Karta tuzish ishlari bosqichlari va texnologik jarayonlar
Kartalar yaratish texnologiyasining an’anaviy qog’ozli usuli bilan bir qatorda keyingi 10-15 yil ichida kompyuterli - geografik axborot tizimlaridan foydalangan texnologiyasi rivojlanib kelmoqda.
Kartalar yaratishning GIS-texnologiyasini eng ko’p tassavur etiladigan umumiy shakllari quyidagi ko’rinishdadir:
1. Dastlabki materiallarni tayyorlash va ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish:
a) elektron taxeometrlar to’plovchilaridan;
b) GPS qabulchilaridan;
v) tasvirlarni qayta ishlash tizimi orqali;
g) tadqiqot materiallari, mvallif yoki karta tuzuvchilarning originallari, shuningdek mavjud kartografik materiallardan;
d) dastlabki materiallarni skanirlash va olingan rastrli tasviрНi bir xil o’lchov birligiga keltirishlardan iborat.
2. YAratiladigan karta qatlamlari va ularga tegishli jadvallarni tuzish va taxrir qilish hamda ma’lumotlar bazasini tuzish.
3.Ob’ektning tasnifli, jadvalli va matnli ma’lumotlarini kiritish.
4. Karta uchun tasvirlash usullarini tanlash.
5. Qatlamlarni ustma-ust joylash, kartaning mavzuli mazmunini ishlab chiqish va taxrir qilish.
6. Kartaning komponovkasini ishlab chiqib, uning nashrli nushasini hosil qilish.
7. Kartani nashr qilish.
Ma’lumki, hozirgi kunda kartografiyada 11 ta tasvirlash usullari mavjud:
Belgilar usuli;
Nuqtalar usuli;
Izoliniyalar usuli;
Areallar usuli;
Sifatli rang usuli;
Miqdorli rang usuli;
Kartogrammalar usuli;
Kartodiagramma usuli;
Bir joyga tegishli diagrammalar usuli;
Harakatdagi belgilar usuli;
CHiziqli belgilar usuli;
MapInfo dasturida sifatli rang usuliga — "Alohida qiymatlar" "Otdelnыe znacheniya" usuli; kartogrammalar usuliga — "Qiymatlar diapazoni" "Diapazonы znacheniy"; nuqtalar usuliga — "Nuqtalar zichligi" "Plotnost tochek"; belgilar usuliga — "O’lchamli belgilar" "RazmeрНыe simvolы"; izoliniyalar usuliga — "YUza" "Poverxnost"; kartodiagrammalar usuliga — "Ustunli va aylanali diagrammalar" "Stolbchatыe i krugovыe diagrammы" to’g’ri keladi. Raqamli kartaning tarkibi va undagi ob’ektlarni ifodalashning mantiqiy muvofiqligi – bu ma’lumotlar uchun foydalanilgan mantiqiy modellar va formatlarning talablarni qanoatlantirishidir. Agar gap mahsulotni iste’molchiga uzatish haqida ketayotgan bo’lsa, unda bunga ma’lumotlarni almashishni ham kiritish zarur, bu ko’rsatkich yana ma’lumotlar yaxlit yoki bir-biriga zid emasligini bildiradi. Bu juda muhim ko’rsatkich (lekin unga ko’p hollarda e’tibor berilmaydi), ma’lumotlar yaxlitligi (bir butunligi) xatolikni aniqlaydi, lekin u ko’p hollarda sermehnat va mashaqqatli jarayon hisoblanadi.
Bu jarayonda raqamli karta qanoatlantirishi kerak bo’lgan umumiy talablarni sanab chiqamiz:
- raqamli kartada bir xil identifikatorli ob’ektlar bo’lmasligi kerak;
- konturlar, konturli elementlar va metrik ma’lumotlar to’plami bir xil identifikatorli bo’lishi umuman mumkin emas;
- barcha ma’lumotlar raqamli kartaning boshqa komponentlari bilan bog’liq bo’lishi kerak;
- yangi kiritilgan tuzatmalar qabul qilingan modelga zid bo’lmasligi kerak. Masalan, MGE raqamli karta uchun barcha grafikli ob’ektlarga berilgan tuzatma ob’ektlar jadvalida keltirilgan bo’lishi lozim. Agar ob’ekt tavsifga ega bo’lsa, grafikli ob’ekt atributlari shu jadvalda yozilgan bo’lishi kerak. Boshqa tomondan atributlar jadvalidagi mvayyan yozuv faqat birtagina grafikli ob’ekt bilan bog’langan bo’lishi lozim.
- rangli kartada ma’lumotlarning barcha komponentlariga izohlar keltirilgan bo’lishi kerak. Masalan, MGE raqamli kartadagi grafikli faylda grafikli ob’ekt uchun jadvalida ma’lumot bo’lsa-yu, ob’ektlar jadvalida bunday yozuv bo’lmasa, bu kartani tuzish metodikasining buzilishini bildiradi. Raqamli kartalar ma’lumotlarining aniq kontseptual modeli uchun axborotlarning yaxlitligiga maxsus talablar belgilanadi.
Rangli izochiziqlar bilan relefni ifodalash
"O’lchamli belgilar" usulida tuzilgan karta
"Nuqtalar zichligi" usulida tuzilgan karta
U stunli diagrammalar usulida tuzilgan karta
"Aylanali diagrammalar"
- kartodiagramma va boshqa usullar yordamida tuzilgan karta
GIS-priyomniklari
Dostları ilə paylaş: |