Dasturning informatsion-metodik ta’minoti
Darsni o‘tishda mavzularning murakkab va oddiyligiga qarab ta’limning zamonaвiy (хususan interfaol) usullari, pedagogik va aхborot-kommunikatsiya (mediatalim, Amaliy dastur paketlari, preзentatsion, elektron-didaktik) teхnologiyalar qo‘llaniladi.
Ta’minot vazifasini zamonaвiy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv-uslubiy adabiyotlar, dissertatsiyalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar, amaliy ko‘rsatmalar, elektron adabiyotlar hamda internet va boshqa ma’lumotlar bajaradi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning O‘simlikshunoslik fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar, gerbariylar, o‘simlik doni hamda urug‘laridan tayyorlangan namunalardan foydalaniladi. Fanning o‘qitish turlari dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi. Fanni zamonaviy pedagogik uslublar-“Klaster”, “Bumerang”, “Debash”lar tarzida o‘tish ham ko‘zda tutilgandir. Ma’lumotlar ko‘rgazmali o‘quv qurollari va turli o‘simlik qismlarining namunalari yordamida olib boriladi.
NAZARIY MATERIALLAR
1-Mavzu: O‘simlikshunoslik FANIGA KIRISH.
Reja:
O‘simlikshunoslik fanining maqsadi va vazifalari.
O‘simlikshunoslik fanining qishloq xo‘jaligidagi axamiyati.
O‘simlikshunoslikning nazariy asoslari.
O‘simlikshunoslik faniga xissa qo‘shgan rus va o‘zbek olimlari.
Tayanch iboralari: Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ekin maydonlari xosildorligi, o‘simlikshunoslikning predmeti va uslubiyatlari, o‘sish va rivojlanish, dala ekinlarining guruxlarga bo‘linishi.
1. O‘simlikshunoslik- qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, axoli uchun oziq ovqat maxsulotlari, chorvachilik uchun em xashak va ko‘pgina yengil sanoat tarmoqlari uchun xom- ashyo yetishtirish maqsadida ekin ekib o‘stirish va tabiatda yovvoyi xolda o‘sadigan o‘simliklardan foydalanish masalalari bilan shug‘illanadi.
O‘simlikshunoslik chorvachilik bilan chambarchas bog‘langan.
Chorva talab qilinadigan ko‘kat, dag‘al va shirali ozuqalar o‘simliklardan tayyorlanadi. O‘simliklarga talab qilinadigan organik o‘g‘itlar chorvachilikdan olinadi.
2. Sabzavot va rezavor o‘simliklar biologiyasini, genetikasini va selleksiyasini tadqiqot qilib, shu o‘simliklardan yuqori xosil yetishtirishni boshqarishda va yangi navlarni yaratishda samaradorlikni oshirishga yordam beradi.
3. Dala o‘simliklarining orasida insonga zarur bo‘lgan maxsulotni yetishtirish uchun xar xil o‘simliklar ekilmoqda. Bu o‘simliklarning tuzilishi, biologik xususiyati va yetishtirish texnologiyasi xam xar xil. Bu o‘simliklarni o‘rganish oson bo‘lishi uchun guruxlarga bo‘linadi. Dala ekinlarini tasnifi olinadigan maxsulotga qarab tuzilgan. Bu tasnif bo‘yicha dala ekinlari 6 ta guruxga bo‘lingan:
1. Donli ekinlar- bu ekinlar o‘zaro 3 ta biologik guruxlarga bo‘linadi: a) xaqiqiy don ekinlari(bug‘doy, arpa, javdar, suli, tritikale), b) tariqsimon don ekinlari (makkajo‘xori, oq jo‘xori, tariq, sholi, marjumak), v) don-dukkakli ekinlar (ko‘k no‘xat, maxalliy no‘xat, loviya, soya, yasmik, burchok)
2. Em-xashak o‘tlar- bu gurux 4 ta biologik guruxlarga bo‘linadi:
a) ko‘p yillik dukakkli o‘tlar- beda, sebarga, bargak, qashqar beda; b)ko‘p yillik ko‘ng‘irbosh o‘tlar, mastak turlari: okso‘xta, yaltirbosh, ajrikbosh, v) bir yillik dukkakli o‘tlar -shabdar, bersim,vika, g) bir yillik ko‘ng‘irbosh o‘tlar-sudan o‘ti, qo‘noq, mastak, qovoq.
