Reja: Efir moyli ekinlarning xalq xo‘jaligidagi axamiyati.
Efir moyli ekinlar vakillari.
Kashnich , arpabodiyon va qora ziraning sistematikasi xamda xalq xo‘jaligidagi axamiyati.
Tayanch iboralari: efir moyli ekinlar, kashnich, arpabodiyon, kora zira, yalpiz, mavrakning axamiyati, tarkalishi, sistematikasi, biologik xususiyatlari, etishtirish texnologiyasi 1.Kashnich. Efirli moyli ekinlar guruxiga kashnich (kinza), arpabodiyon, kora zira, yalpiz, ok zira va boshkalar kiradi. Kashnichning mevasida 1,4-2,1% efir va 11-27 % texnik moyi buladi. Moyi tarkibida 60-70 % linalol spirti, kunjarasida 18-20 % moy koladi, u matbaachilikda va tukimachilik sanoatida ishlatiladi. Kashnich guli asalchil bulib, kukati va urugi ziravor sifatida ozik-ovkatda ishlatiladi.
Sistematikasi: Kashnich soyabonguldoshlar – Ariaseae oilasiga, Sorlandurum Satium L. – avlodiga mansub bulib, bir yillik usimlikdir. Kashnich kurgokchilikga chidamli, ammo gullash davridagi suvni tankisligi xosilni kamaytiradi.
Urugi 6 0da unib chikadi, maysa 10°, sovukka chidamaydi. Usish davrining dastlabki kunlarida sekin usib, begona utlardan shikastlanadi. Usimlikda 7-9 ta barg rivojlangandan sung tez usa boshlaydi. Usish davri – 90-100 kun. Tuprok unumdorligiga talabchan.
Kashnich uchun yaxshi utmishdosh kuzgi don ekinlari, dukkakli-don ekinlari, makkajuxori, kartoshka. Bir ekilgan erga 4-5 yildan keyin kayta ekish mumkin. Kashnichdan bushagan erlarga kuzgi va baxorgi ekinlar ekiladi.
Kuzda er 22-25 sm chukurlikda xaydaladi. Baxorda borona kilinadi va 5-6 sm chukurlikda ekish oldidan kultivatsiya kilinadi. Erta baxorda keng katorlab – 45 sm kilib yoki yoppasiga katorlab ekiladi. Keng katorlab ekilganda 1,5-1,8 mln, yoppasiga katorlab ekilganda 2,0-2,5 mln dona urug ekiladi. Ekish chukurligi 4-5 sm buladi, ekishdan oldin urugi dorilanadi. Maysalanishdan oldin 1-2 marta va maysalanishdan keyin borona yurgiziladi, keng katorlab ekilganda 2-3 marta kultivatsiya kilinadi. Begona utlarga karshi prometrin gerbitsidi ishlatiladi. Ular maysalanishdan oldin kullaniladi.
Kashnich bir tekis etilmaydi. Oldin etilgan urug tukiladi, shuning uchun 30-40% meva pishganda xosilni yigish boshlanadi. Saklash davrida urug namligi 12% dan oshmasligi lozim.