30-jadval
Soxil-allyuvial tuproqlarning kimyoviy va agrokimyoviy ko’rsatkichlari.
Tuproq va namuna olingan joyni nomi
|
CHuqur-ligi, sm
|
Gumus, %
|
Azot, %
|
S:N
|
Fosfor
|
Umumiy kaliy, %
|
umumiy, %
|
xarakat-chan, mg/kg
|
Soxil-allyuvial o’tloqli tuproq, Amudaryoning quyi oqimi
|
0-4
4-15
15-30
75-100
100-140
|
0,30
0,33
0,35
0,67
0,27
|
0,028
0,027
0,034
0,057
0,044
|
6,0
7,0
5,8
6,8
3,6
|
0,089
0,107
0,118
-
-
|
-
-
-
-
-
|
1,54
1,47
1,90
-
-
|
Soxil-allyuvial o’tloq tuproq, relefi pastkam yerda joylashgan.
|
0-15
15-45
45-75
|
1,62
0,66
0,71
|
0,1260,0670,088
|
7,4
5,6
4,6
|
0,122
0,119
0,121
|
13,0
4,5
7,3
|
1,87
1,94
1,88
|
Soxil-allyuvial botqoq tuproq, Amudaryoning quyi oqimi
|
0-3
3-8
8-28
|
3,23
2,67
1,05
|
0,395
0,168
0,115
|
10,6
9,1
5,1
|
0,134
0,099
0,096
|
6,1
4,8
-“-
|
1,86
2,55
1,40
|
Allyuvial o’tloqli to’qay tuproqlar
Bu tuproqlarning mexanik tarkibi yengil bo’lgan cho’kindilar bilan qoplangan, suv bosmaydigan yoki qisqa vaqt davomida toshqin suvi bosadigan o’zan bo’y balandliklarida va daraxtlar, buta o’simliklari xamda o’tlar o’sadigan to’qaylarda tarqalgan. To’qay daraxtlari ko’pincha daryo bo’yi marzalarida, baland orollarda va daryo tirsaklarida uchraydi. Bu yerlarning tuprog’i o’tloqli to’qay-allyuvial tuproqlar bo’lib, ona jinsi yengil mexanik tarkibli yotqiziqlar - qum aralash changli qumoqlar, qumoq va qumdan iborat. CHo’kindilarning tagida odatda 1-1,5 m chuqurlikda yirik qumlar yotadi. Sizot suvi 1 m chuqurlikda joylashgan.
Bunday yerlarda tol, turang’i, jiyda; o’tlardan: shirin ajriq, ro’vak, qizilmiya, savagich va boshqalar, sho’rlangan yerlarda oqbosh kermak va xar xil sho’ralar o’sadi. O’tloqi to’qay tuproqlar betini yupqa o’rmon to’shamasi qoplagan. A qatlam-qo’ng’ir kulrang bo’lib, g’ovak chim xosil qiladigan ko’pdan-ko’p ildizlarga ega, tuzilishi u qadar chidamli emas. V qatlam- och tusda, zangli va ko’kimtir (zangori) dog’lar ko’rinishidagi botqoqlanish alomatlariga ega. Undan pastda mexanik tarkibi yengil bo’lgan qatlamli cho’kindilar yotadi. Tuproqlarning mexanik tarkibi yengil bo’lganidan suv bosganda yuzaga keladigan anaerob sharoit o’рНiga, suv qaytganidan keyin aerob muxit vujudga keladi. Bu organik qoldiqlarning tez minerallashishiga yordam beradi. SHuning uchun o’tloqli-to’qay tuproqlarda gumus va azot kam. СО2 karbonatlar 7-11% atrofida bo’ladi. Bu tuproqlarda ko’zga ko’rinib turadigan karbonatli gorizont yo’q.
Bu tuproqning singdirish sig’imi katta emas (100 g tuproqda 5-6 mg/ekv), mexanik tarkibiga ko’ra o’zgarib turadi. Singdirilgan asoslar tarkibida Sa va Mg eng ko’p uchraydi
O’tloqli-to’qay tuproqlarning kuchli sho’rlanmaganligi-sizot suvlarning chuchuk bo’lishi, tuproqning daraxtlar soyasida bo’lganligi natijasidir. To’qay daraxtlarini kesib yubormasdan, balki xosildor daraxt navlarini o’tkazib ularni ko’paytirish va yong’indan saqlash lozim.
Dostları ilə paylaş: |