Nazorat savollari
Bonitirovka shakalasi
Qishloq xo’jalik ekinlarining bonitirovka bahosi
Bonitirovkani pasaytiruvchi koeffitsiyentlar
16-MAVZU: TUPROQ XARITALARI VA ULARDAN QISHLOQ XO’JALIGIDA FOYDALANISH. TUPROQ XARITALARIDA GAT TEXNOLOGIYALARINI QO’LLASHNI O’RGANISH.
Reja:
Tuproq xaritalari xaqida tushuncha.
Tuproqlarni xaritalashda geografik axborot tizimlarini (GAT) qo’llashni o’rganish.
16.1. Tuproq xaritalari xaqida tushuncha
Tuproqshunoslikda xaritalardan: tuproq xaritasi, bonitirovka xaritasi, iqlim xaritasi, xaritogrammalardan: sho’rlanish xaritogrammasi, agrokimyoviy xaritogrammalar, gumus bilan ta’minlanganlik xaritogrammasidan keng foydalaniladi.
Tuproq xaritasini chizish va analiz qilish uchun daladan namunalar olinadi. Xo’jaliklarda yerlardan to’g’ri va samarali foydalanish tuproq xaritalari, tuproq va agrokimyoviy xaritagrammalari asoosida olib borilishi lozim.
Tuproq xaritasi-ma’lum territoriya (xo’jalik, tuman, viloyat kabi) tuproq qoplamini ma’lum masshtabda kichraytirilgan holda qog’ozga aks ettirish demakdir.
Tuproqni xaritalashning asosiy vazifasi yer yuzasining ma’lum maydonini xaritasini tuzishdan, tuproq va tuproq hosil qilish sharoitlarini o’zaro bog’liqligini o’rganishdan, tuproq tiplari tipchalari va xillarini tarqalish qonuniyatlarini ochib berishdan iborat. Tuproqni xaritalashning asosiy usuli V.V.Dokuchaev tomonidan ishlab chiqilgan tuproq geografiyasi usulidir. Tuproqni tabiatda va laboratoriya sharoitida birgalikda o’rganish tuproq hosil bo’lishi, rivojlanishi, tarqalishi va unumdorligini aniqlash kabi juda murakkab masalalarni hal etishga yordam beradi.
Tuproqdan va o’g’itdan samaraliroq foydalanish yo’llarini to’laroq ilmiy asoslab berish uchun bajriladigan xaritaviy ishlar natijasida quyidagilar tuziladi: Tuproq xaritalari, agrotuproq rayonlashtirish xaritalari, tuproqlarni va fermer xo’jaligi yer -suvlarini sifat jihatidan baholash xaritalari, tuproqlarni agronomik ishlab chiqarish harakteristikasi va har - xil xaritanomalar (o’zgaruvchan fosfor, kaliy va x.k.) tuziladi.
Fermer va dehqon xo’jaligi tuproq xaritalari va tuproq tavsifi quyidagi ishlar uchun zarur:
Fermer va jamoa xo’jaliklarida agrotexnik, meliorativ, tuproq eroziyasiga, qarshi va boshqa tadbirlarni ishlab chiqishda hamda tuproq unumdorligini oshirishda qo’llaniladigan yangi usullarni qo’llashda.
Fermer er fondini hyasoblashda va yangn erlarni o’zlashtirishda.
Xo’jaliklar ichida yer tuzishda va almashshb ekishni to’g’ri joriy qilishda.
Tuman, viloyat, respublika tuproq xaratalarini tuzishda.
Qishloq xo’jaligini ixtisoslashtirish va rejalashtirish hamda ko’plab qishloq xo’jalik tajribalari uchun.
Bizga ma’lumki, tuproq xaritasi ma’lum masshtabda tuziladi.
Tuproq xaritalarining masshtabiga qarab guruhlarga ajratiladi:
1-umumiy tushuntiruvchi xarita. 1:2500000
2-mayda masshtabli. (mashtabdagi) 1:300000.
3-o’rta masshtabdagi. 1:300000-1:100000.
4-yirik masshtabdagi. 1:50000-10000
5-aniq xaritalar. 1:5000-1:200.
1. Umumiy tushuntiruvchi xarita 1:2500000. Tip va tipchalar beriladi (Fermer xaritalari).
2. Mayda masshtabdagi 1:300000 (Respublika, viloyat va tumanlar) bunda tuproq tiplaridan tashqari q.x. rayonlashtirilganligi, er maydonlari hisobi, qishloq xo’jalik ekinlarini rayonlashtirilganligi berilishi bilan biri qatorda tip, tipchalar va ularni aralashmalari haqida beriladi va ko’p tarqalgan tip xaqida ma’lumot beradi.
3. O’rta masshtabdagi xaritalari 1:300000 - 1:100000. Bu masshtabdagi xaritalar viloyat, tuman miqyosida tuzilib mineral o’g’itlari, meliorativ ishlarni amalga oshirishlari rejalashtirishga yordam beradi.Bu masshtabdagi xaritada tuproq tip, tipchalardan tashqari tip turlari haqida ham ma’lumot beradi. Asosan yirik masshtabdagi xaritalarni umumlashtirib tuziladi.
4. Yirik masshtabdagi xaritalar 1:50000 - 1:10000. Bu xaritalar jamoa xo’jaliklari uchun tuzilib, xo’jalik ichki ishlarini rejalashtirishda foydalaniladi, Bu masshtabdagi xarata asosida agrotexnik talablar tabaqalanadi.
5. Aniq xaritadagi 1:5000 - 1:200. Fermer xo’jaliklari va tajriba stanstiyalari, tajriba dalalari qiymati baholanadi.
Dala sharoitida tuproqlarni o’rganib xaritaga tushirish borasida bajariladigan ishlar asosan 3 davrga yoki bosqichga bo’linadi.
1. Tayyorgarchilik ishlari.
2. Dala sharoitida tuproqni o’rganish.
3. Kameral va analitik ishlar.
Tuproqni dalada o’rganish ishlarining sifati asosan oldindan bajarilgan taergarlik ishlariga bog’liq bo’ladi. Hammadan oldin joyning uning geografik holati, maydoni, o’rganish maqsad aniqlanadi. So’ngra tuproqni o’rganish ishlarini tashkil qilishga kirishiladi. Tayyorgarlik ishlari va dala sharoitida tuproqni o’rganish bosqichining asosiy vazifasi iloji boricha tekshiriladigan joy to’g’risidagi adabiyotlarni tuproq xaritaviy ma’lumotlarni o’rganib chiqish va dastur, uslubiy hamda boshqa masalalarni hal qilish, ekspedistiyani tashkil qilishni o’rganish smetasini tuzish va rejalarni hal qilish kerak. Dalada tuproqni o’rganish davrida tuproqshunosning asosiy vazifasi - tuproq hosil qiluvchi sharoitlarni, tuproqni ishlab chiqarish quroli va manbai sifatida, ulardan qishloq xo’jaligida foydalanish har tomonlama o’rganishdan va birlamchi tuproq xaritasini tuzishdan va unga tushuntirish tekstini tuzishdan iborat.
Kameral va analitik davrda tuproqlarni dala sharoitida, laboratoriya sharoitida o’rganilganda to’plangan ma’lumotlarni qayta ishlab chiqiladi, tizimga solinadi va ana shular asosida oxirgi tuproq xaritasi tuziladi va tuproq ocherki yoziladi.
Tayyorgarlik va dala davrida qanchalik muvofaqqiyatli ishlangan bo’lsa oxirgi kameral davrida, dalada va laboratoriyada to’plangan ma’lumotlar shunchalik tez va oson qayta ishlanadi, bir tizimga keltiriladi, tuproq xaritalari va tuproq ocherklari sifatida tayyorlanadi. Tayyorgarchilik davrida qancha xatoga yoki kamchilikka yo’l qo’yilsa tuproqni o’rganish va xaritaga tushirishda bu o’z aksini ko’rsatadi va tuzilayotgan tuproq xaritalari, ocherklari sifatiga ham salbiy ta’sir qiladi, hamda bu ishlarni o’z vaqtida bajarilishga to’skinlik qiladi.
Qishloq xo’jaligi uchun yer ayrim kerakli ma’lumotlarni va fermer xo’jaliklari uchun tayyorlangan tuproq xaritalari orqali oladilar. Bu xaritalarda tuproq qoplamlarining, xilma-xillik xususiyatlari va sifati ko’rsatiladi. Agronomlar shu xaritalarga asoslanib, u yoki bu dalada qanday tuproq borligini aniqlaydilar.
Tuproqqa qayta ishlov berish, unga o’g’it solish, shuningdek, meliorativ tadbirlarni ilmiy asosda olib borishda tuproq hartilari katta yordam beradi.
Korrektirovkalash davridagi qilinadigan ishlar
Tuproqning xaritasini korrektirovkalash ishlari uch davrga bo’linadi:
Tayyorlov kameral davr;
Dala ishlari davri;
Analitik kameral.
H.M.Saturmino, J.N.Landers larning 8-10 yillik tajribalarida resurs tejamkor hamda tuproq himoya qiluvchi texnologiyalarni qo’llaganda tuproqning biologik jonlanishi namoyon bo’lgan, tuproq namligi oshgan va organik moddalar to’planganligi bois tuproqning biologik indikatorlari hisoblangan foydali jonivorlar, yomg’ir chuvalchanglar soni ko’paygan. YUqorida keltirilgan ilmiy tadqiqotchilarning ma’lumotlari asosan lalmi dehqonchilik yuritilidagan hududlarda amalga oshirilgan.20
Dostları ilə paylaş: |