«tuproqshunoslik»



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə35/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Botanik xususiyatlari. Beda dukkaklilar-Fabaceae oilasiga, Medicago L. avlodiga kiradi, 100 ga yaqin turi aniqlangan. Turlarining orasida bir yillik, ko‘p yillik turlari mavjud, ammo xo‘jaliklarda asosan uning 2 ta turi-ko‘k va sariq beda tarqalgan.
Ko‘k beda (Medicago sativa) -ko‘p yillik o‘simlik. Ildizi o‘q ildiz bo‘lib, yon ildizlari baquvvat rivojlangan. Birinchi yili uning ildizi tuproqqa 2-3 m, keyingi yillarda xatto 10 m gacha chuqur kirib boradi. Ildizining yuqori qismida ildiz bo‘g‘zi bo‘lib, u koronka deb ataladi. U bosh poyaning juda o‘sib ketgan pastki qismidir. Unda kurtaklar shoxlanib, ulardan yangi poya rivojlanadi. Koronka o‘sib, ildiz bilan birga tuproqga ba’zan 7-10 sm chuqurga kirib boradi. Koronka xam ildizlar singari o‘simlikni butun xayoti davomida saqlanadi. Poyasi o‘tpoya, sershox, yashil rangda, 10-20 ta bo‘g‘im oralig‘i bor. Xar tup o‘simligida 2-3 tadan 200-300 tagacha poya bo‘ladi. Ularning bo‘yi 40-100 sm bo‘lib, 150 sm ga etishi mumkin. Poyani ichi o‘zak bilan to‘la, usti tuklangan.
Barglari yonbargcha, barg bandi va 3 talik bargcha va yon bargdan iborat. Bargchalari qisqa bandli bo‘lib, och yashil yoki to‘q yashil rangli. To‘pguli ko‘p gulli shingil, ikki jinsli changchi va urug‘chidan iborat. Guli qisqa bandli bo‘lib, asosida 2 tadan ipsimon gul yon bargchasi bor. Ikki jinsli bo‘lib, kosacha barg, gultoj, changchi va urug‘chidan iborat. Kosacha bargi yashil, besh tishli. Changchisi 10 ta bo‘lib, shundan 9 tasi changchi iplari bilan qo‘shilib o‘sadi va changchi nayini xosil qiladi. Gultojisi och binafsha yoki och ko‘k rangda.
Mevasi ko‘p urug‘li dukkak bo‘lib, urug‘i buyraksimon-bukilgan shaklda, och sariq rangda bo‘ladi. 1000 donasining vazni-1,8-2 g keladi.
Sariq beda (Medicago falcata)-ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, ildizi o‘q ildiz. Yon ildizlari xam yaxshi rivojlangan. Poyasining ichi o‘zak bilan to‘la, balandligi 40-50 sm ga etadi. Barglari oddiy, bedanikidan maydaroq. To‘pguli shingil. Guli qisqa bandli, sariq rangda bo‘ladi. Mevasi o‘roqsimon egilgan dukkak. SHuningt uchun sariq beda ko‘pincha o‘roqsimon beda deb xam ataladi. Urug‘i yuraksimon, och jigarrang bo‘lib, 1000 donasini vazni 1,5-1,7 g keladi.
Beda, ayniqsa ko‘k beda keng qo‘llaniladi. Undan pichan, silos, senaj yoki ko‘k massa xosili olinadi, yaxshi o‘tmishdosh ekin xisoblanadi. Tuproqni azot bilan boyitadi gektariga 150 kg va undan xam ko‘p miqdorda azot to‘playdi, begona o‘tlarni kamaytiradi, o‘zidan so‘ng ko‘p miqdorda organik massa qoldiradi, bu esa tuproqni fizik va ximiyaviy xususiyatlarini yaxshilashga imkon beradi.
Undan tashqari, sug‘oriladigan rayonlarda ko‘k beda, tuproqdan ko‘p miqdorda oziq elementlari va suvni o‘zlashtirib, er osti suv satxini pasaytiradi, tuproqni sho‘rini kamaytiradi. SHuning uchun g‘o‘za-beda va sholi almashlab ekish dalalarining asosiy komponenti xisoblanadi.
Biologik xususiyatlari. Beda yorug‘sevar, issiqqa talabchan uzun kun o‘simligidir. Qishda past temperaturaga, yozda issiqqa chidamli. Urug‘i 5-60S da unib chiqadi. Maysalari 60S sovuqqa chidaydi. Bedaning transpiratsiya koeffitsenti 700-900 orasida bo‘ladi. U jadal o‘sish davrida (g‘unchalashdan gullash fazasigacha) suvni juda ko‘p bug‘latadi. Xavo juda quruq bo‘lganda beda o‘sishdan to‘xtab barglarining bir qismini to‘kib yuboradi. Sug‘orilgandan yoki yog‘ingarchilikdan keyin o‘simliklar yana o‘sa boshlaydi. Ildiz sistemasi baquvvat rivojlangan bo‘lib, tuproqning chuqur qavatigacha kirib borganligidan chuqurlikdagi namni yaxshi o‘zlashtiradi. Uning qurg‘oqchilikka chidamliligi ana shu xususiyatiga bog‘liq. Namga juda ta’sirchan bo‘ladi, shuning uchun sug‘oriladigan erlarga ekilganda xosili yuqori bo‘ladi.
Beda tuproqdan juda ko‘p miqdorda R, K, Sa va Mg ni o‘zlashtiradi. Beda 1 t pichan etishtirish uchun tuproqdan 5-6 kg fosfor va 15-20 kg kaliyni o‘zlashtiradi. Bedadan 50 s pichan olish uchun 110 kg kaliy, 36 kg fosfor, 120 kg azot, 145 kg kalsiy sarflanadi.
Bedani xar xil tuproqli erlarga ekish mumkin. U qoratuproqli, kashtan, bo‘z va boshqa xil tuproqli erlarda yaxshi o‘sadi. Botqoq va kuchli kislotali erlar beda ekish uchun yaramaydi. Beda uchun tuproqning muxiti neytral va kuchsiz ishqoriy (rN-7-8) bo‘lishi kerak.
Beda g‘o‘za, kanop, tamaki, kuzgi bug‘doy, sholi, makkajo‘xori, moyli va sabzavot ekinlaridan bo‘shagan erlarga ekiladi. O‘tmishdosh ekinlarni xosili yig‘ib olingandan keyin talab qilinsa diskalanadi va 7-10 kundan keyin 22-25 sm chuqurlikda xaydaladi. Erta baxorda borona qilinadi, ekishga yaqin mexanik tarkibi engil bo‘lgan tuproqlarda mola bostiriladi.
Beda oziqaga talabchan o‘simlik. 1 gektarga 10-15 t go‘ng, 90-120 kg forsor va 50-75 kg sof kaliy solinadi. Bu o‘g‘itlarni xammasini er xaydashdan oldin solinadi. Bedaning boshlang‘ich rivojlanish davrlarida tuproqdagi azot etarli bo‘lmasa oz me’yorda (20-30 kg ) azot qo‘llaniladi.
Beda sharoitga qarab baxorda, yozda va kuzda ekiladi. Beda yoppasiga qatorlab yoki tor qatorlab ekiladi. Qatorlarning orasi 13-15 yoki 6,5-7,5 sm qilib ekiladi. 1 gektar erga 12-18 kg urug‘ sarflanadi. Bundan tashqari beda bilan suli, arpa, bug‘doy qo‘shib ekiladi, bu ekinlarning urug‘i 1 gektarga 40-60 kg dan ekiladi. Beda urug‘ini ekish chuqurligi 1-3 sm.
Ko‘kat va pichan tayyorlash uchun beda shonalash davrini oxirida va gullash davrini boshlarida o‘riladi. Urug‘ olish uchun dukkaklari 70% etilganda o‘riladi va xirmonda quritilib yanchiladi. Urug‘ining namligi 13% dan oshmasligi kerak.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin