Тупроқшунослик асослари


Allyuvial chimli-o’tloq tuproqlar



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə91/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Allyuvial chimli-o’tloq tuproqlar
CHo’l mintaqasida bunday tuproqlar O’zbekistonning Amudaryo va Sirdaryo deltalarida, ularning o’rta oqimidagi quyi terrasalarida, Zarafshon, Surxandaryo daryolarining etaklarida katta maydonni egallaydi. Bu yerlarda sug’oriladigan dexqonchilik rivojlangan. CHimli-o’tloqi tuproqlarda mexanik tarkibi turlicha bo’lgan qatlamli allyuvial cho’kindilar paydo bo’lgan.
Bu cho’kindilarning ustki qismi ko’pincha mayda zarrachali, pasti esa qumdan yoki qum bilan qumloq tashkil etgan qatlamli yotqiziqlardan iborat. Sizot suvlar satxi 1-3 m chuqurlikda bo’lib, ularning minerallashish darajasi daryo va uning tarmoqlaridan uzoqlashgan sari orta boradi.
O’simliklari qalin o’sadigan o’tloq o’tlaridan iborat bo’lib, zich chim xosil qiladi. Ularning turi va rivojlanishi namlanish va sho’rlanish sharoitiga bog’liq. Kuchsiz sho’rlangan yerlarda: shirin ajriq, ro’vak, qizilmiya, savag’ich cho’p; sho’rroq yerlarda: ajriq bilan aralash xar xil galofitlar, yulg’un va boshqalar o’sadi. Sizot suvlarning yuza joylashishi tufayli tuproq yuqori darajada namlanganda anaerob jarayon xukmron bo’ladi. YOzda tuproq yuzasi quriganda aerob jarayon boshlanadi. Bu esa cho’l mintaqasidagi chimli-o’tloqi tuproq paydo bo’lish jarayonining o’ziga xos xususiyatini ko’rsatadi va gumus qatlamining anchagina qalin bo’lishiga qaramay, gumus miqdorining ko’pligini belgilaydi. Davriy ravishda suv bosib turadigan o’tloqli tuproqlarda zang va ko’kimtir (zangori) dog’lardan iborat botqoqlanish alomatlari mavjuddir.
Keltirilgan ma’lumotlarning ko’rsatishicha (31-jadval) allyuvial chimli-o’tloqli tuproqlarda gumus 1-3% miqdorida. SHo’rlangan, shuningdek mexanik tarkibi yengil xamda sizot suvlari chuqurda joylashgan tuproqlarda gumus kamroq bo’ladi. Azotning miqdori yuqori qatlamlarda anchagina ko’p (0,12-0,15%) pastga tomon u keskin kamayadi.
Allyuvial chimli-o’tloqli tuproqlar deyarli xamma joyda ma’lum darajada sho’rlangan. Mavsumiy suv bosib turadigan tuproqlar odatda kamroq sho’rlangan bo’ladi.
Toshqin bo’lib turadigan yerlarning sho’ri yuviladi, lekin toshqin to’xtagandan keyin tuproqlarning yuqori qatlamlarida birinchi yilda yana xloridlar, so’ngra esa sulfatlar to’planadi. O’tloqi tuproqlarda gips kam. Voxalar chekkasidagi va ichkarisidagi chimli o’tloqi tuproqlar voxalardan uzoqdagi chimli o’tloqi tuproqlarga qaraganda kuchlirok sho’rlangan. Buning sababi sug’oriladigan yerlardan tuzlarning sug’orish va yuvish natijasida sug’orilmaydigan yerlarga surib chiqarilishidir.
O’tloqli tuproqlar gumusli yuqori qatlami singdirish sig’imining kattaligi bilan cho’l mintaqasidagi tuproqlar va bo’z tuproqlardan farq qiladi. Singdirilgan kationlar tarkibida kaltsiy eng ko’p uchraydi. CHo’l mintaqasidagi o’tloqli tuproqlarda sho’rtoblanish alomati ko’rinmaydi. Singdirilgan kaliy miqdori ko’p. CHo’l mintaqasidagi allyuvial chimli-o’tloqi tuproqlarning gumusi, tarkibi bo’z tuproqlarnikiga qaraganda yaxshiroq. CHunonchi 0,25 mm dan katta shakldagi agregatlar miqdori 25 foizga yetadi.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin