishi mumkin.Lalmi yerlarda ekilgan maydonlarda olingan urug’ xosili 1.5-4t/ga.
Yasmiq (Ervum Lens) bir yillik o’tsimon o‘simlik bo’lib,Fabaceae oilasiga mansub.Madaniy turi yirik va mayda donli kenja turlarga bo’linadi. Mofologik belgilar bilan fark kiladi.Yasmik uzun kun o’simligidir.Urug’i 4-5°S da unib chikadi.Xarorat 7-10°S bulganda maysa kukarib chikadi.Maysalari -5-6°S sovuqqa chidaydi.Generativ davrdagi muqobil xarorat 18-20°S.Yasmik o’z-o’zidan changlanuvchi o‘simlik.Nisbatan kurg’oqchilikka chidamlidir.O’suv davri 65-80 kun va undan ortiq bo’ladi.O’suv davrining boshlanishida sekin o’sadi,gullashdan boshlab tez o’sa boshlaydi.
Yasmiqni "Adass","Tojikiston-95" navlari ekiladi.
Burchoq Lathyrus sativus L.-bir yillik utsimon o‘simlik.Yorug’sevar uzun kun o’simligi.Maysalari -6-8°S sovuqqa bardosh beradi.O’suv davri 80-110 kun,foydali xarorat yig’indisi 1600-1700°S. Sovuq va nam sharoitda zang va askaxitoz kasalligiga chalinadi. O’zidan changlanadi tuproq tanlamaydi, qumoq,engil tuproqlarda ekiladi.
Yasmiq kuzgi don yoki chopiq qilinadigan ekinlardan keyin ekiladi.Yasmiq gektariga 30-50kg azot to’playdi.Kuzda yer 22-25 sm chuqurlikda xaydaladi.Erta baxorda barona qilinadi. Ekishdan oldin yana borona qilinadi va mola bosiladi. Gektariga 40-60kg fosfor va 20-30 kg kaliy solinadi.Ekishdan oldin urug’i nitragin bilan ishlanadi.
Yasmiq erta baxorda gektariga 2-2.5 mln dona yirik urug’ ekiladi. O’rtacha 60-120 kg urug’ ekiladi,ekish chuqurligi 4-6 sm.Maysalanish davrida yer betiga urug’ pallasi chiqaradi. Maysa kurigandan keyin katkaloka karshi borona yurgiziladi. Dukkak 50% etilganda xosil uriladi, xirmonda kuritiladi va don kombaynlarida yanchiladi, tozalanadi. Namligi 14-15% ga etganda saklash mumkin.
Burchoq agrotexnikasi kuk nuxat agrotexnikasi bilan bir xil.Erta baxorda yoppasiga katorlab ekiladi, gektariga 0.9-1 mln dona urug 3-6 sm chukurlikda ekiladi.Begona utlarga karshi ekishgacha gezard 50% ishlatiladi.Dukkagi 60-80% etilganda uruladi, yanchiladi, tozalanadi.Namligi 15% bulganda saklanadi.
Fasol yoki rus loviyasi kadimgi o‘simliklardan biri bulib ozik-ovkat sifatida keng foydalaniladi.Fasol dukkaklilar ichida eng kaloriyali o‘simliklardan xisoblanadi. 1kg donida 3450 kaloriya bor.
Kavkazorti respublikalarida loviyaning pishmagan xom dukkaklaridan koserva sanoatida turli xil masallik sifatida ishlatiladi.Ok donli fasol urugidan un tayyorlanib bugdoy uniga kushilganda uning tuyimliligi va xazm bulishi ortadi.Fasol urugi tarkibida 28-33% oksil bulib yaxshi xazmlanadi.Bargidan limon kislota va bir kator meditsina preparatlari olinadi.Amerika kit’asi ochilgandan sung fasol Evropaga keltirilgan.Fasolning don xosildorligi gektariga urtacha 12.5 s ni tashkil kiladi.
Markaziy Osiyo respublikalarida moshdan ozik-ovkat sanoatida foydalaniladi. Moshni makkajuxori bilan kushib ekib oksilga boy poya va silos tayyorlash mumkin.Urugi tarkibida 25-27% oksil bor.
Bu o‘simlik juda kadimdan Markaziy Osiyo respublikalarida ekilib kelinadi. 1989 yildan boshlab bu ekin rejali ravishda takroriy ekin sifatida ekila boshlandi.
2.Fasol issiklikka talabchan o‘simlik bulib, uruglari 10°S xaroratda una boshlaydi. Lekin bu jarayon juda sekin kechadi. Xarorat 12-13°S bulganda unib chikadi.O‘simlikning kulay rivojlanishi uchun 25-27°S xarorat lozim.Fasol unib chikkadan pishgunigacha 1400-3000°S xarorat zarur. Maysalari 1-2°S past xaroratda nobud buladi. Uruglari uz birligiga nisbatan 105% namni singdirsa,60-80% namda unib chikadi.Fasol boshka dukkaklilarga nisbatan tuprokka talabchan. Tarkibida organik moddalar kup bulgan tuproklarda yukori xosil beradi.
Mosh issikka talabchan o‘simlik bulib,uruglari 10-12°Sda una boshlaydi.Makbul unish xarorati 12-14°S xisoblanadi.YOsh maysalari xam katta voyaga etgan o‘simliklari xam -1-2°S sovukda nobud buladi.Loviyaga karaganda kurgokchilikka chidamli.Mosh yoruglikka talabchan o‘simlik.Namga bulgan talabiga karab mezofit o‘simliklar guruxiga kiradi. Kurgokchil sharoitda usa olmaydi.
Mosh tuproqqa talabchan emas. Qora, bo’z, qumoq, soz, kuchsiz shorlangan tuproqlarda yaxshi o’sib rivojlana oladi.Mosh o’zidan changlanuvchi o‘simlik.O’suv davri 80-120 kun.Takroriy ekin sifatida ekilganda o’suv davri 10-15 kunga qisqaradi. Moshning "Radost","Pobeda-104","Tezpishar" navlari ekiladi.
3.Barcha dukkaklilar kabi fasol uchun donli va kator orasi ishlanadigan ekinlar eng yaxshi o’tmishdosh xisoblanadi.Boshqa dukkaklilarga qaraganda bu ekin mineral va organik o‘g‘itlarga talabchan.Beriladigan o‘g‘itlarning ta’sir kuchi tuproqda nam etarli bo’lgandagina sezilarli bo’ladi.Azotli o‘g‘itlarni gektariga 30-60 kg,fosforni 60-70 kg, kaliyni 30-40kg miqdorda berish kerak. Don olish maqsadida ekilganda 1 klass urug’lar ekilishi lozim.Urug’ni ekishdan oldin albatta TMTD 80% li preparati bilan ishlanadi.
Birinchi kultivatsiya birinchi uchtalik barglari xosil bo’lgach 7 sm chuqurlikda o’tkaziladi.Unib chiqqanidan 20-25 kunlari birinchi suv beriladi.Maysalari odatda 2-3 marta kultivatsiya qilinadi.Begona o’tlar kam bo’lsa 2 marta kultivatsiya qilinadi.Begona o’tlarga qarshi entam msimozin gerbitsidlarini qo’llash mumkin.
Fasol urug’lari 75% pishgandan keyin yig’ishtiriladi.Pishish boshlangandan keyin barglari tabiiy ravishda to’kila boshlaydi.Xosilni bir yoki ikki fazali qilib ORA-4 kombayni bilan yig’ishtiriladi.
Mosh o’zining biologik xususiyatlariga ko’ra ko’pgina ekinlar uchun eng yaxshi o’tmishdosh xisoblanadi.Mosh uchun qator oralari ishlanadigan ekinlar eng yaxshi o’tmishdoshdir.Uzbekistonda moshni asosan takroriy ekin sifatida yoki ang’izga ekiladi.Yer yaxshilab tayyorlangandan so’ng moshni ekishga kirishiladi.Ekin moslashtirilgan don seyalkasi SZT-3.6, sabzavot SON-2.8, SPCH-2.6 makkajo’xori seyalkalarida keng qatorlab ekiladi. Ekish bidan bir vaqtda okuchniklar bilan jo’yak olib ketiladi. Moshni eng kechi bilan 15 iyulgacha ekib bo’lish kerak. Ekish normasi qatorlab ekilganda 35-40 kg ni tashkil etadi. Tuproqda nam etarli bo’lganda urug’lar 3-4 sm chuqurlikka ekiladi.Moshning maysalari unib chiqqandan keyin qator oralari ishlanadigan o‘simliklar kabi barcha agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladi.
Mosh mineral o‘g‘itlarga nisbatan talabchan.Fosforli va azotli o‘g‘itlarni ikki marta beriladi. Gektariga 60 kg azotli va 60 kg fosforli o‘g‘itlar solinadi.Mosh o’suv davrida 3-4 marta sug’oriladi. Begona o’tlarga qarshi gerbitsid sepmasdan agrotexnik tadbirlar bilan yo’qotish chorasini ko’rish kerak.Moshning dukkaklari pishish davri unchalik chuzilmaydi.Eng avvalo pastki dukkaklari pishib, poyaning pastki kismidagi baglari sargayib tukila boshlaydi.
Mosh uruglari pishgani bilan dukkakning rangi uzgarmaydi. Fakat ushlab kurib urugning kotganini bilish mumkin. Moshning dukkaklari 70-75% pishgandan keyin yigishtirib olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |