Biologik xususiyatlari. Kunjut qisqa kun o‘simlik bo‘lib, yorug‘sevar xisoblanadi. Urug‘i 15-160S da unib chiqadi,-10S sovuqda nobud bo‘ladi. Eng yaxshi temperatura 25-270S , 150S dan xarorat past bo‘lsa o‘sishdan to‘xtaydi. Kunjutning o‘suv dari 80-120 kun davom etadi.
Kunjut qora tuproq, bo‘z tuproq, engil qumoq tuproqli erlarda va qumloq tuproqli erlarda o‘sadi, sho‘r va og‘ir tuproqlarda kunjut yaxshi o‘smaydi. Kunjutning keng tarqalgan navlaridan Toshkentskiy-122, Saraxskiy-470 va boshqalar ekiladi.
Kunjut kuzgi don ekinlar, don-dukkakli ekinlar, makkajo‘xoridan keyin ekiladi. Tuproqga ishlov berish baxorgi ekinlarga qanday ishlov berilsa, shunday bajariladi. Kunjut bir bor ekilgan erga 6-7 yildan keyin qayta ekiladi, chunki kasallik va zararkunandalar bilan ko‘p shikastlanadi. Kunjut aprelning oxiri, mayning o‘rtalarigacha ekiladi. Ekish usuli -keng qatorlab, qator orasi 45-60 sm. Ekish chuqurligi 3-5 sm, ekish me’yori 1,5-2,0 mln.dona (5-6 kg) tashkil etadi. Ekishdan so‘ng er bostiriladi. Maysalari ko‘ringach qator oralari ishlanadi. Sug‘oriladigan maydonlarda vegetatsiya davrida 2-3 marta sug‘oriladi.
O‘g‘itlash me’yori tuproq unimdorligiga, rejalashtirilgan xosilga, ekish usuliga, urug‘ sifatiga qarab belgilanadi. Organik o‘g‘itlar gektariga 20-30 t, mineral o‘g‘itlar esa azot-50-100 kg, fosfor-100-150 kg, kaliy-50-70 kg miqdorida beriladi.
Kunjutni 70% mevasi etilganda o‘riladi va mevasi chatnaganda qoqib urug‘i ajratiladi. Kunjutni to‘la pishish davrigacha qoldirish mumkin emas, chunki etilgan mevalar chatnab urug‘i to‘kiladi. Saqlanadigan urug‘likda namlik 9% dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Savollar. Moyli ekinlarga qaysi o‘simliklar kiradi?
Moyli ekinlar xalq xo‘jaligida qanday axamiyatga ega?
Xalq xo‘jaligida kungaboqar va kunjut qanday axamiyatga ega?