Тупроқшунослик асослари


CHo’l mintaqasining gidromorf tuproqlari



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə89/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

CHo’l mintaqasining gidromorf tuproqlari
CHo’l mintaqasidagi gidromorf tuproqlar daryo vodiylari va deltalarida katta maydonni egallab, ularning ko’pchilik qismi allyuvial namlik rejimidagi tuproqlardir. Zarafshon daryosining yoyilmalarida saz rejimdagi tuproqlar tarqalagan.
Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolarining vodiylari va deltalarida, anchagina maydonda gidromorf tuproqlar uchraydi: qayir-allyuvial; o’tloqi, allyuvial to’qay chimli allyuvial-o’tloqi, botqoq-o’tloqi, o’tloqli-botqoq, sho’rxokli-botqoq tuproqlar va sho’rxokli cho’l mintaqasida eng ko’p tarqalgan gidromorf tuproqlardir.
CHo’l mintaqasidagi gidromorf tuproqlarning o’ziga xos xususiyati gumusining kamligi va sho’rlanganligidir. Daryo vodiylaridagi va deltalaridagi o’tloqi, botqoq-o’tloqi va qisman botqoq tuproqli yerlardan sug’orib dexqonchilik qilishda foydalaniladi.
Soxil (qayir) allyuvial tuproqlar
Bu tuproqlar yil sayin yoki davriy ravishda suvi toshib turadigan daryo yoqalarida, daryodan uzoqda joylashgan, lekin u bilan tarmoqchalar orqali birlashgan pastliklarda va daryo toshqinida suv bosadigan yerlarda kichikroq maydonlarni egallaydi. Toshqin suvlari juda loyqa bo’lganidan qayiрНi suv bosganda suv oqimining tezligiga qarab, turli mexanik tarkibli allyuviy yetqiziladi. SHuning uchun allyuvial tuproqlar qatlamli bo’lib, bu qatlamlar qumdan tortib sozgacha bo’lgan turli mexanik tarkibga ega. Suv toshqini qaytganidan keyin yangi keltirilmalar betini ( tutash chim xosil qilmagan xolda) o’simliklar va qiyoq qoplaydi, qayta suv toshqini bo’lganda o’simlik qoldiqlari allyuviy yotqiziqlari tagida qoladi. SHuning uchun cho’kindilar orasida o’simliklar poyasining chala chirigan qoldiqlari ko’p uchraydi. Tuproq profili genetik qatlamlarga aniq ajralmagan va tuzilmasizdir. Karbonatli va gipsli qatlamlari bo’lmaydi.
Balandroq joylarning tuproqlarini mexanik tarkibining yengilligi, gumusining kamligi va serkarbonatligi bilan pastlik joylarning tuproqlaridan farq qiladi. Bu tuproqlarda kaliy bilan fosfor uncha ko’p emas. ( jadval-21).
Bugungi kunda Dunyo bo’yicha yer resurslarini ximoya qilish, ularni qayta tiklash va unumdorligini oshirishga butun jaxon xamjamiyati jalb etilmoqda . Tabiatni muxofazasi deyilganda insoniyatning xozirgi vaqtda yashayotgan vakillari va kelgusi avlodlarning moddiy va madaniy extiyojlarini qondirish, insoniyat jamiyatning mavjud bo’lishi uchun qulay shart- sharoit yaratish maqsadida tabiat boyliklari dan oqilona foydalanishi, ularni tiklash va saqlash, atrof- muxitni buzilish va ifloslanishdan muxofaza qilish borasida davlat tomonidan belgilangan ishlar xamda ijtimoiy tadbirlarini rejali tizimi tushuniladi.17
CHo’l iqlimli sharoitidagi gidromorf tuproqlarning sizot suvlari kuchsiz minerallashgan (0,5-1,2 g/l) bo’lishiga qaramasdan, yuzada joylashganligi sababli ko’pincha ular kuchsiz sho’rlangan bo’ladi.
Tuzlarning asosiy qismi ustki yupqa qatlamda va tuproq betida bo’lib, ularning ko’pchiligini natriy xlorid tuzi tashkil etadi.Sizot suvi chuchuk bo’lgani xolda yeрНi sho’r bosishi cho’llardagi suvning nixoyatda ko’p bug’lanishi bilan bog’liq. Toshqin vaqtida suv bosishi bilan tuproq ancha chuqur yuviladi va grunt suvlari chuchuq bo’lib qoladi. Pastliklardagi tuproqlar ayniqsa kuchli yuviladi. CHunki bunday yerlar 15-30 kungacha xalqob bo’lib yotadi, deltalarning suv bosmaydigan yoki qisqa vaqt davomida suv bosadigan balandroq qismlari kam yuviladi. Bunday yerlar atrofidagi pastliklardan suvni shimib oladi va juda ko’p miqdorda bug’latadi. SHuning uchun bunday yerlarning tuprog’i juda sho’rlangan bo’lib, ko’pincha ular sho’rxokka aylanadi. Tuzlar tarkibida xloridlar eng ko’p uchraydi.
qayir allyuvial tuproqli yerlardan poliz ekinlari, mosh, jo’xori va sholi kabi ekinlar ekib foydalanish mumkin.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin