«tuproqshunoslik»



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə7/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Savollar.
1. O‘simlikshunoslik fani qanday fanlar bilan bog‘langan?
2. O‘simlik turlarining shakllanish sharoiti va biologik xususiyatla­riga ko‘ra qanday guruxlarga bo‘lingan?
3. Qisqa kun o‘simliklari qanday xususiyatlari bilan ajralib turadi?

  1. O‘simliklar biologiyasi deganda nimani tushunasiz?

  2. O’simlikshunoslik faniga xissa qo’shgan qaysi rus va o’zbek olimlarini bilasiz?



2-MAVZU: MADANIY O‘SIMLIKLAR VA ULARNING KELIB CHIQISHI.
Reja:

  1. Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi.

  2. Madaniy o‘simliklarning geografik tuproq iqlim sharoitlarida joylashuvi.

  3. Madaniy o‘simliklarning boshqa iqlim sharoitlariga moslashishi.

Tayanch iboralari: madaniy o‘simliklar, faol xarorat, o‘suv davri, rivojlanish, ontogenez, genotip.

O‘simlikshunoslik fani qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lib madaniy o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganadi. Ana shu qonuniyatlar aosida madaniy o‘simliklardan yuqori va sifatli xosil olish imkoniyatini beradigan effektiv agrotexnikaviy tadbirlarni ishlab chiqadi.


O‘simlikshunoslik fanining vazifasi-asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarini rayonlashtirish ularni xalq xo‘jaligidagi axamiyati, biologik xususiyatlari, rivojlanishi va xosil to‘plash qonuniyatlarini o‘rganish, ekinlar xosildorligini oshiruvchi samarali metodlarni topishdan iborat.
Qishloq xo‘jalik o‘simliklari boshqa qurollar, mashinalar singari jamiyatni ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishida muxim rol o‘ynaydi. Masalan: qand lavlagini va moyli o‘simliklarni paydo bo‘lishi bilan (XIX asrning 2 chi yarmida) Rossiyada qand va moy ishlab chiqarish sanoati paydo bo‘la boshladi.
Insonlar o‘simliklarni yetishtirib borish jarayonida turli sharoitlarga duch keladi. O‘simliklarga kerakli bo‘lgan xayotiy faktorlarni to‘la bo‘lishi uchun albatta atrof- muxit sharoitini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Masalan, sho‘r tuproqlarni yuvish, kislotali tuproqlarni esa oxaklash kerak bo‘ladi va x.k.
O‘simliklarning yaxshi o‘sishi, rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish uchun dala ishlarini o‘z vaqtida sifatli bajarish katta axamiyatga ega.(tuproqni ishlash, o‘g‘itlar solish, ekish, xosilni o‘z vaqtida yig‘ib olish). Bu ishlarni kechiktirib bajarish xosilni kamayishga va maxsulot sifatining buzilishiga olib keladi. Dala ekinlari agrotexnikasida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish qiyin yoki tuzatib bo‘lmaydi. Shuning uchun o‘simlikshunoslikda xamma sharoitlar qat’iy xisobga olinadi.
O‘simlikshunoslik chorvachilik bilan chambarchas bog‘langan, chunki ularga oziqa maxsulotlari yetkazib beradi va ulardan o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan organik o‘g‘itlar oladi.
Ilmiy fan sifatida o‘simlikshunoslik fani faqat dala ekinlarini: donli ekinlar, dukkakli-don ekinlari, ildizmevali ekinlar, tuganak mevali ekinlar, moyli ekinlar, narkotik ekinlar tolali ekinlar va em-xashak o‘tlarini o‘rganadi.
Dunyo dexqonchiligida katta maydonlarga g‘alla ekinlari ekiladi-ular butun ekin maydonini 70% ini egallaydi. G‘alla ekinlarining o‘rtacha xosildorligi 19,5 s ga ni tashkil etadi.
O‘zbekistonda qadimdan bug‘doy, arpa, beda, tariq, jo‘xori va boshqa ekinlar ekib kelinadi. Respublikamiz dexqonchiligida g‘o‘za 1,5 mln.gektar yerga, donli ekinlar sug‘oriladigan yerlarda 1 mln., lalmikor yerlarda esa 300 ming ga yerga ekilmoqda.
Boshqa fanlar kabi o‘simlikshunoslik xam fan sifatida o‘z uslubi va yo‘nalishiga ega. Ilmiy ishlar dala, vegetatsion va laboratoriya usulida olib boriladi.
Dala uslubida ilmiy ishlar ilmgoxlarda, oliygoxlarda tajriba dalalari va maxsus ajratilgan paykallarda olib boriladi.
Dala tajribasi agrotexnik usullarni ta’sirini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Masalan, tuproqlarga ishlov berish, o‘g‘it qo‘llash, ekish normasi va usullarini aniqlash, va boshqa agrotexnik tadbirlarni o‘rganish kiradi. Bulardan tashqari yangi navlarni sinab ko‘rish xam shular qatoriga kiradi. Dala tajribasida yana o‘simliklarning biologik xususiyatlari xam tekshirib ko‘riladi.
O‘rganilayotgan faktorlarning soniga qarab dala tajriba ishlari 2 ga bo‘linadi :
a) bir faktorli tajribalar.
b) ko‘p faktorli tajribalar.
Dala tajriba ishlariga laborotoriya-dala tajriba usuli xam kiradi. Bunda o‘tkazilayotgan tajribalar kichik uchastkalarda o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish tajribasi xam dala tajriba usullaridan biri xisoblanadi. Bunda katta maydonlarda yangi navlar yoki yangi agrotexnik usullar sinab ko‘riladi. Ishlab chiqarish tajribasi ilmiy-tadqiqot ishlarining oxirgi etapi xisoblanadi.
Vegetatsion tajriba ishlari-bu usul o‘simlikshunoslikda biologik, fiziologik, agrokimyo va boshqa masalalarni xal qilishda qo‘llaniladi. Bu usul yordamida ayrim omillarning ta’sirini bevosita aniqlasa bo‘ladi. Masalan, o‘simliklarga mineral moddalarni ta’sirini nishonlangan atomlar yordamida aniqlash mumkin. Vegetatsion tajribalar maxsus xonalarda: masalan, teplitsalarda, tuproq bilan to‘ldirilgan chelaklarda (sosud), eritmalarda o‘simliklarni o‘stirish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
O‘simliklarga tashqi faktorlarning ta’sirini o‘rganishda maxsus sun’iy sharoitlar yaratilgan xonalarda (fitotronlar) tajribalar olib boriladi. Bunda sharoit avtomatik ravishda boshqarilib turiladi.
Laboratoriya usulida ilmiy ishlar maxsus laboratoriyalarda olib boriladi.
Dala va vegetatsion tajribalarda olib borilgan ishlarga baxo berish uchun ko‘pincha tuproq unumdorligi va namligi, xosilning sifati va boshqalarni aniqlash kerak bo‘ladi.
O‘simlikshunoslik qishloq xo‘jaligining asosiy va muxim tarmoqlaridan biri xisoblanadi. O‘simliklarni ekishdan maqsad ulardan inson uchun kerakli oziq-ovqat maxsulotlari, chorvachilik uchun em-xashak va sanoat uchun xom ashyo yetishtirishdan iboratdir. Inson va xayvonlar uchun kerakli ozuqalarni asosiy qismini oqsillar tashkil etadi. Oqsillarni 80% i o‘simliklardan, asosan don va dukkakli-don o‘simliklardan olinadi. Dunyoda ekiladigan ekinlarning eng asosiy qismini ya’ni 70% ini donli ekinlar tashkil qiladi. G‘o‘za, kartoshka, soya, zig‘ir va kanop ekinlari xam katta maydonlarda ekiladi.
O‘simliklardan yuqori xosil olishni ta’minlaydigan texnologiyalar eng avvalo o‘simliklarning biologik xususiyatlariga asoslanadi. O‘simliklarning biologiyasi deb, o‘suv davrida o‘simlikda bo‘ladigan o‘zgarishlar va rivojlanishi uchun talab qilinadigan sharoit tushiniladi. O‘simlikni tashqi sharoitga talabi o‘rganilganda, bunda uning issiqlikka, yorug‘likka, suvga, ozuqaga va tuproqqa bo‘lgan talabi xisobga olinadi. O‘simlik turlari ma’lum bir tuproq va iqlim sharoitida shakllanadi va shu jarayonda o‘simlikda ma’lum biologik xususiyatlar vujudga keladi. O‘simlikning biologiyasini aniqdash uchun shu turning (genotipning) shakllanishiga ta’sir qilgan ekologik sharoitni o‘rganish zarur. Shuning uchun uning kelib chiqish mintaqalarini bilish muxim axamiyat kasb etadi. O‘simliklarning kelib chiqish markazlari 1935 yili ilk bor ulug‘ rus olimi N.I.Vavilov tomonidan aniqlangan. Bu ma’lumotlar keyinchalik boshqa olimlar tomonidan to‘ldirilib, xozirga qadar o‘simliklarni 12 ta kelib chiqish markazlari aniqlangan :
1. Xitoy-Yaponiya markazi-Xitioy, Koreya va Yaponiyaning subtropik mintaqasi kiritilgan. Bu mintaqadan soya, bug‘doy, tariq, marjumak kelib chiqqan.
2. Indoneziya, Janubiy Xitoy markazi-suli, shakar qamish, meva va sabzovot ekinlari kelib chiqqan.
3. Avstraliya markazi-sholi, g‘o‘za, sebarga, tamaki, evkalipt, tropik daraxtlar kelib chiqqan.
4. Xindiston markazi-sholi, xind bug‘doyi, g‘o‘za turlari, shakarqamish, meva va sabzavot ekinlari kelib chiqqan.
5. Markaziy Osiyo markazi-Tojikiston, O‘zbekiston, Afg‘oniston- bu mintaqa ko‘k no‘xat, mosh, yasmiq, no‘xat, tolali nasha, maxsar, xashaki dukkaklar, g‘o‘za turlari, qovun, afg‘on javdari va ko‘p yillik o‘simliklar vatanidir .
6. Old Osiyo markazi-Tog‘li Turkmaniston, Eron, Kavkaz orti, Kichik Osiyo, Arab yarim oroli - bu markazdan bug‘doy turlari, arpa, suli, javdar, ko‘k no‘xat, beda, zig‘ir, sabzavot va meva ekinlar kelib chiqqan.
7. O‘rta Yer dengizi markazi- Misr, Suriya, Falastin, Gretsiya, Italiya va O‘rta Yer dengizi soxilida joylashgan davlatlar, bu suli, arpa, bug‘doy turlari, zig‘ir, karam, lavlagi, sabzi, sholg‘om, turp, piyoz, sarimsoq, ko‘knori, oq xantal kabi ekinlar vatanidir.
8. Afrika markazi-jo‘xori turlari, tariq, kanakunjut, sholi, bug‘doy turlari, moyli palma, dukkakli ekinlar, kunjut, kofe va g‘o‘za turlari vatanidir.
9. Ovropa-Sibir markazi-tolali zig‘ir, duragay sebarga, beda turlari, kandir, xmel, meva va sabzavot ekinlari.
10. Markaziy Amerika- Meksika, Gvatemala, Gonduras, Panama -makkajo‘xori, loviya, qovoq, ingichka tolali paxta, shirin kartoshka, maxorka, qalampir, ko‘p yillik o‘simliklar.
11. Janubiy Amerika-madaniy kartoshka, tamaki, pamidor, ko‘p yillik arpa, makkajo‘xori turlari.
12. Shimoliy Amerika-arpa turlari, lyupin, kungaboqar, sabzavot va rezavor o‘simliklar.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin