Xozirgi vaqtda dexqonchilik soxasi va olimlar orasidagi nazariy va amaliy jixatdan tuproq unumdorligining saqlash va oshirish masalasi murakkab va dolzarb vazifa xisoblanadi.biroq dunyo bo’yicha tuproqlarning degumifikatsiya jarayonining ortish tendentsiyasi kuzatilmoqda. SHu bois, xozirgi tuproqshunoslik soxasidagi fanlar mazkur mvammoning ilmiy jixatdan o’rganishga va yechimini topishga asosiy e’tiborini qaratish lozim. Tuproq degumifikatsiyasi- tuproq gumusining turli omil va ta’sirlar orqali yo’qotilishidir. Tuproq gumusi tabiiy tuproq paydo bo’lish jarayonida vujudga kelsa, asosiy xolda dexqonchilikda turli tadbirlarning qo’llanillishi orqali oshirib boriladi. Tuproqning gumus bilan ta’minlanishining asosiy xolda dexqonchilikda turli tadbirlarning qo’llanilashi orqali oshirib boriladi. Tuproqning gumus bilan ta’minlanishining eng yaxshi usuli almashlab ekishni to’g’ri va ilmiy tarzda qo’llash, sideral ekinlar ekish ,organik va mineral o’g’itlarni me’er darajada qo’llash xisoblanadi. CHo’l mintaqalari kabi xududlarda organik o’g’itlarning yetishmasligi natijasida tuproqlarning 30% gacha gumus miqdori kamayishi kuzatiladi. Gumusning yo’qotilishi tuproqlarning yomonlashuvini keltirib chiqaradi.21 16.2. Tuproqlarni xaritalashda geografik axborot tizimlarini (GAT) qo’llashni o’rganish Geografik axborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan atamasi - GAT ishlatiladi) XX asрНing 60-yillaridan boshlab rivojlana boshlagan, lekin bu tizimning keng rivojlanishi 90-yillarga to’g’ri keladi. Bunga sabab shu keyingi 20 yil ichida kompyuter texnologiyasining ancha rivojlanishi bo’ldi. Kartalar yaratishning "Qog’ozli" deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir qatorda geografik axborot tizimidan foydalangan holda kartalar yaratishning kompyuterli texnologiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Oddiy qilib aytganda, GATga tabiat va jamiyat ob’ektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, er, suv resurslari va boshqa kartografik axborotni yig’ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, taxlil qilish, yana qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparatlashgan dasturli kompleks, deb ta’rif bersa bo’ladi.
Barcha GATlarda ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, xotirada saqlash, yangilash, taxlil qilish va ma’lumotlarni kompyuterda yoki etarli darajada tasvir xususiyatini qayta ishlay oladigan maxsus dasturda texnik vositalar orqali ushbu jarayonlarni bajarish usullari e’tiborga olingan. Demak, GAT — turli usullar bilan to’plangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma’lumotlar bazasiga tayangan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi.
Hozirgi paytda foydalanish sohalarining kengligi jixatidan GATning tengi yo’q - u navigastiya, transport, qurilish, geologiya, harbiy ishlar, iqtisodiyot, ekologiya va boshqa sohalarda keng qo’llanilmoqda. Geografik axborot tizimlari er tuzishda, turli tizim kadastrlarida, kartografiyada va geodeziyada keng qo’llanilmoqda, chunki katta hajmdagi statistik, fazoviy, matnli, grafikli va boshqa ko’rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tasvirlashni GAT tizimisiz mumkin emas.
Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko’plab GATlar ishlatiladi, lekin ular orasida shaxsiy GATlar keng tarqalgan. Jumladan, ularga GeoDraw, GeoGraph (Rossiya Geografiya instituti), AtlasGis, Wingis, ArcInfo, MapInfo (AQSH) va boshqa dasturlarni misol keltirish mumkin.
Umuman olganda kartalar yaratishning GAT-texnologiyasini quyidagicha tasavvur qilsa bo’ladi:
1. Tayyorgarlik ishlari. Elektron taxeometrlar va GRS asboblaridan, tasvirlarni qayta ishlash vositalaridan, izlanishlar raqamli ma’lumotlaridan, avtorlik originallardan, mavjud fond kartalari va boshqalardan dastlabki ma’lumotlarni to’plash. Kartografik va fond materiallarini, rastrli tasvirlarni bir xil masshtabga keltirish, so’ngra ularni kompyuter xotirasiga joylash.
2. YAratilayotgan kartaning mavzuli qatlamlarini, ularga tegishli jadvallarni ishlab chiqish va ularni taxlil qilish. Ma’lumotlar bazasini yaratish. Ob’ektlar tasnifi mavjud jadvallar (atributlar) va matn ma’lumotlarni EHM xotirasiga kiritish. SHartli belgilar tizimini ishlab chiqish.
3. Kartaning mavzuli qatlamlarini muvofiqlash, kartografik tasviрНi hosil qilish va ularni taxrir qilish. Kartaning komponovkasini ishlab chiqish va uni nashrga tayyorlash. Kartani nashr qilish.