4. Moyli ekinlar 2-ta biologik guruxga bo‘linadi: a) seryog‘li o‘simliklar-kungabokar, maxsar, kunjut, er-yong’oq, moyli zig‘ir, raps b) efir moyli ekinlar-ok zira, kora zira, kashnich, arpabodiyon.
5. Tolali ekinlar-bu gurux 3-ta biologik guruxga bo‘linadi:a) tola urug‘da rivojlanadi-g‘o‘za turlari; b) tola poya po‘stlog‘ida rivojlanadi-kanop, jut, zig‘ir, rami; v)tola bargda rivojlanadi-tolali banan, yangi Zelandiya zig‘iri.
6. Narkotik o‘simliklar- tamaki va maxorka.
4. O‘zbekistonning xududida qadimdan beri bug‘doy, arpa,beda, tariq, jo‘xori ekilib kelinmokda. Keng tarqalgan o‘simliklardan g‘o‘za turlari, meva sabzavot va poliz ekinlari ekilmokda. O‘zbekiston o‘z axolisini oziq-ovqat maxsuloti bilan to‘la ta’minlash uchun o‘simlikshunoslik tarmog‘ini rivojlanishini jadallashtirmog‘i lozim. Qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori xosil etishtirish uchun bir qator muxim tashkiliy iqtisodiy chora tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishning muxim tashkiliy iqtisodiy chora tadbirlarini amalga oshirish, ishlab chikarishning moddiy texnika bazasini ancha mustaxkamlash o‘g‘itlardan keng foydalanish, yerlarning unumdorligini, meliorativ va ekologik xolatlarini yaxshilash, yangi intensiv navlarni yaratish kabi ishlarni amalga oshirish lozim. O‘zbekistonda g‘o‘za 1,5 mln. ga, donli ekinlar suvli erlarda 1mln.lalmi erlarda 300 ming ga ekilmokda. 1998 yil O‘zbekiston don mustaqilligiga erishdi.
Xozirgi vaqtda yer yuzida madaniy o‘simliklarning soni 1500 taga yetdi, ammo eng kerakli xo‘jalik axamiyatiga ega bo‘lgan turlarning soni 250 tani tashkil etadi. Ishlab chiqarishda ekilayotgan o‘simliklarning turi xar doim ortib boradi, yovvoyi turlari madaniylashtiriladi.
Dunyo bo‘yicha ekiladigan ekinlarning asosiy qismini (70%) don ekinlari tashkil qiladi (bug‘doy, sholi, makkajo‘xori, arpa, suli, javdar va boshqalar). Texnika ekinlaridan : g‘o‘za, soya, kartoshka o‘simliklari ko‘p ekiladi. O‘simlik turi va uning navi ma’lum bir tashqi muxit sharoitida shakllanadi xamda shu sharoitda biologik xususiyati vujudga keladi. Demak, o‘simlikning tashqi muxitga bo‘lgan talabini aniqlash uchun uning qaysi sharoitda shakllanishini bilish zarur.
Tropik va subtropik mintaqalarda o‘sgan o‘simlik turlari shu mintaqa sharoitiga talabchan bo‘ladi. Bu mintaqalarda foydali xarorat yig‘indisi yuqori bo‘ladi, kun va kecha deyarli bir xil bo‘lganligi uchun o‘simliklar qisqa kunli bo‘ladi. Qisqa kun o‘simliklar sovuqqa chidamsiz, suvsizlikka chidamli, kislotali tuproqlarga chidamsiz, chunki bu mintaqaning tuproqlari neytral yoki ishqoriy muxitga ega bo‘ladi. O‘suv davrining boshlanishida sekin o‘sadi, ildizi esa tez avj oladi, shimoliy tumanlarda ekilsa o‘suv davri uzayadi. Shimoliy mintaqalarda uzun kunli o‘simlik turlari shakllangan bo‘lib, talab qilinadigan foydali xarorat yig‘indisi kamroq, sovuqqa chidamli, suvsizlikka chidamsiz, o‘suv davrining boshlanishida tez o‘sadi, o‘suv davri esa qisqaradi.
Qisqa kun o‘simliklar shimoliy mintaqaga ko‘chirilsa o‘suv davri uzayadi, chunki ontogenez davrida xar bir davrni o‘tishga ma’lum foydali xarorat yig‘indisi talab qilinadi. Xar bir ekin turiga va naviga faqat o‘zining genotipiga mos foydali xarorat yig‘indisi talab qilinadi. Foydali yoki faol xarorat 100 S dan boshlab xisoblanadi, chunki bu xaroratda o‘simliklarda fiziologik jarayonlar normal o‘tadi. Ekinlarga talab qilinadigan foydali xarorat aniqlansa, rivojlanish davrlarini boshlanishini aniq belgilab berish mumkin. Masalan, soya o‘simligi maysalanish davridan shonalash davrigacha 15000 S faol xarorat talab qiladi. Shu xaroratga ega bo‘lmaguncha o‘simlik rivojlanmaydi, faqat o‘sadi va vegetativ massa ko‘payadi. Shonalash davridan dukkak shakllangunicha 4000S foydali xarorat talab qilinadi. Ontogenez davrining o‘tishi uchun soyaga 35000 S talab etiladi. Demak, xar bir genotip o‘zi shakllangan mintaqaning ekologik sharoitini ko‘zgusi bo‘ladi. Murakkab sharoitda shakllangan genotip tashqi sharoitga talabchan bo‘lmaydi. O‘simlik biologiyasini aniqlash uchun shu genotipning shakllanishiga ta’sir qilgan ekologik sharoitni o‘rganish zarurdir.
O‘simlikshunoslik qishloq xo‘jaligida mavjud muammolarni xal qilishda muxim rol o‘ynaydi. Ushbu fanning rivojlanishi, umuman jamiyatning taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lib, fanning rivojlanishiga ko‘p olimlar o‘z xissasini qo‘shishgan. Ularning orasida fotosintez jarayonini yoritib bergan K.A. Timiryazev, o‘simliklarning kelib chiqish markazlarini aniqlagan N.I. Vavilov, dala ekinlarini yangi navlarini yaratgan P.P. Lukyanenko, V.S. Pustovoyt, E.N. Remeslo, N.V. Sitsin, M.N. Xodjinov va boshqalarni sanab o‘tish mumkin.
O‘simlikshunoslik fanini rivojlanishida o‘zbek olimlaridan akademik A.I. Imomaliev, M.V. Muxammadjonov, seleksioner S.M. Miraxmedov, M.A. Karimov, Q,Z. Zokirov, N.N. Nazirovlar xam o‘z xissalarini qo‘shishgan. O‘simlikshunoslikda ilmiy ish olib borish fizika, kimyo, botanika, tuproqshunoslik, meterologiya fanlari bilan bog‘langan va bundan tashqari maxsus qishloq xo‘jalik fanlariga asoslanish lozimligini taqozo etadi.
O‘zbekistonda o‘simlikshunoslik bo‘yicha ilmiy ishlar barcha qishloq xo‘jalik ilmiy tadqiqot institutlarida , viloyat tajriba stansiyalarida va oliy o‘quv yurtlarida olib boriladi. O‘zbekiston dalalarida maxalliy olimlar yaratgan navlar ko‘plab ekilmoqda. Jumladan, g‘o‘za, makkajo‘xori, sholi, beda, jo‘xori, bug‘doy, arpa kartoshka va boshqa ekinlardir.
Dostları ilə paylaş: |