Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə124/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Diagramma 1
2 jadval
Rivojlangan davlatlarda o’g’it ishlab chiqarish va sotish





Davlatlar

O’git ishlab chiqarish, mln. tonna

Import

Eksport

1

Xitoy

30

7




2

AQSH

17

14

8

3

Hindiston

15

2




4

Kanada

13




11

5

Rossiya

12




10

6

Germaniya

4







7

Braziliya

3







Dunyo bo’yicha

142







3 jadval
Dunyoda mineral o’g’itlarni qo’llanilishi

O’g’itlar

Yillar

1965

1970

1975

1980

1985

1990

1995

2000

Azotli

19,1
14,9

31,8
24,4

44,4
33,8

60,8
45,6

70,4
51,3

77,2
55,8

78,4
57,0

81,6
59,8

Fosforli

15,8
12,3

21,1
16,2

25,6
19,5

31,7
23,8

33,5
24,4

36,1
26,1

30,7
22,3

32,6
23,9

Kaliyli

12,1
9,4

16,4
12,6

21,4
16,3

24,2
18,2

25,7
18,7

24,7
17,9

20,7
15,1

22,2
16,3

Jami

47,0
36,6

69,3
53,2

91,4
69,6

116,7
87,6

129,6
94,4

137,8
99,8

129,7
94,4

136,4
100,0

Eslatma: birinchi raqam – mln. tonna; ikkinchi raqam kg/ga
Hozirgi vaqtda Respublikamizda o’g’itlarning asosiy qismi (70 foizga yaqin) paxtachilik xo’jaliklarida g’o’zani oziqlantirish uchun yetkazib berilmoqda. Ko’pchilik paxtakor xo’jaliklar g’o’zaga o’g’itlarni katta miqdorda, har bir gektar hisobiga azotni (250-350 kg), fosfoрНi (180-200 kg) va kaliyni (100-120 kg) ishlatmoqdalar. Biroq g’o’zaga beriladigan o’g’itlar harajati hamma vaqt ham hosildorlikni ortishi hisobiga qoplanib ketmaydi. SHuningdek, tuproqlarni, yer osti suvlarini va atrof-muhitni turli kimyoviy vositalar bilan ifloslanishi va ekologik muhitni bo’zilishi kuzatiladi. Bu esa, qishloq xo’jaligi xodimlari oldida turgan eng muxim ekologik muammolardan biri hisoblanadi.
O’g’itlar ishlab chiqarish va ularni qo’llashning hajmini hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida kamayib borayotganligi munosabati bilan ularni samaradorligini oshirishda ayrim o’g’itlarni qo’llashning to’g’ri nisbatini tanlash muhim ahamiyatga ega.
4 jadval
Qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi (ts/ga) va qo’llaniladigan
azotli o’g’it miqdori (kg/ga) (2000 yil)

Davlatlar

Azotli o’g’it miqdori, kg/ga

Ekin turi

Hosildorlik, ts/ga

AQSH

57,9

Boshoqli don ekin

58,4

Kartoshka

427

Qand lavlagi

531

Kanada

34,1

Boshoqli don ekin

28,1

Kartoshka

287

Qand lavlagi

495

Germaniya

156

Boshoqli don ekin

64,5

Kartoshka

450

Qand lavlagi

617

Frantsiya

126

Boshoqli don ekin

72,4

Kartoshka

396

Qand lavlagi

759

Xitoy

183

Boshoqli don ekin

47,9

Kartoshka

140

Qand lavlagi

245

Hindiston

67,4

Boshoqli don ekin

23,3

Kartoshka

184

Argentina

19,2

Boshoqli don ekin

34,5

Kartoshka

256

Rossiya

12,5

Boshoqli don ekin

15,9

Kartoshka

114

Qand lavlagi

187

O’rta Osiyo sharoitida g’o’zaga beriladigan mineral o’g’itlarning miqdorlari va ularning o’zaro nisbatlarini o’rganish masalalari YA.I. CHumakov, QM. Semergey, I.I. Madraimov, G.I. YArovenko, P.V. Protasov, B.P. Machigin, M.A. Belousov, I.I.Niyezaliyev, J. Sattarov, ye.I. Stolыpin, Zelenin, T.S. Zokirov va F.Q Kodirxo’jaev ishlarida bayon etilgan. Ular tomonidan aniqlanishicha, bo’z tuproqlarda g’o’zaga beriladigan mineral o’g’itlarning optimal miqdorlari, eskidan paxta yetishtirilib kelingan yerlarda azot bo’yicha gektariga 120-180 kg, fosfor 60-90 kg bo’lib, azotning fosforga bo’lgan nisbati 1:0,5 o’tloq tuproqlarda 1:0,7-1:0,8 hisoblanadi.


5 jadval
Bedapoyadan keyin o’stiriladigan g’o’zaga azotli va fosforli
o’g’itlarni berishning eng samarali nisbatlari.

Bedadan so’ngi yillar

Tipik bo’z tuproq

Och tusli tuproq

O’tloq tuproq

Uchinchi

1:0,9

1:1-0,9

1:1,25

To’rtinchi

1:0,9-0,8

1:0,9-0,8

1:1-1,0

Beshinchi

1:0,8-0,7

1:0,9-0,8

1:1-0,9

Oltinchi

1:0,7

1:0,8-0,7

1:0,9-0,8

A.V.Peterburgskiy ko’rsatishicha, o’g’itlar samaradorligini oshirishda qora tuproqli zonalarda donli ekinlar uchun ularni 1:0,9:0,7 nisbatda qo’llash kerak Ushbu nisbat tuproq – iqlim sharoitiga va ekinlarning biologik xususiyatlariga qarab turlicha bo’lishi mumkin.


Hozirgi vaqtda o’g’it ishlab chiqarishning o’sishi, asosan, yuqori kontsentratsiyalangan va murakkab o’g’itlar hisobiga amalga oshirilmoqda. Ularning o’g’it ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi hissasi 74 foizdan 88 foizga yetdi, o’g’itlar tarkibidagi oziq moddalarning o’rtacha miqdori 35 foizdan 40 foizga ortdi. Bu esa, o’g’itlarning fizik massasini kamaytirishga va ularni tashish, saqlash hamda yerga solishga sarflanadigan mehnat hajmini va ishlatiladigan vositalarini ancha tejashga imkon berdi.
YUqorida ko’rsatib o’tilgan ximizatsiya vositalaridan ilmiy asoslangan holda foydalanish mutaxasislardan yuksak saviyali va bilimli bo’lishni takozo etadi. Faqat o’g’itlardan to’g’ri foydalangandagina tuproqning unumdorligini doimiy oshirishga, ekinlardan yuqori va sifatli toza mahsulot yetishtirishga hamda o’g’itlash uchun sarflangan har bir so’m hisobiga qo’shimcha uch-to’rt so’m olishga erishish mumkin.
Qishloq xo’jaligida paxta, don, poliz-sabzavot va boshqa turdagi mahsulotlar yetishtirish ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasi asosida bo’lib, jadallangan texnologiya, o’g’itlardan foydalanishni ekologik xavfsizligi taminlangan hamda har bir tabiiy-iqtisodiy viloyat, tuman, alohida xo’jalik va dala uchun bo’lishi kerak.
O’rta Osiyo Respublikalari sharoitida o’g’itlardan samarali foydalanish chora tadbirlarini ishlab chiqish juda muhim ahamiyatga ega. CHunki bu sharoitda ishlatilayotgan o’g’itlar ancha yuqori, dehqonchilik qilinadigan yerlarning ko’p qismi turli darajada sho’rlangan va eroziyaga uchragan, yer osti suvlari asosiy ekinlar eqiladigan dalalarda juda yuza joylashgan.SHuning uchun ham bunday yerlarda dehqonchilik qilganda har bir dalaning tuproq xususiyatlarini va eqiladigan o’simlikning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ilmiy asoslangan o’g’itlash tizimini tuzish kerak
O’zbyokiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov o’zining "O’zbyokiston XXI asr bo’sag’asida" nomli asarida o’g’itlarni ishlab chiqaruvchi kombinatlari qurilishini tahlil qilib, "qurilgan kombinatlar O’zbyokistonda mavjud bo’lgan fosforit konlaridan to’liq foydalanilmayapti" - deb ko’rsatib o’tdi.
Haqiqatdan ham bu juda muhim masala, chunki qishloq xo’jaligimizni fosforli va kaliyli o’g’itlarga bo’lgan extiyojini to’liq qondirish uchun Respublika xom-ashyoni va ayrim o’g’itlarni Qozoqiston va Rossiyadan valyutaga keltirishga majbur, bu esa o’z o’рНida o’g’itlar narxining oshishiga va bu orqali qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxini oshirilishiga olib keladi.
Malumki, fosforitlar konidagi Maroqani turiga mansub donador fosforitlarning aniqlangan zahirasi taxminan 100 mln. tonnani tashkil etadi. Umuman Respublikada aniqlangan zahiralar 300 mln. tonnaga yaqin. Ammo Respublikada ammofos kabi o’g’itlar ishlab chiqarilishi talab darajasida emas.
Respublikada Qashqadaryo viloyatidagi Tubakat, Surxondaryo viloyatidagi Xo’jayikon va boshqa konlardagi zahiralari juda ko’p yillarga yetishi mumkin. Bulardan tezkorlik bilan foydalanilsa kaliyli o’g’itlarni narxi qishloq xo’jaligi xarid qilish qobiliyatiga to’g’ri kelishi mumkin.


A lmashlab ekishda va monokulturada 1 ga maxsuldorligi (1967 – 1994 y)
Hozirgi kunda O’zbekistonda 7 ta o’g’it ishlab chiqarish kimyo zavodi (CHirchiq, Samarqand, Qo’qon, Navoiy) ishlab turibdi va ularda ammiakli selitra, mochevina, ammoniy sulfat, ammofos, ammoniylashtirilgan superfosfat, superfosfat kabi mineral o’g’itlar ishlab chiqarilmoqda.


11.2.Agrokiyo vaninng o’rganish uslublari.


Agrokimyoviy kimyo yoki agrokimyo – o’simliklarni oziqlanishi to’g’risidagi fan bo’lib, tuproq unumdorligini oshirish va qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori, hamda sifatli hosil yetishtirishda oziq moddalarning dehqonchilikdagi aylanishini va o’g’itlardan samarali foydalanishni o’rganadi. Demak agrokimyo fani tabiatda oziq elementlarini aylanishini, o’simliklar bilan munosabatini va qishloq xo’jalik ekinlarini hosildorligini oshirishda tuproq bilan mineral o’g’itlarni o’zaro bog’liqligini o’rganadi.
Agrokimyo fanining asosiy vazifasi - tuproq o’simlik tizimida oziq elementlarining aylanishini va ularning balansini ya’ni tengligini o’rganishdir. Dehqonchilikda oziq moddalarning aylanishiga insonlar faqatgina mineral va mahalliy o’g’itlarni ishlatish yo’l bilan aralashadi.
Qishloq xo’jaligida o’g’itlarni qo’llashdan asosiy maqsad – bu dehqonchilik qilinadigan yerlarda oziq elementlarini aylanishini tartibga solish va o’simliklarni oziq moddalarga bo’lgan talabini to’lik qondirishdir.
Ma’lum tuproq – iqlim sharoitida mineral o’g’itlardan samarali foydalanishda o’g’itlarning tuproq va o’simliklar bilan bog’liqligini o’rganish kerak.
Agrokimyo fanining asoschilaridan bo’lgan akademik D.N.Pryanishnikov shunday deb yozgan edi "o’simlik, tuproq va o’g’itlar orasidagi o’zaro bog’liqlikni o’rganish, hamma vaqt agrokimyogarlarni asosiy vazifasi bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi".
Agrokimyoni asosini tashkil etuvchi bu bog’liqlikni akademik D.N.Pryanishnikov quyidagi uchburchak holida tasvirlaydi.(1-rasm)
Bunda tuproq ma’lum iqlim sharoitida hisobga olinadi va o’z navbtida u o’simlikning oziqlanishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.
O’simlikni, tuproq va o’g’itlar bilan o’zaro bog’liqligini ma’lum tuproq iqlim sharoitida o’rganish natijasida o’simliklarni rivojlanishida va oziqlanishida etishmaydigan faktorlar aniqlanilab sifatli yuqori hosil yetishtirish usullari tavsiya etiladi.
Agrokimyo biologiya va kimyo fani. Biologiya fani o’simlik o’sishi, rivojlanishi, oziqa o’zlashtirishi uni metobolizimi, genetika va fiziologiyasiga bog’langan holda o’rganadi.
Agrokimyo tuproq biologiyasi, tuproqda o’tadigan mineral va biologik jarayonlar bilan bog’liq holda o’simliklarni oziqlanish sharoitini o’rganadi. Agrokimyo mineral o’g’itlarni to’plash va saqlash jarayonida kechadigan mikrobiologik va biokimyoviy jarayonlarni o’rganadi.


A

B
Rasm 1. A – Pryanishnikov uchburchagi
B – Mineyev V.G.

Agrokimyo kimyoviy fan chunki tuproq tarkibida bo’ladigan kimyoviy jarayonlarni, o’simlik metabolizmi jarayonidagi kimyoviy reaktsiyalarni hamda o’g’itlarni ishlab chiqarish davridagi reaktsiyalarni o’rganadi.


Agrokimyoning markaziy masalasi o’simlikning oziqlanish va shu jarayon bilan bog’liq bo’lgan tuproq, o’simlik va o’g’it o’rtasida o’tadigan jarayonlar va o’zgarishlarni o’rgangan holda o’simlikni kerakli miqdorda to’g’ri shaklda va eng kulay vaqtda oziqa moddalar bilan ta’minlash.
Asosiy vazifalardan biri oziqlanish jarayonida ekologik muvozanatni saqlash, sifatli, iqtisodiy, samarali mahsulot yetkazish.
Mineral o’g’itlarni qo’llash natijasida dehqonchilikda yangi oziq elementlari aylanishiga kiritiladi, organik va o’simlik qoldiqlarining chirishi natijasida paydo bo’lgan moddalarni daladan asosiy va qo’shimcha hosil bilan chiqib ketgan bir qism elementlar o’рНi to’ldiriladi. Natijada ekinlar hosili bilan, shamol va suv eroziyasi, sho’rlanishi, gaz holida atmosferaga ketadigan oziq elementlar miqdorini saqlab qolish bilan bir vaqtda, tuproq unumdorligini oshirish mumkin bo’ladi.
Demak, agrokimyoda o’rganiladigan uchta asosiy manba - o’simlik tuproq va o’g’itlar bo’lib, ular doimiy ravishda o’zaro aloqada va bir-biriga ta’sir etib turadi.
SHuning uchun ham o’simliklarni oziqlanishini, o’simlik tuproq va o’g’it orasidagi o’zaro bog’liqlikni o’rganish agrokimyoning nazariy tashkil etadi. Ushbu asoslarni bilish dehqonchilikda o’g’itlarni qo’llashga doir amaliy masalalarni ijobiy hal qilishga imkon beradi va bu masalalarni agrokimyo ishlab chiqadi. Qishloq xo’jaligida o’g’itlarning eng samarali miqdori, shakllari va nisbatlarini, ularni turli xil tuproq zonalarida har xil ekinlarga qo’llashning optimal muddatlari va usullari, o’g’itlarni qo’llashni yerlarga ishlov berish, almashlab ekish, sug’orish va boshqa agrotexnikaviy tadbirlar bilan birgalikda olib borish ana shunday muhim masalalar jumlasiga kiradi.
O’simliklarning oziqlanishini o’rganishda agrokimyo fani o’simliklar fiziologiyasi va bioximiyasi bilan chambarchas bog’liq. Dehqonchilikda ishlatilayotgan o’g’itlarning tuproqda o’zgarishi tuproq turiga, mexanikaviy tarkibiga, asoslar bilan to’yinish darajasiga, eritma reaktsiyasiga, mikrororganizmlarni aktivligiga bog’liq bo’lib, u kimyoviy va mikrobiologik jarayonlar tasirida bo’ladi shuning uchun ham agrokimyo fani tuproqshunosliq kimyo, biologiya va mikrobiologiyaga asoslanadi.



Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin