Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə128/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

12-mavzu: O’SIMLIKLARNING KIMYOVIY TARKIBI VA OZIQLANISHI. O’SIMLIKLARNI OZIQLANISHIDA TUPROQ TARKIBINING AXAMIYATI VA SINGDIRISH QOBILIYATLARINI O’РНI.
REJA:
1. O’simliklarning mineral kimyoviy tarkibi
2. O’simliklarning organik kimyoviy tarkibi
3. O’simliklarning oziqlanishi.
4.O’siliklarni oziqlanishida singdirish qobiliyatining axamiyati.



Adabiyotlar: 2,4,6,8,9,11,13
12.1. O’simliklarning mineral kimyoviy tarkibi. O’simliklar kimyoviy jixatdan nixoyatda murakkab tuzilgan bo’lib, ularning tanasi suv va quruq moddalardan tarkib topgan.
O’simliklarning quruq moddasi deganda, ular tarkibidagi mineral va organik moddalar yig’indisi tushuniladi. O’simlik to’qimalari tarkibida quruq moddalarning miqdori nisbatan kam, aksincha, suvning miqdori ko’p bo’ladi. Ular tarkibidagi suv va quruq moddalar nisbati odatda o’simlikning turi, yoshi va tana qismi yoki to’qimalarining fiziologik xolatiga bog’liq ravishda o’zgaradi (2.1-jadval).
Suv-o’simliklarning o’suv organlari va to’qimalarida 70 dan 95% gacha, urug’larning zaxira to’plov va mexanik to’qimalari xujayralarida esa 5 dan 25% gacha suv bo’ladi. O’simlik qarib borgani sari to’qimalardagi, ayniqsa, reproduktiv organlar to’qimalaridagi suvning yalpi zaxirasi va nisbiy miqdori kamayadi.
O’simlik to’qima va xujayralarida suvning bo’lishi turgorga sabab bo’ladi, bu turli tuman fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning muxim yunalganlik va jadallik omilidir. O’simlik tanasida organik birikmalarning biokimyoviy sintezi va parchalanish reaktsiyalari bevosita suv ishtirokida bo’ladi.
2.1-jadval
Ayrim ekinlar tarkibidagi suv va quruq moddalarning nisbati, %
(A.V.Peterburgskiy)



Ekin va uning tana qismi

Suv

Quruq modda



Zig’ir va kungaboqar urug’i

7-10

90-93

G’alla ekinlarining doni

12-15

85-88

Qand lavlagining ildizi, mevasi va kartoshka tuganaklari

75-80

20-25

Ekinlarning ko’k massasi

80-85

15-20

Sabzi, osh lavlagi, piyozboshi

86-91

9-14

Karam, sholg’om, tuрНeps

90-93

7-10

Pomidor va bodring

94-96

4-6

Suv tuproqdagi mineral tuzlarni erituvchi va o’simlik tanasida moddalarning xarakatlanishi xamda almashinuvi uchun muxitgina bo’lib qolmasdan, ular xujayra tuzilishining ajralmas qismi xamdir.
Quruq moddalar. O’simliklar tanasida quruq moddalarning tuplanishi atmosferadan karbonat angidrid gazining yutilishi va ildiz tizimi tomonidan tuproqdagi mineral tuzlarning o’zlashtirilishi xisobiga sodir bo’ladi.
Qishloq xo’jalik ekinlari tarkibidagi quruq moddaning 42-45% i uglerod, 40-42% i kislorod, 6-7%i vodorod xissasiga to’g’ri kelib, ularning yig’indisi 90-94% ga tengdir. Azot va boshqa elementlarning yig’indisi atigi 6-10% ni tashkil qiladi (2.2-jadval).
Uglevodlar, yog’lar va boshqa azotsiz organik birikmalar uchta elementdan – uglerod, kislorod va vodoroddan tuzilgan, oqsil va boshqa azotli organik birikmalar tarkibida esa azot xam uchraydi. Mazkur to’rtta element–organogen elementlar deb ataladi va o’simliklar quruq moddasining taxminan 95% ga yaqini ular xissasiga to’g’ri keladi.
2.2-jadval

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin