Тупроқшунослик асослари


Mexanik va mineralogik tarkibi



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə100/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Mexanik va mineralogik tarkibi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar turli tarkibli ona jinslarda shakllanganligi sababli, ularning mexanik tarkibi har xil bo’lib, ko’proq va yengil qumloq xillari tarqalgan.
Bu tuproqlar yuzasida ko’pincha qirrali toshlar uchraydi. Tuproq yuqori qatlamlarida mayda qum va yirik chang fraktsiyalarning, illyuvial “V” gorizontida esa 0,001 mm kichik loyqa zarrachalarning ko’p (11-28) foiz bo’lishi, hamda tuproq qatlamining o’rta qismida sozning ko’p bo’lishi tuproqdagi nurash jarayonining natijasidir.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar tarkibida yirik fraktsiyalarda dala shipatlari, slyudalar, kvarts, rogovaya va karbonatlar ko’proqdir.
Loyqa fraktsiyalarda gidroslyudalar va montmorillonitlar gruppasiga mansub minerallar ko’pyadi. Ba’zan gematit va gibbsid aralashgan. Qo’shimcha minerallardan turli amorf moddalar, kvarts, kamroq kaolinit uchraydi.
Kimyoviy tarkibi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar tarkibida oksidlar tuproq profili bo’yicha deyarli bir xilda tarqalgan, faqat kaltsiy oksidi yuqori qatlamlarda, temir va allyuminiy oksidlari miqdori tuproqning pastki qatlamlarida ko’proq.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar tarkibida gumus miqdori kam (0,3-0,8 %), o’simliklar birmuncha qalin o’sadigan joylarda ba’zan 1-1,2% ga yetadi. Gumuslik qatlamining qalinligi 10-20 sm, ba’zan 30 sm gacha yetadi.
Gumus tarkibida fulvokislotalar gumin kislotalariga nisbatan ko’p S:N nisbatan ancha kichik. Umumiy azot 0,03-0,07, fosfor 0,07-0,15, kaliy 1,20-1,40 foizni tashkil etadi.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning singdirish sig’imi uncha katta emas, chunki ularda kolloidlar kam. yengil mexanik tarkibli tuproqlarning singdirish sig’imi ayniqsa kichikdir (100 g tuproqda 5-8 mg.ekv). tipik sur qo’ng’ir tusli tuproqlarning sindiruvchi kompleksida Sa+2 va Mg+2 bo’lib, Mg+2 nisbatan ko’proq.
SHo’rtobli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda natriy miqdori 9-11 foiz, ba’zan undan ham ortiq bo’lishi mumkin.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning (рН) reaktsiyasi ishqoriy. Karbonatlar asosan tuproqning yuqori gorizontlarida to’planib, uncha chuqur bo’lmagan qatlamida gips saqlanadi, gipsli jinslarda paydo bo’lgan sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda gips tuproq profilini 40-50 sm da ko’p miqdorda (29-38 foizgacha) bo’ladi. Bu tuproqlarda xloridli-sulfatli sho’rlanish xarakterlidir.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin