36-rasm. Tuproq eroziyasini keltirib chiqa ruvchi omillar
37-rasm. Tuproqlarning shamol va suv natijasida yemirilishi
Nazorat savollari Eroziya so’zi qanday ma’noni anglatadi?
Eroziya turlarini ayting?
Eroziyalangan tuproqlarni yaxshilash chora tadbirlarini ayting.
15-MAVZU: Tuproq bonitirovkasi va yerlarni iqtisodiy baholash. Reja 1. yerlarni unumdorligi bo’yicha baholash 2. Tuproqlarni iqtisodiy baholash haqida tushuncha. 4.Tuproqlarni unumdorligi bo’yicha baholash
15.1. yerlarni unumdorligi bo’yicha baholash Respublikamizning yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, qishloq xo’jaligi ekinlari hosilini aniqroq rejalashtirish yerlarni har tomnlama sifatli baholashni taqozo etadi. Tuproq unumdorligini belgilovchi xususiyatlarga qarab yeрНi sifat jihatidan aniq baholash usullarndan biri uni unumdorligi bo’yicha baholash (bonitirovka qilish), yani yeрНing eng muhim, agronomik xususiyatlariga ko’ra unga ball bilan nisbatan solishtirma baho qo’yish bo’lib, bu fermer kadastrda muhim o’rin tutadi.
Unumdorlik bo’yicha baholash - agrotexnikannng va dexkonchilikni intensivlashning o’rtacha darajasnda tuproqning sifatiga hamda unumdorlik xususiyatiga nisbatan baho berish demakdir. Unumdorlik bo’yicha baholash mvayyan yerdagi qishloq xo’jaliklari ekinlarining talablari hisobga olingan xolda o’tkaziladi.Unumdorligini pasaytiruvchi-tuman xususiyatlarga ega bo’lgan har xil tuproqlarni baholashda tegishli dasaytirish koeffitsiyentlar qo’llaniladi.
Tuproq unmdorligini belgilovchi hamma xususiyatlarini eng muhim omillaridan biri uning mexanik tarkibidir, yengil va o’rtacha qumoq tuproqlar eng yaxshi tuproqlar hisoblanadi. Bunday tuproqlarni ishlash ham oson, ular juda yaxshi suv - fizikaviy xossalarga ham ega. Sug’oriladigan yeрНing sifatini mayda tosh - shag’al aralashgan bo’lsa buzadi, unga mexanizatsiyalashtirilgan ishlov berish qiyinlashadi, qo’lmehnati ko’payadi, tuproqning suv xossalarn yomonlashdn, uning aktiv massasi hajmi kichrayadi.
Tuproqning sifatini buzadigan, unumdorligini pasaytiradigan omillardan yana biri - suv eroziyasidir. Eroziyaga uchrash darajasiga qarab, tuproq bonitetini tabaqalashtiriladi.