«tuproqshunoslik»



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə23/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

11-MAVZU: TOLALI EKINLAR
Reja:

  1. Tolali ekinlarning xalq xo‘jaligidagi axamiyati.

  2. Kanop va jut etishtirish texnologiyasi.

  3. Tolali ekinlarning asosiy vakillari.

Tayanch iboralari: lub tolalilar, o‘simlikning texnika qismi, zig‘ir, jut, kanop, xosildorlik, urug‘, poya.
Tolali ekinlar asosan turli xil gazlama va to‘qimachilik maxsulotlari ishlab chiqarishda xomashyo olish uchun ekiladi. Tolali ekinlar botanik jixatidan xar xil oila va turlarga mansub bo‘lib, quyidagi uch guruxga bo‘linadi.
1.Urug‘ida va mevasi tola xosil qiladigan o‘simliklar. Urug‘ida tola xosil qiladigan o‘simliklarga g‘o‘za va mevasida tola xosil qiladigan o‘simliklarga kokos palmasining mevasi kiradi.
2. Poyasida tola xosil qiladigan o‘simliklar. Bu guruxga zig‘ir, nasha, kanop, jut, rami, kendir va boshqalar kiradi.
3. Bargida tola xosil qiladigan o‘simliklar. Bu guruxga yangi Zelandiya zig‘iri, tolali banan, agava, yukka va boshqalar kiradi.
Respublikamizda asosan tolali ekinlardan g‘o‘za, zig‘ir va kanop .ekiladi. Xalq xo‘jaligida o‘simlik tolasining axamiyati juda katta. Eng ko‘p ishlatiladigani paxta tolasi xisoblanib, undan mayin gazlamalar tayyorlanadi. Poyasida tola xosil qiladigan o‘simliklar tolasi paxta tolasiga nisbatan dag‘al bo‘lganligi sabab, undan uy jixozlarida ishlatiladigan dag‘al gazlamalar, qop, qanor, arqon va shunga o‘xshash maxsulotlar tayyorlashda foydalaniladi. Bundan tashqari bu o‘simliklar urug‘ining tarkibida 18-42 % gacha moy bo‘ladi. O‘simlik moyi oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlashda, texnikada, lak-bo‘yoq sanoatida, sovun tayyorlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.


Kanop Xalq xo‘jaligidagi axamiyati. Kanop-qimmatli lub tolali ekin bo‘lib uning poyasida 24% gacha tola bo‘ladi. Tolasi pishiqligi, yumshoqligi va gigroskopikligi bilan ajralib turadi. Undan brezent, qoplar, gilam va mebel uchun material, arqon va boshqa buyumlar tayyorlanadi. CHiqindilari qurilish plitalari va qog‘oz tayyorlashda ishlatiladi. Kanop urug‘ida 18-20% yog‘ bo‘ladi, undan lak bo‘yoq sanoatida va sovun tayyorlashda ishlatiladi. Xindistonda lampa moyi sifatida foydalaniladi. Kunjarasi mollar uchun em sifatida ishlatiladi.
Kanop yovvoyi xolda Janubiy Afrikada uchraydi. Kanopning vatani-Xindiston va Janubiy Afrika xisoblanadi. Kanop Xindistonda, Xitoy, Eron, Indoneziya, Birma, Sudan, V’etnam, Italiya va AQSH da ekiladi. Kanop 1925-1926 yillarda Shimoliy Kavkaz va Turkiston nav tajriba stansiyasida ekila boshlangan. Mamlakatimizda 1927 yildan boshlab ekib kelinadi. Respublikamizning, asosan Toshkent viloyati yuqori, O‘rta va Quyi CHirchiq, Yangiyo‘l va Bo‘stonliq tumanlarida 10 ming gektar erga ekiladi. Kanop o‘rtacha bir gektar erdan 100-120 s poya va 4-5 s urug‘ beradi. Yuqori agrotexnikani qo‘llash natijasida undan 150-180 s poya 8-9 s urug‘ olish mumkin.
Botanik xususiyatlari.. Kanop-Hibiscus cannabinus L turiga., gulxayridoshlar (Malvaceae) oilasiga mansub bir yillik o‘t o‘simlik. Ildizi o‘q ildiz, yaxshi rivojlangan bo‘lib, tuproqning 2 m va undan ko‘p chuqurligiga kirib boradi. Asosiy ildizi yo‘g‘on, tuproqning yuza qatlamida 30-40 sm chuqurligida joylashadi. Keyin kichrayib boradi va yon ildizlar orasida yo‘qolib ketadi. Agar nam etishmasa, o‘q ildiz baquvvat rivojlanib, 2 m va undan xam chuqurlikka o‘sib kiradi. Poyasi tik o‘sadi, ko‘ndalang kesimi yumaloq, ozgina g‘adir-budir bo‘lib, uzunligi 2 metrdan 3,5 metrgacha etadi. Siyrak ekilganda, oziq va nam bilan vaqtida ta’minlanib turilganda, poyasining bo‘yi 5m gacha etishi mumkin. Poyasi uchiga tomon ingichkalashib boradi, kuchli shoxlangan, yon shoxlari poyaning ko‘sakchalar bo‘lmagan pastki qismidan chiqadi. Tola olish uchun qalin ekilgan joylarda poyasi shoxlanmaydi. Poyasida 40-90 tagacha bo‘g‘im bor. Bo‘g‘im oraliqlari 3-4 sm keladi. Poya odatda yashil rangda, lekin qirmizi rang yoki qizil poya chiqaradigan shakllari xam uchraydi. Qizil va qirmizi rangli kanop poyalari yaxshi iviydi. SHu bois ulardan sifatli tola olinadi. Poyasi tikanchalar bilan siyrak qoplangan. Poyasining diametri 1,5-2,0 sm. Tola olish uchun ekiladigan navlarida esa 1,3-1,5 sm dan oshmaydi.
Barglari ketma-ket joylashgan, pastki barglari oddiy, o‘rta qismida bo‘lak-bo‘lakli, keyingilari esa lansetsimon bo‘ladi. Guli-yirik kalta bandli 5-7 mm. 5 ta tojibargdan tashkil topgan, ochilganda diametri 7-8 sm dan 12 sm gacha etadi, sariq, och-gunafsha, pushti rangda yoki och qizil rangda bo‘ladi. Changchisi 60-70 ta, qizil rangda, bir-biri bilan qo‘shilib o‘sib, changchi ustunchasini xosil qiladi va 5 ta doira bo‘lib joylashadi. Changdoni buyraksimon shaklda, zarg‘aldoq rangda, tugunchasi 5 uyali, tuk bilan qalin qoplangan. Gullash pastki gullardan boshlanadi. Xar bir gul bir kunda ochiladi. Kanop bir uyli o‘simlik, kam xollarda chetdan changlanadi. Mevasi-5 qirrali quticha bo‘lib, uzunligi 2,5 sm, eni 1-2 sm bo‘ladi. Bitta o‘simlikda 20-30 ta quticha xosil bo‘ladi. Urug‘i buyraksimon yoki burchakli shaklda bo‘lib, rangi to‘q kulrangda bo‘ladi. Bitta qutichada 15-20 ta urug‘ bo‘ladi. 1000 donasining vazni 18 gr gacha etadi. Urug‘ining bo‘yi 3-5 mm, eni 2,5-4,0 mm keladi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin