13.6. Taqir, taqirli va qumli tuproqlar Taqir tuproqlar cho’l zonasidagi loyiqali zarrachalardan tashkil topgan, yer beti o’simliksiz yorilib-yorilib ketgan poligonal bo’lakchalardan iborat bo’ladi. Bu tuproqlar O’rta Osiyo hududida Amudaryo va Sirdaryoning qadimgi allyuvial tekisliklarida, Qizilqum, Ustyurt, Devxona kabi qumliklar orasidagi pasttekisliklarda katta maydonlarni egallaydi.
E.I Lobova., A.V Xabarovlarni ma’lumotlariga ko’ra Osiyo hududida taqir tuproqlarning maydoni 11,1 mln.ga jumladan O’zbekistonda taqir va taqirli tuproqlarni maydoni 1,8 mln. GektaрНi tashkil qiladi.
Taqirlarni kelib chiqishi to’g’risida ilk ma’lumotlarni S.S.Neustruyev va I.P.Gerasimov taqirlarni yog’in-sochinlarni atroflardagi do’ng-qiyaliklaridan suvda loyqa bilan oqib kelib past tekisliklarda yig’ilib loyqa tinib va vaqtlar o’tishi bilan loyqa cho’kib qolishi natijasida hosil bo’lgan tuproq deb ta’kidlaydilar. Bunday sharoitda taqir tuproqlar yuzasini sho’rli suvlar bosib, goh sho’ri yuvilib profili sho’rtob sho’rxoqli taqirlarning cho’l zonasidagi zonal tuprog’i paydo bo’lishidagi faraziyalariga mosdir.
Taqir tuproqlarning paydo bo’lishida asosiy rol taqir profilining va xossalarining rivojlanishida, ular paydo bo’ladigan jinslarning mexanik tarkibida mayda zarrachali (gilli) fraktsiyalarning ko’pligiga bog’liqligini takidlaydilar.
Taqir tuproqlarning asosiy belgilari, ularning profilini o’ziga xos tuzilishi bo’lib, yuzasining qalinligi 2-5 sm bo’lgan qattiq zich poligonal-yoriqli qatqaloqdan iborat. Quruq holda u yirik kovakli, juda mustahkam qovushmali va namlanganda kuchli ko’pchib, deyarli suvni o’tkazmaydigan bo’lib qoladi. Qatqaloq beti biroz do’ng bo’lib, ko’k-yashil o’tlari ko’p o’sganligi ta’sirida pushti rangda ko’rinadi. Qatqaloq qatlam ostida qo’ng’ir, qo’ng’ir-bo’zg’ish tusli birmuncha yumshoq qatlamli yoki yirik tangasimon gorizont (A) bo’lib, qalinligi 8-10 sm, bu gorizontda tuz ko’p yig’iladi undan pastda strukturasiz ona jinsga o’tuvchi va qalinligi 30-40 sm bo’lgan (V) gorizonti joylashgan. Umuman taqirlarning qatlami har-xil mexanikaviy tarkibli qatlamdir.