Tuproq qoplamining holati. Eroziya va deflyatsiya jarayonlarining borishida tuproq sharoitlari, uning asosiy xossalari, nam ushlash darajasi va tuproqning gumusli qatlam qalinligi muhim ahamiyatga ega (Maxsudov, Gafurova, 2012).
Respublikamiz xududining tabiiy sharoitlari o’zgaruvchan bo’lganligi sababli tuproq ham xilma-xildir. Hududimiz tuprog’ini quyidagi tuproq mintaqalariga ajratish mumkin:
CHo’l mintaqasi tuproqlari
Pasttekislik va daryo vohalarining gidromorf tuproqlari va sho’rxoklar
Tog’ etagi prolyuvial va tog’ oldi bo’z tuproqlari
O’rta va past tog’ tuproqlari
Baland tog’ mintaqasi tuprog’i.
Tuproq eroziyasini keltirib chiqaruvchi omillar va unga qarshi tadbirlar. Insonning noto’g’ri tashkil etilgan turli hil faoliyati ta’siri ostida tuproq qatlami yemiriladi va bug’lanadi. Eroziya tuproqqa mana shunday ta’sir o’tkazilishining g’oyat keng tarqalgan va halokatli oqibatidir.
Tuproqni eroziyadan saqlash mvammosi dunyoning arid iqlimi mintaqasida joylashgan ko’pgina mamlakatlar uchun, shu jumladan O’zbekiston hududi uchun ham dolzarb mvammodir. CHunonchi, respublikada eroziyaga uchragan yer maydonlari 1772,3 ming gektaрНi yoki haydaladigan yerlar umumiy maydonining 40% tashkil etadi. SHulardan 721,9 ming gektari irrigatsiya eroziyasiga /X.M.Maxsudov, 1989/, salkam 50 ming gektari jarlik eroziyasiga /A.Nig’matov, 1988/, 700,4 ming gektari lalmi eroziyasiga /X.M.Maxsudov, 1989/ va 300 ming gektari shamol eroziyasiga duchor bo’lgan /K.M.Mirzajonov, 1976/.
Eroziyaga uchragan yerlarda dehqonchilik madaniyati darajasini yuksaltirish ularni eroziyadan, paxta yakka hokimligining ta’siridan keyin tuproq unumsizlashidan himoya qilish qishloq xo’jalik ekinlari hosilini tubdan ko’paytirish va barqarorlashtirishning eng arzon hamda samarali yo’li hisoblanadi.
Tuproq eroziyasi tarixida qishloq xo’jaligini jadal rivojlanishi natijasida yerlarni unumdorligi holatini saqlab qolishi va yuqori hosil olish YAqin SHarq Mesopatamiyada, Gretsiya, Rim va boshqa mintaqalarda (Bennet yilda) aniqlanganligi keltirilgan.AQSHda Hammond Bennett asarlarida “Ota tuproqni saqlash” deb nomlangan asarida eroziya jarayonlaridan saqlash keng ochyaib berilgan. Bundan tashqari Troeh va boshqalar. (2004) eroziya jarayonlarini ilmiy jixatdan sodir bo’lishini muhofaza qilish juda muhim ekanligini o’z asarlarida keltirgan. SHuningdek dunyo bo’ylab eroziya jarayonlariga qarshi kurash, tuproq unumdorlik samaradorligini oshirish ekologik toza maxsulotlarni yaratish xozirgi kunning bosh strategiyasidir. Tuproqni eroziyadan va suvni ifloslanishidan saqlash, turli nomenklaturalar va stavkalar qo’yida keltirilgan olimlar tomonidan ajratilib o’rganilgan ( Blanco, F. and R. Lal. Principles of soil conservation and management. Springer. 2008. 5-6b.)
Sug’oriladigan dehqonchilikda asosan irrigatsion eroziya rivojlangan yerlarning meliorativ holati to’g’risida gapirsak, demak ular rivojlangan hududlar asosan past-baland relefli, har xil nishabli qiyaliklarga ega bo’lgan tog’li va tog’ oldi hududlarda ham eroziyaga uchragan, o’rtacha eroziyala uchragan va kuchli eroziyaga uchragan tuproqlarga ajratiladilar, qiyaliklar pastida yuvilmali tuproqlar paydo bo’ladi – bu tuproqlar tepadan yuvilib tushgan melkozem zarrachalaridan paydo bo’ladi.
Irrigatsion eroziyaga uchragan tuproqlarda sug’orish ishlari alohida usulda bo’lishi zarur. Bu yerlarda kam miqdorda suv bilan tez-tez sug’orib turish, egatlar imkoniyati boricha kam qiyalik qilinib olish. Solinadigan mineral o’g’itlar miqdori 25-30 % ko’p bo’lishi,
Siderat ekinlarni ekish, bedazorlarni haydash, go’ng va boshqa organik o’g’itlar solish, g’o’zapoyani maydalab solish, xlorella ko’llash va boshqa tadbirlar qilish zarur.