«tuproqshunoslik»



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə33/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Qand lavlagi. Xalq xo‘jaligidagi axamiyati. Qand lavlagi shakar olinadigan ekinlar ichida eng asosiy ekinlardan biri bo‘lib, ildizmevasining tarkibida 18-20% qand moddasi ildiz meva tarkibida 15% quruq modda, shu jumladan 3% kletchatka, 0,7% kul va 0,1% moy va 1,2% oqsil bo‘ladi. Qand ishlab chiqarishda qolgan chiqindi o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Qand lavlagining bargi umumiy xosilni 35-45% ini tashkil qilib, to‘yimlilik xususiyati boshqa o‘simliklar ko‘katidan kam emas. Bargi tarkibida 20% quruq modda to‘planadi, shu jumladan, 2,5-3,5% oqsil, 0,8% moy bo‘ladi. Gektariga 100-150 s ko‘k ozuqa bargi (26-27 s ga quruq modda) xosil qiladi.
Qand lavlagini vatani Turkiya, Eron xisoblanadi. Uning yovvoyi formalari xozirgi vaqtda xam O‘rta er dengizi, Kaspiy va Qora dengiz qirg‘oqlarida, Zakavkaziyada uchraydi. Qand lavlagi dunyodagi 42 ta mamlakatda ekiladi. Qand lavlagi o‘rtacha iqlim o‘simligi bo‘lib, u Kanada, Daniya, Shvetsiya, Polsha, Germaniya, Fransiya, Angliya, Yaponiya, Afg‘oniston, Italiya, Ispaniya, Vengriya, Belgiya, Gollandiya, Shvetsariya, Amerika, Latviya, Belorussiya, Rossiya, Ukraina va Qirg‘izistonda tarqalgan.. Ko‘pchilik ilmiy kuzatishlarda ko‘rsatilishicha, uning vatani O‘rta er dengizi xisoblanadi. Sug‘oriladigan erlarda bu o‘simlik eramizdan oldingi 1500-2000 yil oldin ildizmevasidan Osiyoning tog‘li viloyatlarida, taxminan eramizdan 1000 yil oldin foydalana boshlangan. VIII-XII asrlarda Markaziy Osiyo, Kavkazorti, Sibir va boshqa mamlakatlarga keltirilgan. XVIII-XIX asrlarga kelib, lavlagi ildizmevasi qand olish va oziq-ovqat maxsuloti sifatida ekiladigan bo‘ldi. Yer yuzida qand lavlagi 7,9 mln.ga maydonga ekiladi. O‘zbekistonda xam qand lavlagiga katta e’tibor berib kelinmoqda. O‘zbekistonda qand lavlagi XX asr boshida keltirilib, asosan qand zavodlariga maxsulot etishtirish uchun ekilib kelgan. 1998 yilda Xorazmda Turkiya bilan birgalikda shakar ishlab chiqadigan qo‘shma zavod ishga tushirildi. 1999 yil Xorazm viloyatida 12 mingga, Qoraqalpog‘istonda 7 mingga erga qand lavlagi ekish rejalashtirilgan. Xosildorligi 200-250 sga, lekin ilg‘or xo‘jaliklarda 500-700 sga xosil olish mumkin.
Xozirgi vaqtda lavlagining 50 dan ortiq navlari tarqalgan, chet eldan keltirib respublikamizda ekishga tavsiya qilingan quyidagi navlari mavjud: Astro, Gina, Klavdiya, Kresus, Lena, Mariya, Romeo, Sermo, Sonya, Flora, Serioz.
Botanik xususiyatlari. Qand lavlagi-Beta vulgaris L., V. Saccharifera- Beta L avlodiga, sho‘radoshlar oilasiga (Chenopodiaceae) kiradi. SHu turga xashaki (v.crassa) bargli (v.cicia va oshxona yoki qizil (Vescilenta) lavlagilar xam kiradi. Ikki yillik o‘simlik bo‘lib, birinchi yili to‘p barg chiqaradi va yo‘g‘on ildiz rivojlanadi. Barg bandi asosida kurtak xosil bo‘ladi, ikkinchi yili bu kurtakdan barg va gulpoya o‘sib chiqadi.
Ildizi o‘q ildiz bo‘lib, ko‘p yon ildizchalar chiqaradi. Bu ildizchalar ildiz mevaning ikki tomoniga joylashgan bo‘lib, 2-2,5 m chuqurlikka va 40-50 sm atrofga tarqaladi. Qand lavlagining asosiy ildizi (ildizmevasi) konussimon bo‘lib, ikki yoniga tomon bir oz siqilgan. Ildizmevasi ko‘ndalangiga kesib ko‘rilsa, 10-12 konsentrik xalqa aniq ko‘rinadi. Bu xalqalar tomir-tolali tutamlar va parenxima to‘qimalarining navbatlanishidan iborat bo‘lib, ularda shakar to‘planadi.
Lavlagi barglari oddiy, yirik, bandli, shakli dumaloq, cho‘zinchoq, yuraksimon bo‘lib, bandli, chetlari to‘lqinsimon va satxi silliq yoki qat-qat bo‘ladi. Barglari yosh paytida bandi katta bo‘lib, dumaloq shaklda, keyinchalik bandi uzunlashadi va yuraksimon shaklga kiradi. Barglar pastga, yonga va yuqoriga qarab joylashadi, rangi yashil bo‘ladi. Urug‘ pallaning orasida o‘rnashgan kurtakdan birinchi chin barg, so‘ngra ketma-ket navbatdagi barglar rivojlanadi. O‘suv davrining davomida doimo yangi barglar paydo bo‘laveradi. YOsh barglar barg to‘plamining o‘rtasida shakllanadi, chetiga qarigan barglar siqib chiqariladi. Eng ko‘p yashaydigan va fotosintez jarayonida qatnashadigan barglar 10-25 tagacha bo‘ladi. Barglarning o‘suv davri 25-75 kunni tashkil etadi. Xar 1-3 kunda yangi barg xosil bo‘ladi. Birinchi o‘suv yili lavlagida 50-90 tagacha barglar xosil bo‘ladi. Barg to‘plamining pastki qismida xosil kurtaklari joylashadi. SHu kurtaklardan ikkinchi yili poyalar o‘sib chiqadi. Poyasi tik o‘sadi, shoxlanadi, yuzasi qirrali bo‘ladi, balandligi 1,0-1,5m gacha etishi mumkin.
Guli beshtalik tipda, yashil rangda bo‘ladi, ikki jinsli. Urug‘chisi beshta, to‘pguli siyrak boshoq xosil qiladi. Gullar barg qo‘ltiqlarida ikkitadan joylashadi. Qand lavlagi faqat chetdan changlanadi. Gul changi birinchidan ikkinchisiga shamol va xashoratlar yordamida o‘tadi. Gullash muddati 20 dan 40 kungacha o‘zgarib turadi. Mevasi-yong‘oqcha, etilganda to‘p-to‘p gullari 2-6 donadan to‘pmeva xosil qilib qo‘shilib ketadi. To‘p meva 2-6 ta yong‘oqcha tugadi. Xar qaysi meva qopqog‘i ostida yaltiroq qo‘ng‘ir qobiqli urug‘ joylashgan bo‘ladi. Qo‘shaloq mevalar ekilganda bittasidan 2-6 ta maysa o‘sib chiqadi. Bu etishtirish jarayonida ancha qiyinchiliklar tug‘diradi, chunki lavlagini yagona qilishni talab etadi. 1000 ta urug‘ining vazni 20-50 gr ni tashkil etadi. Urug‘i mayda jigarrang, sariq rangli, yaltiroq va silliq bo‘lib, ikkita palla va murtakdan iborat.
Xosilni yig‘ib-terib olish paytida qand lavlagi tarkibida o‘rtacha 75% suv va 25% quruq modda bo‘ladi, buning 17,5% ini saxaroza va 7,5% ini shakarsiz moddalar tashkil qiladi.
Biologik xususiyatlari. Qand lavlagi o‘sish, rivojlanish sharoitiga juda talabchan o‘simlik. Lavlagi urug‘i 2-50S da unib chiqadi, maysalari 6-70S da paydo bo‘ladi, lekin 12-150S da qiyg‘os unib chiqadi, maysalari baxorgi 4-50 sovuqqa chidashi mumkin. Lavlagi 20-220S temperaturada yaxshi o‘sadi. Kuzda o‘simlikning o‘sishi 2-40 da to‘xtaydi. Gullash davrida xarorat 1-20 bo‘lsa, o‘simlikni sovuq uradi. Qand lavlagi namga talabchan, qurg‘oqchilikka chidamli. Transpiratsiya koeffitsienti 240-400 ni tashkil qiladi. Eng ko‘p miqdordagi suvni tez o‘sish davrida, iyul-avgust oylarida talab qiladi.
Qand lavlagi uzun kun o‘simligi xisoblanadi. Agar yorug‘lik etishmasa, uning xosildorligi va shakarning miqdori pasayib ketadi. Qand lavlagining vegetatsiya davri xayotining birinchi yili 160-170 kun, ikkinchi yili 100-130 kun davom etadi. Urug‘ unib chiqish uchun o‘z vazniga nisbatan 150-170% miqdorda suv talab qiladi. Maysalar paydo bo‘lgandan keyin 6-8 kun o‘tgach, birinchi juft chinbarg chiqadi. Birinchi yili 30-60 tagacha barg chiqaradi. Birinchi juft barglar paydo bo‘lganda asosiy ildiz yo‘g‘onlasha boshlaydi.
Qand lavlagi xayotining birinchi yili o‘sishini 50-55 kundan 3 bosqichga bo‘lish mumkin:

  1. assimilatsiya qiladigan satx va ildiz sistemasining shakllanishi.

  2. ildiz va barglarning asosiy o‘sishi.

  3. shakarning jadal to‘planishi.

Qand lavlagi uchun tuproq eritmasi neytral reaksiyali va mexanikaviy tarkibi qumoq to‘plamli, organik moddalarga boy qoratuproq eng yaxshi xisoblanadi. Kam unum qumoq va og‘ir soz tuproqli erlarda lavlagi yaxshi o‘smaydi. Almashlab ekishda qand lavlagi uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekin toza shudgorga ekilgan kuzgi ekinlar yoki o‘g‘itlangan band shudgor xisoblanadi.
Nam etarli bo‘lgan rayonlar uchun quyidagi almashlab ekish sxemasi tavsiya etiladi:

  1. ko‘p yillik o‘tlar-kuzgi ekinlar-qand lavlagi

  2. ko‘kat oziq va pichan uchun bir yillik o‘tlar-kuzgi ekin-qand lavlagi

  3. ko‘k no‘xat-kuzgi ekinlar-qand lavlagi.

Nam bilan etarlicha ta’minlanmaydigan rayonlarda aytilgan variantlardan tashqari, toza shudgor-kuzgi ekinlar-qand lavlagi almashlab ekish sxemasi qo‘llaniladi. Sug‘oriladigan zonalarda ko‘p yillik o‘tlar o‘rniga birinchi yili ekilgan kuzgi va baxorgi bo‘g‘doy qand lavlagi uchun yaxshi o‘tmishdosh ekin xisoblanadi. Kuzgi bug‘doy va makkajo‘xori o‘rniga ekish xam yaxshi samara beradi. Almashlab ekishni to‘g‘ri joriy etish qand lavlagi xosildorligini gektariga 60-80 s ga oshiradi.
O‘zbekiston sharoitida er xaydashdan oldin gektariga 20-40 t chirigan go‘ng, 90 kg fosfor va 60 kg kaliy solinadi. Azotli o‘g‘itlar me’yori 200-250 kgga bo‘lganda yaxshi natija beradi. Azotli o‘g‘itlar bo‘linib solinadi: ekish bilan bir vaqtda 20 kg, o‘suv davrida birinchi va ikkinchi suvdan oldin 90 kg dan beriladi.
Qand lavlagi keng qatorlab ekiladi, qator orasi 60-70 sm bo‘ladi, o‘simliklar orasi 12-20 sm atrofida bo‘ladi. Ko‘p urug‘li navlardan gektariga 20-25 kg, bir urug‘liklarda 12-15 kg atrofida ekiladi, ekish chuqurligi 3-4 sm bo‘ladi. Ekish muddati-mart oyi. Ekish muddati kechiktirilsa xosil kamayadi va tarkibidagi shakarning miqdori xam kamayadi. Lavlagi o‘suv davrida suvni ko‘p sarf qiladi. Bir sentner ildiz va barg xosil qilish uchun 120-135 s suv sarf bo‘ladi. O‘suv davrida tuproq namligini 70% atrofida saqlab turish kerak. O‘suv davrida lavlagi 6-12 martagacha sug‘oriladi, suv sharoitga qarab belgilanadi, xar sug‘orishda gektariga 600-800 kub metr xisobida sariflanadi. Xar sug‘orishdan keyin qator oralariga ishlov beriladi. Qator orasiga ishlov berish soni tuproq xolatiga, begona o‘tlar bilan zararlanishiga bog‘liq.
Ildizmevani saqlaydigan usul: chuqurligi 50-70 sm, kengligi 150-200 sm, uzunligi xosil miqdoriga qarab tayyorlangan xandaklarga qo‘yib saqlanadi. Lavlagi -30S da muzlaydi, muzlab qolgani qayta ishlashga yaramaydi.
Urug‘ olish uchun birinchi yilgi o‘suv davrida urug‘likbop lavlagi (onalik lavlagi) etishtiriladi yoki kech yozda yoki kuzning boshlanishida urug‘ ekib keyingi yil urug‘ eg‘ishtiriladi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin