«tuproqshunoslik»



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə16/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Biologik xususiyatlari. Kungaboqarning urug‘i 4-60 S da una boshlaydi, lekin sekin o‘sadi. 13-15 0 S da maysalari 11-13 kundan keyin paydo bo‘ladi.Xarorat 15-160S ga ko‘talilganda urug‘i 9-10 kunda, 20 0 S da 6-8 kunda unib chiqadi Maysalangandan so‘ng 15-20 kun dan keyin yoki 2-3 par barg xosil qilish fazasida to‘pguli xosil bo‘la boshlaydi. Kungaboqar maysalari 5-5 0 S li qisqa muddatli sovuqqa bemalol chidaydi. O‘simlik unib chiqqandan gullashigacha issiqqa bo‘lgan talabi ortib boradi. Gullash maysalar xosil bo‘lgandan 50-60 kundan boshlanib 20-27 kun davom etadi. Kungaboqarni o‘sish va rivojlanishi uchun eng optimal temperatura 20-240S, gullash fazasida 25-260S, pishish etilish davrida 26-280 S, 300 S dan yuqori temperatura salbiy ta’sir etadi.
Kungaboqar yorug‘sevar o‘simlik. Boshqa o‘simliklar bilan soyalanib qolsa, uning o‘sishi va rivojlanishi susayadi. Kungaboqar qisqa kun o‘simligidir. Shimolga borgan sari o‘suv davri uzatsib boradi. Unumdor toza tuproqlarda, tuproq muxiti rN 6,0-6,8 bo‘lganda yaxshi rivojlanadi. Kungaboqarda quyidagi rivojlanish fazalari bor: maysalash, savatcha xosil qilish, gullash, etilish. O‘suv davri o‘rtapishar navlarida 70-90 kun, o‘rtapishar navlarida 90-120 kun va kechki navlarida 120 kundan ko‘proq davom etadi. Kungaboqar suvga talabchan o‘simlik. Ammo ildiz sistemasi yaxshi rivojlanganligi uchun qurg‘oqchilikga chidaydi. Suvga eng ko‘p talabi intensiv o‘sish davriga to‘g‘ri keladi. Xar bir o‘simlik vegetatsiya davrida 200 kg dan ortiq suv sarf qiladi. Transpiratsiya koeffitsenti 450-560. Ildiz sistemasi juda yaxshi rivojlangani uchun suvni tuproqning chuqur qatlamlaridan olish xususiyatiga ega. Qoratuproq, kashtan tuproq va bo‘z tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
Ozuqaga talabchan, 1 tonna urug‘ etishtirish uchun 50-60 kg azot, 20-25 kg fosfor va 120-160 kg kaliy sariflanadi. Azotni korzinka rivojlanishidan gullash fazasini oxirigacha ko‘p talab qiladi, fosforni unishidan gullashgacha, kaliyni korzinka xosil bo‘lishidan mum pishish davrigacha talab etadi. Azot xaddan tashqari ko‘p berilsa urug‘ tarkibidagi yog‘ni miqdori kamayib ketadi, vegetatsiya davri uzayib, oqsilni miqdori ortib boradi. O‘g‘it tarkibida fosfor va kaliyni ko‘proq bo‘lishi yog‘ni miqdorini oshiradi. Kungaboqarning eng ko‘p tarqalgan navlaridan Milyutinskiy 114 navi ko‘p ekiladi.
Almashlab ekishda kungaboqar uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekinlar-kuzgi, baxorgi don ekinlari, don-dukkakli ekinlar va makkajo‘xori xisoblanadi.
Kungaboqar ekish uchun tuproqga sifatli ishlov beriladi, begona o‘tlardan tozalanadi. Kungaboqar erta baxorda keng qatorlab qator orasi 60-70 sm qilib ekiladi. Ekish chuqurligi 6-8 sm, ekish me’yori 6-10 kg (100-150 ming.donaga) bo‘ladi. Kungaboqar silos bostirish uchun ekiladigan bo‘lsa, ekish normasi 35-40 kg gacha oshiriladi (1 gektarga 0,7-0,8 mln. dona urug‘ ekiladi). Ekilgandan keyin qatqaloqga qarshi choralar ko‘riladi, qator orasiga 2-3 marta ishlov beriladi. Begona o‘tlarga qarshi nitran va treflan gerbitsidlardan foydalaniladi. O‘suv davrida 3-4 marta sug‘oriladi, sug‘orish me’yori 800-1000 kub.m.ga. Xosil don kombaynlar yordamida yig‘ib olinadi. Kombayn faqat savatchani o‘rib yanchiydi. Poyasi o‘rib olinadi. Urug‘i 7-9% namlikda yaxshi saqlanadi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin