Raqamli kartalar Raqamli karta – bu ma’lum ma’noda o’zaro bog’liq bo’lgan ma’lumotlarning tartibga tushgan to’plami bo’lib, yer yuzining qabul qilingan koordinatalar tizimidagi raqamli modelini ifodalaydi.
Joy ob’ektlarining hamma zarurli komponentlarini ifodalovchi axborotni talqin qilish, metrik va semantik ma’lumotlar to’plami raqamli karta sifatida qabul qilinishi uchun ular qator talablarga javob berishi kerak. Hozirgi paytda hatto Rossiyada ham er kadastri raqamli kartasining sifatiga talablar qo’yadigan hech qanday standartlar yo’q. Roskartografiyada tarmoq standartida OST 68-34-98 “Raqamli topografik kartalar. Raqamli topografik kartalar sifatiga talablar” bor. Unda 1:10000 va undan mayda masshtabli dastlabki kartografik materiallar asosida yaratiladigan raqamli kartalarga qo’yiladigan asosiy talablar keltirilgan.
Mazkur standartda topografik kartalar sifatiga, ya’ni raqamli kartaning to’liqligi; raqamli kartaning aniqligi; ob’ektlar va tavsifnomaning to’g’riligi; raqamli karta va unda keltirilgan ob’ektlarni kartografik tuzilishi mantiqan to’g’ri tanlangan bo’lishi kabi asosiy talablar berilgan.
Ushbu ko’rsatgichlarga birinchi navbatda kelishi zarur bo’lgan yana bir ko’rsatkichni - raqamli kartada mavjud bo’lgan, ma’lumotlarning metrik komponentini tashkil etadigan, vektor ma’lumotlarning topologik jihatdan mos kelishligini qo’shib qo’yish kerak.
Topologik jihatdan moslik– bu vektor ma’lumotlarning topologik xossalariga qo’yilgan barcha talablarni qanoatlantirishidir. Topologik moslikning talablari raqamli karta tuzish uchun foydalanilgan ma’lumotlar turkumiga bog’liq ravishda o’zgarishi mumkin, ammo barcha holatlarda ular aniq ifodalangan bo’lishi shart. Barcha vektorli raqamli kartalar uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan vektorli ma’lumotlarning topologik mosligiga quyidagi umumiy talablarni belgilash mumkin
- maydonli ob’ektlar chegaralari yopilgan bo’lishi kerak, ya’ni kontuрНing dastlabki nuqtasi koordinatalari oxirgi nuqta koordinatalari bilan bir xil bo’lishi kerak;
- chiziqli ob’ektlarning uzilishiga yo’l qo’yilishi mumkin emas;
Agar ma’lumotlarni topologik vektorli modeli ishlatilayotgan bo’lsa, yana yuqoridagi talablarga quyidagilarni qo’shish lozim:
- konturli ob’ektlar chegarasi sifatida ishlatiladigan chiziqlar kesishish joyida tugunlar hosil bo’lishi, chiziqlar esa alohida konturli elementlariga bo’lingan bo’lishi kerak;
- berk chiziqli poligonning chegarasi hisoblanmaydigan har bir chiziqning boshlang’ich va oxirgi nuqtalari boshqa chiziqlar nuqtalari bilan tutashishi va tutashgan joylarda tugunlar hosil qilishi, ya’ni har bir chiziqlarning oxirgi nuqtasi boshqa chiziqlarning biror nuqtasi bilan ulanishi va ayniqsa, ikkinchi qator parallel chiziqlari bo’lmasligi kerak.
Raqamli kartaning to’liqligi quyidagi ko’rsatgichlar bilan belgilanadi: raqamli kartaning pasportini bo’lishi; uni to’ldirishni to’liqligi va to’g’riligi; ob’ekt tarkibi va tasnifining to’liqligi va h.k.