Allyuvial botqoq-tuproqlar Botqoq tuproqlar qayir va qayir usti terrasalaridagi pastliklarda, ayniqsa, daryo deltalarining tepaliklari oralig’idagi chuqurliklarda xamda dengiz bo’yidagi mavsumiy suv bosib turadigan yerlarda ancha keng tarqalgan. Bu tuproqlar suv to’plangan yangi cho’kindilarda tarkib topadi va sizot suvlarning yuza ( 1 m va undan yuqori) joylanishi bilan farq qiladi. Suv bosgan yerlar qurigandan keyin dastlab qo’g’a, so’ngra esa qamish va qiyoqlar o’sadi.
YAngi paydo bo’lgan botqoq tuproqlarning yuqori qatlamlari och ko’kimtir-kul rang bo’ladi va chala chirigan o’simlik qoldiqlari ko’p uchraydi. Bu tuproqlarda gumus bir tekisda taqsimlanmagan. Bu tuproqlar uzoq vaqt davomida botqoqlanganidan ularning ustini o’simliklarning yer osti massasi va ildizlaridan iborat chala chirigan torflangan massa qoplab oladi. Undan quyida vodorod sulfid xidli ko’kimtir gleyli qatlam boshlanadi.
YAngi paydo bo’lgan botqoq tuproqlarda 1 % ga gumus 0,04-0,06% azot bor. Ko’milgan qatlamlarda ba’zan 1,5% va undan xam ko’p (3-4%) gumus uchraydi. рН miqdori 8 atrofida, singdirish sig’imi kattaroq (100g tuproqda 13 mg/ekv.).
Singdirilgan asoslar tarkibida kaltsiy ko’p - 8-13%, magniy 1,5-2,5% ni tashkil etadi. Tuproq singdirilgan kaliyga anchagina boy.Botqoq tuproqlari tez-tez suv bosib turganligidan va ular murakkab melioratsiyani talab qilganidan sug’oriladigan dexqonchilikda foydalanilmaydi.
13.2.Bo’z tuproqlar mintaqasining gidromorf tuproqlari Bo’z tuproqli mintaqada gidromorf qayir-allyuvial, chimli o’tloqli, botqoq-o’tloqli va botqoq tuproqlar daryolarning quyi terrasalarida, yoyilmalarning chekkalarida, yoyilmalar orasidagi pastliklarda va tog’ ostidagi qiyaliklarning quyi qismlarida keng maydonlarni egallaydi.
Och tusli bo’z tuproqlar joylashgan yerlarda ular ko’pincha sho’rlangan, tipik va to’q tusli bo’z tuproqlar tarqalgan xududlarda sug’oriladigan dexqonchilik rivojlangan. Bu mintaqadagi barcha gidromorf tuproqlarning o’ziga xos xususiyati shuki, ular cho’l mintaqasidagi gidromorf tuproqlarga nisbatan barqaror namlanish rejimiga ega. Bo’z tuproqli mintaqada sizot suvlarining satxi mavsum davomida keskin o’zgarmaydi, shunga ko’ra tuproqning namlik rejimi kam o’zgaradi. YOzning u qadar issiq emasligi, qish-baxor oylarida yog’in-sochinning ko’p bo’lishidan o’simliklar yaxshi rivojlanadi.
Qayir-allyuvial o’tloqli tuproqlar daryolarning qayirlarida va toshqin vaqtida suv bosadigan yerlarda uncha katta bo’lmagan maydonlarni egallaydi. Bu tuproqlar xam, cho’l mintaqasidagi qayir-allyuvial tuproqlar kabi, asosan yengil mexanik tarkibli qatlamli cho’kindilarda rivojlangan. Morfologik tuzilishi, kimyoviy va fizikaviy xossalariga ko’ra, bu tuproqlar cho’l mintaqasidagi shunday tuproqlardan keskin farq qilmaydi.