«tuproqshunoslik»



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə8/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Savollar.

  1. Madaniy o‘simliklarga misollar keltiring va ularning axamiyati?

  2. Boshoqli don ekinlarining vatani qayer?



3-MAVZU: URUG‘LARNI EKISHGA TAYYORLASH VA SAQLASH.
Reja:
1.Urug‘larni ekishga tayyorlash.
2.Urug‘ sifatiga agrotexnik tadbirlarning ta’siri.
3. Urug‘larni saqlash uchun tayyorlash.
Tayanch iboralari: Zararsizlantinish, dorilash usullari, qizdirish, nurlantirish, urug‘ni bo‘rtishi, ildizlarni o‘sishi, o‘simtalar, tinim davri, unuvchanlik, o‘sish kuchi, fraksiya, temir kukuni.
Urug‘larni ekishga tayyorlashda ularni turli kasalliklar qo‘zgatuv­chilardan zararsizlantirish asosiy tadbirlardan xisoblanadi. Urug‘­larni zararsizlantirish kasallik qo‘zg‘atuvchi va ekinning xususiyat­lariga qarab bir necha xil usullari mavjud. Eng oddiy usul quruq dorilash bo‘lib, bunda urug‘ usti changsimon pestitsidlar bilan dorila­nadi.
Bu usulning kamchiligi dori urug‘ining ustiga yomon yopishadi, na­tijada ta’siri kam bo‘ladi. Bundan tashqari bu dorilar zaxarli bo‘­lib, ular bilan ishlanganda xavoning tozaligi buziladi. Bu kamchi­liklarni bartaraf etish uchun namlash bilan dorilash qo‘llaniladi, bun­da 1 j. urug‘ uchun 5-10 l suv qo‘shiladi. Dorilashni sifatini yanada oshirish uchun doriga maxsus yopishtiruvchi moddalar (sulfat spirt bardasi, silikat kleyi, yangi go‘ng shaltog‘i) 1 j urug‘ uchun 500-800 g aralashtiriladi. Bunday aralashmalar bilan urug‘larni dorilovchi max­sus mashinalar bor.
Yopishtiruvchi moddalarni qo‘llash dorilash samarasini oshiradi, pestitsidlar sarfini kamaytiradi va eng asosiy dorilangan o‘g‘itlar bilan ishlash sharoitini yaxshilaydi.
Urug‘lar odatda ekishdan 10-15 kun avval dorilanadi, ammo bu tad­birni oldinroq ya’ni ekishdan bir oy oldin o‘tkazish xam yaxshi natija­lar beradi. Dorilashda eng muxim xolatlardan pestitsidlar sarfini tavsiya etilgan me’yorlarga rioya etishdir. Preparat ortiqcha sarflan­sa, urug‘ning unuvchanligi pasayadi, kam sarflanganda esa yetarli sama­rali ta’sir ko‘rsatilmaydi.
Po‘stli donli ekinlar (arpa, suli, tariq) urug‘larini dorilash uchun yarim quruq usul qo‘llaniladi. Bu usulda 40% formalinning suv­dagi 25% eritmasidan foydalaniladi.
Urug‘ eritma bilan ivitilib, 3-4 soat davomida brezent ostida dimlanadi so‘ng shamollatiladi. Bu usul bilan urug‘larni ekishdan 5 kun oldin dorilash mumkin, bu kunlar ko‘payib ketsa urug‘ unuvchanli­gini yo‘kotadi.
Bug‘doy va arpa urug‘lari ichida bo‘ladigan chang qora kuya qo‘zg‘a­tuvchisiga qarshi termik zararsizlantirish qo‘llaniladi. Bu issiq suv yordamida ikki fazali yoki bir fazali usulda o‘tkaziladi. Bir fazali­da esa xarorati 46°S suvda 3 soat ushlanadi. Ikki fazali termik za­rarsizlantirishda urug‘ avval xarorati 28-320 S suvda 4soat, so‘ng 500 S gacha isitilgan suvda 10 minut ushlanadi. Ikkala usulda xam urug‘ suvdan olingandan keyin sovutiladi va quritiladi. Agar urug‘ni unuvchanligi yuqori bo‘lsa bunday ishlov berishni oldinroq o‘tkazish tavsiya etiladi. Bunday urug‘lar boshqa kasalliklarga qarshi kimyoviy dorilar bilan oddiy usulda dorilanishi mumkin.
O‘zbeksiton Mustakillikka erishgandan keyin ekologik xolat e’tiborga olinib, urug‘larni dorilashda o‘ta zaxarli kimyoviy modda­lardan foydalanish respublikada man’ etildi. Bug‘doy, arpa, suli, sho­li-donli ekinlar va soya, no‘xot, don dukkakli ekinlar urug‘larini chang qorakuya, qattiq qorakuya, ildiz chirish, mog‘orlanish, poya qorakuyasi, fuzarioz, antraknoz, kulrang chirish ka­salligi, pirikulyarioz kasalliklariga qarshi derozol, 50% li namla­nuvchi kukun va derozol, 50% li suspenziyali konsentrat bilan ish­lash tavsiya etilgan. Bu preparatlar bilan urug‘lar yarim namlash usu­li, ya’ni bug‘doy, arpa, suli, urug‘lari uchun 10 l, soya , no‘xot urug‘lari uchun 5-10 l, sholi uchun 5-8 l suv bilan namlanib 2.0-2.5 kg derozol bilan ishlash kerakligi ko‘rsatilgan.
Urug‘larni ekishga tayyorlashda quyoshda qizdirish aloxida axamiyat kasb etadi, bunda urug‘ tinim xolatini tezroq tugatadi, unish ener­giyasi va unuvchanligi ortadi deb ko‘rsatiladi.
Keyingi yillarda urug‘larga fizik ta’sir etish doimiy va o‘zga­ruvchan elektr toki, gamma-nurlanish, ultrabinafsha nurlar, lazer nurlar va boshqalar bilan ishlash ijobiy natijalarga olib kelishi to‘g‘risida ma’lumotlar anchagina to‘plangan. Ammo ularning ta’siri doimiy emasligi uchun chuqurroq o‘rganishni talab etadi.
Urug‘ sifatiga o‘tmishdosh ekinlar katta ta’sir ko‘rsatadi. Boshoqli don ekinlari dukkakli don va ko‘p yillik dukkakli o‘tlardan keyin ekilganda xosilning oshishi bilan birga urug‘lik sifati va xosildorligi ortadi. Urug‘ning sifat belgilariga urug‘ning ekish me’yori va ekish usullari xam ta’sir qiladi. Yoppasiga tor qatorlab ekiladigan don ekinlarida urug‘ni ekish me’yorini oshirish bilan tuplanish darajasini kamaytirish mumkin. Bu 1000 ta donning vazni va xosildorligini oshiradi. Bu xolda xosil asosiy erta paydo bo‘lgan poyalardan olinadi. Bu poyalarda boshoq va urug‘ mayda bo‘ladi. Shuning uchun umumiy xosilda xar xil mayda urug‘lar mavjudligi uchun olinadigan urug‘ning sifati pasayadi. Bunda xar bitta o‘simlikdan olinadigan xosil ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin gektardan olinadigan xosil kamayadi. Shuning uchun urug‘lik maydonlarda o‘simlik qalinligi optimal bo‘lishi kerak. Keng qatorlab ekiladigan don ekinlari (makkajo‘xori, oq jo‘xori) siyrak qilib ekilganda xar bir o‘simlikning baquvvat o‘sishi va rivojlanishi xisobiga ro‘vaklari katta va undan olingan urug‘lar xam yirik, urug‘likning sifat belgilari yuqori bo‘ladi.
Urug‘ning sifatiga ekish muddatining ta’siri kattadir. O‘simlikning ekish muddatini xar bir o‘simlikning biologik xususiyatiga qarab belgilash zarur. Optimal muddatda ekilganda urug‘lik sifati yuqori bo‘ladi, chunki bu muddatda tuproq xarorati va namligi yetarli darajada bo‘lganligi uchun maysa tez paydo bo‘ladi va o‘simlik yaxshi shakllanadi. Bunday o‘simliklar kasallik va xasharotlarga chidamli bo‘lib rivojlanadi.
Ekinning xosiliga va urug‘ning sifatiga ayniqsa, o‘g‘itlarning ta’siri kuchli bo‘ladi. Urug‘lik uchun ekilgan makkajo‘xorida ayniqsa, oziq moddalarning nisbati to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Ortiqcha azotli o‘g‘itlar berilganda xosil ortishi mumkin, lekin urug‘ning sifati pasayadi. Bu xolda kuchli tuplanish xar xil sifatli urug‘larning xosil bo‘lishiga imkon tug‘diradi. 1000 ta donning vazni kamayadi, urug‘ning unib chiqish kuchi pasayadi. Fosfor moddasining yetarli bo‘lishi urug‘ni sifat belgilari va xosildorlik xususiyatining yaxshilanishiga olib keladi.
Urug‘ kombaynlarda yanchilgandan so‘ng toza bo‘lmaydi va namligi yuqori bo‘lishi mumkin. Bunday urug‘larni qo‘shimcha ishlovsiz saqlash mumkin emas, shuning uchun yanchilgan urug‘ , tozalanadi, quritiladi va saralanadi. Urug‘ni tozalashda OVP 20 A, ZVS 20 , ZAV 50 va boshqa rusumli tozalagich mashinalaridan foydalaniladi. Ko‘pgina dukkakli o‘t va zig‘ir urug‘laridagi (silliq urug‘lar) begona o‘t urug‘laridan elektromagnit mashinalarda (EMS 1 A) tozalash mumkin. Buning uchun dukkakli o‘tlar urug‘iga temir kukuni aralashtiriladi. Bu kukun tekis, silliq bo‘lmagan begona o‘t urug‘larida ushlanib qoladi. Bunday urug‘lar mashina orqali o‘tkazilganda elektromagnit g‘ildiragi ularni tortib qoladi.
Tozalangan urug‘lar quritilib, konditsiyaga etkazilishi kerak, quritilmagan urug‘larni saqlash mumkin emas, bunda urug‘ning qizishi yuz beradi va zamburug‘ kasalliklari xamda ombor xasharotlari bilan zararlanadi. Quyoshli issiq kunlarda urug‘ni toza xavoda quritish mumkin, kechasiga urug‘larni yig‘ib ustiga brezent yopib qo‘yiladi.
Urug‘larni saralash majburiy tadbir xisoblanib, uning natijasida yirikligi bir xil urug‘lar ajratib olinadi. Bunday urug‘lar oziq moddalariga boy, unib chiqish darajasi yuqori bo‘lganligi sababli yuqori xosil beradi.
Urug‘ni saqlash uchun teshiklari xar xil kattalikda bo‘lgan g‘alvirlar to‘plamidan foydalaniladi. Bunda g‘alvirlar urug‘ning uzunligi , eni va qalinligiga qarab tanlanadi. Bu saralashdan asosiy maqsad, urug‘lik partiyasidan engil, puch va mayda urug‘larni ajratib tashlashdan iboratdir.
Makkajo‘xori , kungaboqar va qand lavlagi urug‘larini katta kichikligiga qarab guruxlarga (fraksiyalarga) bo‘linadi, ya’ni kalibrovka qilinadi. Buning natijasida urug‘ni ekish vaqtida xar xil uyaga bir xil miqdorda urug‘ tashlab ekish mumkin. Bunday urug‘lar ekilganda bir xil unib chiqadi. Tozalangan, quritilgan va saralangan urug‘lik maxsus dizinfeksiya qilingan omborlarda saqlanadi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin