31-jadval
Allyuvial chimli-o’tloqi tuproqning kimyoviy tarkibi
Tuproq va joyni nomi
|
CHuqurligi,
sm.
|
Gumus, %
|
Azot, %
|
СО2 karbonatlar, %
|
Allyuvial
|
0-13
|
1,03
|
-
|
9,50
|
chimli-o’tloqli tuproq,
|
13-28
|
0,35
|
-
|
9,41
|
Amudaryo etagining o’ng soxili
|
49-68
|
0,49
|
|
9,91
|
Allyuvial
chimli-o’tloq tuproq,
|
0-6
|
2,99
|
0,146
|
6,30
|
6-14
|
1,99
|
0,071
|
7,84
|
14-28
|
0,51
|
0,017
|
8,83
|
Amudaryo o’ng soxili
|
28-50
|
0,34
|
0,009
|
8,22
|
SHo’rlanish kuchaygan sari suvga chidamli agregatlar miqdori 1,5-2 marta kamayadi. O’tloqli tuproqlarda mikroagregatlar ko’p. Bu tuproqlar suvni yaxshi o’tkazadi. SHuningdek nam sig’imi xam kattaroq.
Sug’oriladigan o’tloqi tuproqlar
CHo’l mintaqasida sug’oriladigan o’tloqi tuproqlar Xorazm va CHimboy voxalarining xammasida, Amudaryoning o’rta oqimi vodiysida, Buxoro va qorako’l voxalari doirasida, Zarafshon etagida shuningdek Sirdaryoning qadimgi va xozirgi deltasida anchagina maydonni egallaydi.
Uzoq vaqtdan beri sug’orib, dexqonchilik qilingan yerlar betidagi yotqiziqlar relefini, tuproqlarning morfologik tuzilishi, kimyoviy va fizikaviy xossalari xamda unumdorligini jiddiy o’zgartirib yuborgan.
Tarixiy-arxeologik ma’lumotlarga qaraganda Amurdaryo deltasi va vodiysida (Xorazm va Buxoro voxasida) sug’orib dexqonchilik qilish bundan 1,5-2 ming yil ilgari xam bo’lgan. Uzoq vaqt davomida sug’orish agroirrigatsion qatlamlarning vujudga kelishiga yordam beradi va bunday qatlamlar qadimdan sug’orilib kelinayotgan o’tloqi tuproqlarda bo’z tuproqlardagiga qaraganda anchagina qalin bo’ladi. Masalan, Buxoro, Xorazm voxalarida bu qatlamlarning qalinligi 2-3 m ga yetadi. Irrigatsion cho’kindilarning to’planishi, tuproqqa maxaliy o’g’itlar solish va yeрНi tekislash natijasida relef o’zgaradi. Masalan, daryo terrasalaridagi dastlabki qator tepali o’r-qir yerlarda sun’iy terrasalar vujudga keltirilgan. Sug’orish va agroirrigatsion keltirilmalarning to’planishi natijasida allyuvial-o’tloqi tuproqlarning mexanik tarkibining xilma-xilligi kamayadi. Agroirrigatsion qatlamlar odatda boshdan-oyoq og’ir va o’rtacha qumoq mexanik tarkibli bo’ladi. YAqindan beri sug’orilayotgan yerlardagi o’tloqi tuproqlar qatlamining morfologik tuzilishi, ishlov beriladigan yuqori qatlamini mustasno qilganda, tub o’zgarishlarga uchramaydi.
Qadimdan sug’orilib kelinayotgan o’tloqli tuproqlarning genetik qatlamlari yaxshi ajralib turmasligi bilan qo’riq xolatdagi tuproqlardan farq qiladi. xaydalma qatlami 20-25 sm qalinlikda bo’lib, och kul rang, uvoqli-changsimon tuzilmali sug’oriladigan yerlar keyin ko’pincha qatqaloq xosil qiladi. xaydalma tagi va undan pastdagi qatlamlar o’zining rangiga ko’ra xaydalma qatlamdan kam farq qiladi. Ba’zan xaydalma tagi qatlam zichlashgan bo’ladi. Pastga tomon ko’kimtir (zangori) va zangli dog’lar paydo bo’ladi.
Bu allyuvial voxa-o’tloq tuproqlarda gumus kam (1,20-1,30%) saz voxa o’tloqli tuproqlarda gumus miqdori 1,46-1,68 foiz, azot miqdori xam birmuncha ko’proq va butun qatlam bo’ylab biroz tekisrok taqsimlangan. Azot miqdori 0,064-0,139 foiz atrofida, fosfor ancha ko’p, lekin u o’simliklar kam o’zlashtira oladigan xolda (32-jadval). Tuproqda karbonatlar ko’p, ular butun qatlamlarda deyarli bir tekisda taqsimlangan.
Dostları ilə paylaş: |