«tuproqshunoslik»



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə27/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Sug‘orish. Sug‘orish 2-3 ta chin barg chiqargandan keyin boshlanadi. Vegetatsiya davri davomida g‘o‘za tuproq iqlim, ob-xavo sharoitiga, dalaning namiga, tuproq tipiga, sizot suvlarining joylashish chuqurligiga bog‘liq xolda 3-12 martacha sug‘oriladi. SHonalash fazasida g‘o‘za nixollarining ildiz tizimi tuproqning 50 sm qatlamida joylashganligi va barg satxi uncha katta bo‘lmaganligi uchun amal davridagi berilishi lozim bo‘lgan suvni 20 % miqdorida talab qiladi, bu davrda sizot suvi yuza joylashgan , mexanik tarkibi engil shag‘alli erlarda gektariga 600 m3 suv berilishi kerak. G‘o‘zaning gullash, ko‘sak tugish davrida barg satxi katta, ildiz tizimi kuchli rivojlangan bo‘lib, bir sutkada xar gektar erdan barglari orqali 120 m3 suv parlantiradi. Bu davrda sug‘orish me’yori er osti sizot suvi yuza joylashgan mexanik tarkibi engil , xamda shag‘alli erlarda gektariga 800 m3 , er osti sizot suvlari chuqur joylashgan mexanik tarkibi og‘ir , qumloq erlarda 900 m3 suv berilishi kerak. Bu davrda sug‘orish oralig‘i sizot suvi chuqur joylashgan og‘ir qumloq erlarda 13 kun , shag‘alli erlarda esa 10 kun sizot suvi yuza joylashgan og‘ir o‘tloqi soz tuproqlarda esa 15 kun bo‘lishi mumkin.
Izox: yilning ob xavo sharoitini kelishiga qarab, sug‘orish muddati bir xafta oldin yoki kechroq o‘tkazilishi mumkin.
G‘o‘za navlari. Paxtachilik mamlakatimiz xalq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lib, paxta xom ashyosidan yuzga yaqin keng iste’mol mollari va ikki yuzga yaqin texnikabop maxsulotlar tayyorlanadi.
Bizga ma’lumki, xar qanday g‘o‘za navi o‘sib rivojlanishi uchun kerakli bo‘lgan barcha shart sharoit va tashqi omillar bilan ta’minlangan taqdirdagina kutilgan sifatli xosilni beradi. Xosili uchun ekiladigan barcha g‘o‘za navlarining morfologik xamda biologik xususiyatlarini chuqur o‘rgangan xolda , turli tuproq sharoitlarida ularga mos bo‘lgan agrotexnikani qo‘llash, maxalliy va madaniy o‘g‘itlardan samarali foydalanish, tuproq erroziyasiga qarshi kurash choralarini yo‘lga qo‘yish, muntazam tuproq unumdorligini tiklash va oshirib borish quyida keltiriladigan istiqbolli g‘o‘za navlaridan yuqori va sifatli xosil olishni ta’minlaydi.
S 2609 ” navi. “S 2609” navi muallifi: Ibragimov P. SH. va boshqalardir. Ushbu navni O‘zbekiston g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan. O‘rtapishar, ko‘saklari pishib ochilguncha 118 kun vaqt talab etiladi. Xosildorligi 45 sentnerni tashkil etadi. 1000 dona chigitning og‘irligi 130 gr, poyasi baquvvat va yotib qolmaydi. Bo‘yi 100 sm, tupi qisqa, piramidasimon, 2 tagacha o‘suv shoxlari xosil qiladi. Xosil shoxlari 1 tipda bo‘lib, bosh poyaning 5 bo‘g‘inidan o‘sib chiqadi. Barglari yirik , panjasimon, 5 bo‘lakli, yashil, guli yirik, gultojibarglari va changdonlari sariq. Ko‘sagi yirik, tuxumsimon shaklda bo‘lib, uchli, asosan 5 chanoqli, bitta ko‘sakdagi paxtaning vazni 7 gr, ochilganda chanoqlaridan to‘kilib ketmaydi, urug‘i noksimon shaklda , tukli, och kulrangda.
AN 512” navi. Nav muallifi: Axutjin. D. va boshqalar. Ushbu nav O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi genetika va eksperimental biologiyasi ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan analitik seleksiya yo‘li bilan “AN 511” navidan yakka tanlov asosida yaratilgan. Nav o‘zining xosildorligi , ko‘saklarining ochilish surati yuqoriligi, tolasining sifatliligi va barglarini sun’iy tashlash xususiyati bilan farqlanadi. G‘o‘za tupi piramida shaklida, poyasi kam tuklangan, 1 : 1.5 tipda shoxlaydi. Bo‘yi 100sm , birinchi xosil shoxi 5 : 6 bo‘g‘inda xosil bo‘lib, barglari yashil, panjali, qalin, gullari sariq rangda, ko‘saklari sharsimon shaklda, dumaloq, amal davri 125 kunni tashkil qiladi. Xosildorligi o‘rtacha 38 sentnerni tashkil etadi. Bitta ko‘sakdagi paxtaning vazni 6 gr, tola uzunligi 36 mm, 5 tipga mansub, 1000 dona chigitning vazni 128 grammni tashkil etadi. Etishtirish xususiyatiga ko‘ra vilt kasalligiga chidamli nav xisoblanadi. Sug‘orish tartibi tuproq turlariga qarab 3 martadan 8 martagacha bo‘lishi mumkin.
Toshkent 6” navi. Nav mualliflari: Miraxmedov. M., Senoedov. V. Xolxo‘jaev. T va boshqalar. Ushbu nav O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan.
Bo‘yi 110 sm bo‘lib, xosil shoxi ixcham va kalta, 1.5 tipda shoxlaydi. Qiyg‘os xosilga kirgan paytida poyasi yotib qolishga moyil. Ertapishar, ko‘saklari pishib ochilguncha 120 kun vaqt talab etiladi. Barglari o‘rtacha, kam tukli , rangi yashil, ko‘sagi yumaloq tumshuqchali, yaxshi ochiladi va xosili chanoqlaridan to‘kilmaydi xamda 1000 dona chigitning vazni 115 gramm. Xosildorligi 40 sentnerni tashkil qiladi. Bitta ko‘sakdagi paxta og‘irligi 5.7 gramm, urug‘i tukli, momig‘i kulrang va vilt kasalligiga chidamli nav xisoblanadi.
Oqdaryo 6” navi. “Paxta” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Samarqand filialida “Toshkent 6” va “175 F” navlarining o‘zaro chatishtirib olingan duragaylarni ko‘p martalab tanlash, saralash uslubida ushbu g‘o‘za navi yaratildi. Nav mualliflari: Ibragimov. X., Ibragimov. SH.I., Plotnikov. P. N va boshqalar.
Ushbu navning amal davri 120 kun, tupining bo‘yi 120 sm, piramidasimon shaklda bo‘lib, xosil shoxlari 2 tipga mansub. Bargi o‘rtacha kattalikda, 3 , 5 bo‘lakli bo‘lib, yashil rangda, guli o‘rtacha sariq rangda, dog‘siz. Ko‘sagi yirik, tuxumsimon, kalta tumshuqli, usti tekis, paxtasi chanoqlaridan to‘kilmaydi, bitta ko‘sakdagi paxtaning og‘irligi 6 gr, 1000 dona chigitning vazni 120 gr, tuklari qisqa, kulrang. Xosildorligi o‘rtacha 40 sentner, vilt kasalligiga chidamli. Sug‘orish soni tuproq turlariga qarab 3 martadan 10 martagacha bo‘lishi mumkin.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin