«tuproqshunoslik»



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə28/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Eslatma: g‘o‘zaning qaysi nav ekilishidan qat’iy nazar chigitni ekishning muqobil muddati tuproqning 10 sm chuqurlikdagi xarorati kamida 140 S bo‘lishi talab qilinadi. Bu kalendar muddat bilan 5 apreldan 25 aprelgacha to‘g‘ri keladi. Bu muddat 3 kunga oldin yoki kechroq kelishi mumkin.
Ekish normsi. CHigit 60x60 sm qilib ekilsa 1 ga erga 35-40 kg dan, 90x25 sm qilib ekilsa 60-70 kg urug‘ ekiladi. Vilt bilan kasallangan erlarga, sho‘rlangan tuproqlarga ekish normasi 10% ko‘paytiriladi. Ekish chuqurligi bo‘z tuproqlarda 4-5 sm, o‘tloqi botqoq erlarda 3-4 sm. Chekanka (15-25 iyungacha) eng yaxshi rivojlangan uchastkalarda 17-18 ta xosil shoxlari xosil bo‘lganda qilinadi. O‘rtacha rivojlangan maydonlarda 15-16 ta xosil shoxlari xosil bo‘lganda olib boriladi. Yaxshi rivojlanmagan paxta maydonlarida 12-14 xosil shoxlari paydo bo‘lganda 15 avgustdan kechiktirmay qilinadi. Chekanka qo‘l bilan va mexanizatsiya bilan olib boriladi. Mexanizatsiyalangan chekanka iyulni ikkinchi yarmi avgust boshlarida qilinadi. Birinchi marta 50 % o‘simliklarda 15 ta xosil shoxi xosil bo‘lganda, ikkinchi marta 7-10 kundan keyin qilinadi.
Yig‘ib-terib olish 2 oy mobaynida olib boriladi. Shuning uchun qo‘l bilan 4 marta, mashinada 3 marta yig‘ib olinadi. Mashinada yig‘ib-terib olish 60 % ni tashkil etadi. Mashinalar ko‘m-ko‘k barglari bo‘lgan o‘simliklarni terib ololmaydi. Shuning uchun mashina terib olishdan oldin defoliatsiya qilinadi, ya’ni o‘simliklarni barglari kimyoviy moddalar bilan quritiladi, natijada urglar to‘kilib ketadi va mashinalar yordamida xosil yig‘ib olinadi.
Savollar.

  1. G‘o‘za xalq xo‘jaligida qanday axamiyatga ega?

  2. G‘o‘zadan yuqori xosil olishda qanday agrotexnik tadbirlar qo‘llash lozim bo‘ladi?

  3. G‘o‘zaning qanday istiqbolli navlarini bilasiz va ular qanday axamiyatga ega?

13-MAVZU: TUGANAK MEVALI EKINLAR
Reja:

  1. Tuganak mevali o‘simliklarning xalq xo‘jaligidagi axamiyati.

  2. Tuganak mevali ekinlar vakillari.

  3. Topinambur va batatning axamiyati.


Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin