13.3.Botqoq - o’tloqi va botqoq - saz tuproqlar.
Bunday tuproqlar sizot suvlari yuza joylashgan ( 1m ga) pastliklarda tarqalgan. Botqoq o’tloqli saz tuproqlar tarkibida gumusning xiyla ko’p bo’lishi, tuproqlarining kuchli mergellanganligi va sho’xli qatlamlarining yaxshi ifodalanishi, sho’rlangan tuproq ayirmalarida esa arzik uchrashi bilan allyuvial tuproqlardan farq qiladi. Bu tuproqlarning ko’pchilik qismi sug’oriladi. Ko’pgina maydonlariga sholi ekiladi.Botqoq tuproqlar sizot suvlari yarim metr chuqurlikka yetgan juda pastlik joylarni tashkil etadi. Bular orasida gleyli - botqoq tuproqlar ko’proq bo’lib, torf-gleyli-botqoq tuproqlar va sel oqindilari bilan qoplangan torfli yerlar xam uchraydi.
Botqoq-o’tloqli tuproqlar xam tarkibidagi gumus miqdoriga qarab, to’q tusli va och tusli tuproqlarga bo’linadi.
To’q tusli botqoq o’tloq tuproqlarda gumus miqdori 3-8%, och tusli botqoq o’tloqli tuproqlarda esa 1,5-3% atrofida bo’ladi (25-jadval ).
Bu tuproqlar azot (0,45%gacha) va fosforga (0,17-0,22 foiz) boy. Pastga qarab karbonatlar miqdori orta boradi.Sizot suvlari yuvib (eritib) o’tgan pastki qatlamlarda karbonatlar eng ko’p bo’ladi.
34-jadval
Botqoq-o’tloq saz tuproqlarning kimyoviy va agroximik tarkibi, foiz.
Tuproqni va namuna olgan joyni nomi
|
CHuqurligi, sm
|
Gumus
|
Azot
|
Fosfor
|
Karbonatlardagi SO 2
|
To’q
|
0-20
|
3,92
|
0,215
|
0,132
|
9,25
|
tusli botqoq-o’tloqi tuproq
|
25-35
|
2,18
|
0,136
|
0,150
|
9,67
|
Toshkent viloyati
|
35-45
|
0,92
|
0,076
|
0,140
|
8,95
|
|
65-75
|
1,38
|
-
|
-
|
9,10
|
To’q tusli botqoq o’tloqi tuproq, quruq yer
|
0-15
30-30
|
8,82
7,05
|
0,590
0,488
|
0,15
0,14
|
Aniqlanmagan
---“—
|
Och tusli botqoq-o’tloqi tuproq
|
35-45
52-62
|
1,01
2,65
|
0,116
0,293
|
0,12
0,16
|
---“---
|
Toshkent viloyati
|
0-18
50-60
|
2,18
0,89
|
0,125
0,082
|
0,222
0,152
|
8,50
10,01
|
|
70-80
|
0,63
|
0,058
|
0,103
|
11,10
|
Mergellashgan shox qatlami botqoq-o’tloqli va o’tloqli saz tuproqlarning fizikaviy xossalari nixoyatda yomon bo’ladi. SHox qatlamlarning xajmiy og’iriligi yuqori (2,13 g/sm3) umumiy g’ovakligi 13%ga tushadi. Umuman, bu tuproqlarning pastki qatlamlari ancha zichlashgan (26-jadval). G’ovakligi 29-30%. Zovurlar qazilib meliorativ xolati yaxshilangandagina bu tuproqlarga chigit ekish mumkin. YOyilmalarning chekkalaridagi sho’rlangan tuproqning ayirmalarini yuvish kerak.Botqoq tuproqlar orallar kabi uchraydi. Ularda gumus miqdori kam (1,2-2,5%).Bunday tuproqli yerlarning ko’p qismiga sholi ekib foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |