«tuproqshunoslik»


Kunjut Xalq xo‘jaligidagi axamiyati



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə17/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Kunjut
Xalq xo‘jaligidagi axamiyati. Moyli o‘simliklar ichida kunjut yog‘ining miqdori bo‘yicha ajralib turadi. Uning tarkibida eng ko‘p 48-63% yog‘, 16-17% azotsiz moddalar, 16-19% oqsil bo‘ladi. U oziq-ovqat, konditer, konserva sanoatida, meditsinada keng ishlatiladi. Kunjut moyi yuqori sifatli o‘simlik moyi xisoblanadi va konditer sanoatida, konserva, margarin tayyorlashda xamda tabobatda ishlatiladi. Qobig‘idan tozalangan va urug‘i maydalangan kunjutdan yuqori navli xolva tayyorlanadi (taxin xolva). Kunjarasi esa chorvachilikda yuqori sifatli ozuqa xisoblanadi.
Botanik xususiyatlari. Vatani Afrika., Markaziy Osiyoga Xindistondan keltirilgan. Dunyo bo‘yicha 6,73 mln.ga erga kunjut ekiladi. O‘zbekistonning lalmi erlariga ekib kelingan. Xosildorligi lalmikor erlarda gektariga 5-6 s, sug‘oriladigan erlarda 15-20 s ni tashkil etadi. Ko‘kat xosili 150-200 sga dan iborat.
Kunjut bir yillik o‘simlik bo‘lib, Pedaliaceae-kunjutdoshlar oilasiga, Sesamum Indicum L. madaniy turiga kiradi. Ildizi o‘q ildiz ,tuproqqa 1 m chuqurlikkacha kirib boradi, uzunligi 1 metr, yuqori qismi yaxshi shoxlanadi. Poyasi tik o‘sadi, pastdan shoxlanadi, uzunligi 0,5-1,5 m, mayin tuklar bilan qoplangan. Poyasi qirrali (4-8 ta), shoxlarining soni 10-12 tagacha bo‘lishi mumkin. Bargi oddiy, bandli yaproqdan iborat bo‘lib, ketma-ket va suprotiv joylashgan. Shakli xar xil. Guli barg qo‘ltig‘ida 1-3 ta bo‘lib joylashadi, besh bargli, toj barglari bir-biriga qo‘shilib o‘sgan, naychasimon, ikki labli, rangi pushti, binafsha, oq rangda bo‘ladi. Changchisi 5 ta bo‘lib, bularning bittasi , odatda, rivojlanmaydi. Guli tukli, o‘zidan changlanadi, ammo tabiatda arilar yordamida chetdan changlanishi mumkin. Mevasi quticha, cho‘ziq, yassi, tukli. Qutichasi 2-4 mevali bargdan tashkil topgan. Ko‘saklari to‘la pishib etilganda chatnaydi. Ko‘sakchasi 4 yoki 8 uyali, uzunligi 4sm va eni 0,9 sm atrofida. Bir tup o‘simlikda 20-100 gacha ko‘sakcha joylashadi. Urug‘i ko‘sakchaning uyalarida joylashadi, tuxumsimon (yassi) formada, mayda, uzunligi 2,7-4,0 mm, eni 1,9 mm, 1000 dona urug‘ining og‘irligi 3-5 g. Urug‘ining rangi och yoki to‘q jigarrangli, goxo oq va qora rangda bo‘ladi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin