Qizil sebarga. Xalq xo‘jaligidagi axamiyati. Qizil sebarga ko‘p yillik dukkakli o‘t bo‘lib, bu ekinlardan ko‘kat, pichan, silos va pichan uni tayyorlanadi. 1 kg pichan tarkibida 0,55 ozuqa birligi va 70 g oqsil bo‘ladi. Uning quruq moddasida 15,2% oqsil, 3,1% yog‘, 43,9% karbon suvlari, 1% mineral moddalar (asosan kaliy) bor.
Qizil sebarga agrotexnik axamiyatga xam ega, tuproqda organik modda va 100-200 kg biologik azot to‘playdi. Kalsiy va azotga boy ang‘iz qoldiqlarini to‘playdi. Qizil sebarga er yuzida keng tarqalgan, ko‘proq nam etarli bo‘lgan mintaqalarda ekiladi. Qizil sebarga er yuzida 20 mln. gektardan ortiq erga ekiladi. U AQSH, Polsha, CHexiya, Slovakiya, Angliya, Fransiya va Rossiyada ko‘plab ekiladi. Mamlakatimizda qizil sebarga o‘tloqi tuproqlarda, sholichilik xo‘jaliklarida ekilmoqda.
Botanik xususiyatlari. Qizil sebarga dukkaklilar oilasiga va Trifolium avlodiga mansub bo‘lib, 300 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Shulardan 8 ta turi ekiladi. Eng ko‘p tarqalgan turi Trifolium pretense-qizil sebarga xisoblanadi. Qizil sebarga ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, ammo uzoq yashamaydigan o‘simlikdir, u 2-3 yil yashaydi. Qizil sebarganing 5 ta tur xili mavjud bo‘lib ulardan 2 tasi ko‘proq ekiladi. Bular bio o‘rimli shimoliy va ikki o‘rimli janubiy sebarga. Qizil sebarganing ildiz sistemasi o‘q ildiz bo‘lib, yo‘g‘onlashgan ildiz va bir talay ingichka ildizchalardan iborat. Ildizning asosiy qismi 30-40 sm chuqurlikda joylashadi. Ayrim ildizlari esa 1-1,5 m chuqurlikkacha kirib borishi mumkin.
Poyasi o‘tsimon tik o‘sadi, sershox, ichi kovak, siyrak tukli, shoxlanadigan bo‘lib, bir nechta (5-10) ta bo‘g‘im oraliqlaridan tashkil topadi va bo‘yi 70-96 sm gacha etadi. Qalik qilib ekilgan joylarda bitta o‘simlikda 10 tagacha poya xosil bo‘ladi. Barglari uch qo‘shaloq (uchtali), bargchalari birmuncha serbarg, asosida ochiq rangli uchburchak xoli bo‘ladi, o‘rta tomiri barg plastinkasining chetidan chiqib turmaydi. Yonbargchalari pardasimon, odatda cho‘ziq shaklda bo‘ladi. To‘pguli deyarli zich taqalib turadigan yumaloq yoki cho‘ziq shakldagi boshchadan iborat. Boshchalar poya xamda yon shoxlarning uchida joylashadi. Boshchada qizil-binafsha rang gultojbarg chiqaradigan 70-100 ta mayda-mayda kapalaknusxa gul bo‘ladi. Mevasi bir urug‘li dukkakdan iborat bo‘lib yuraksimon shaklda, yaltiroq, sarg‘ish yoki binafsha rangda, 1000 dona urug‘ining vazni 1,7-1,8 gr keladi.
Biologik xususiyatlari. Qizil sebarganing urug‘i 1-20 da unib chiqa boshlaydi. O‘sish va rivojlanishi uchun 15-290 issiqlikni talab qiladi. Birinchi yilgi sebarga-150S sovuqga chidaydi. Ikkinchi va keyoingi yillari sovuqqa chidamliligi pasayadi. Qizil sebarga mo‘‘tadil, nam iqlimga moslashgan o‘simlikdir, yog‘ingarchilik miqdori 400-450 mm bo‘lgan mintaqalarda gurkirab o‘sadi. Urug‘ unib chiqish davrida 120% suv sarflaydi, namni eng ko‘p talab qiladigan davri-shonalash davri xisoblanadi. Transpiratsiya koeffitsienti 500-600 ga teng. Issiq va sovuq xavoga chidamaydi. Respublikamizda bu o‘simlik faqat sug‘oriladigan sharoitda etishtiriladi. Qizil sebarga xar xil tuproqlarda etishtiriladi. Tuproq muxiti rN-4,5 dan past bo‘lmasligi lozim.. Ko‘pincha sholi bilan almashlab ekiladi. Qizil sebarga 2-3 yil yaxshi xosil beradi.
Bir tonna pichan tayyorlash uchun 7-8 kg fosfor, 18-20 kg kaliy, 11-12 kg kalsiy sariflanadi. Qizil sebargaga gektariga oganik o‘g‘itlardan gektariga 10-20 tonna go‘ng, 100 kg fosfor, 50 kg kaliy beriladi. Ekishdan oldin urug‘ini molibden bilan ishlash yaxshi natija beradi.Molibden ta’sirida xosil va uning sifati oshadi. Pichan olish uchun ekiladigan qizil sebargaga 60-65 kun, urug‘ etishtirish uchun esa 110-120 kun talab qilinadi.
O‘zbekistonda qizil sebarganing O‘zROS-73, Uzbekistanskiy-3 navlari ekiladi.
Sebarga urug‘i texnik va moyli ekinlardan bo‘shagan erlarga ekiladi. Urug‘i mayda bo‘lganligi uchun erni xolatiga talabchan, tuproqqa sifatli ishlov beriladi. Asosiy ekish muddati baxor bo‘lib, ammo boshqa muddatlarda xam ekish mumkin. Yoppasiga qatorlab sof xolda yoki boshoqdosh o‘tlar bilan birga qo‘shib ekiladi. Ekish me’yori 1 gektar erga 8-10 kg, ekish chuqurligi 2-3 sm. Sifatli pichan tayyorlash uchun shonalash va gullash davrining boshlanishida o‘rib olinadi.