Тупроқшунослик асослари


G’o’zaning kimyoviy tarkibi



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə129/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

G’o’zaning kimyoviy tarkibi, % (pishish davri)
(S.A.Kudrin)



Element


Belgisi


Quruq moddaga nisbatan%

Element


Belgisi


Quruq moddaga nisbatan %

Kislorod

O

45,000

Oltingugurt

S

0,200

Karbon

S

43,000

Xlor

Sl

0,050

Vodorod

N

6,300

Temir

Fe

0,030

Azot

N

1,400

Marganets

Mn

0,005

Kaliy

K

1,500

Strontsiy

Sr

0,004

Kremniy

Si

0,500

Bor

V

0,003

Alyuminiy

Al

0,350

Bariy

Va

0,003

Kaltsiy

Sa

1,000

Rux

Zn

0,003

Magniy

Mg

0,300

Titan

Ti

0,001

Fosfor

R

0,300

Mis

Si

0,001

Natriy

Na

0,200

Rubidiy

Rb

0,0005

Keltirilgan 2.3-jadvalda asosiy qishloq xo’jalik ekinlari tarkibidagi azotning miqdori 1-3% atrofida (don-dukkakli ekinlarning doni va ko’k massasida o’rtacha 2,5–5,0% gacha) o’zgarib turishi ko’rinib turadi. Kul moddalarining miqdori ancha katta miqdorda o’zgaradi, chunonchi, salat va ismaloq o’simliklarida 14–18%, qand lavlagining ayrim navlari bargida 20% dan ko’proq kul elementlari bo’lishi mumkin.
2.3- jadval
Ayrim ekinlarning tarkibida azot va kul elementlarning miqdori, quruq moddaga nisbatan % da
( P.M.SmiрНov va A.V.Peterburgskiy)



O’simlik va uning organlari

Azot

Kul

Bug’doy va boshqa g’alla ekinlari: doni

1,5-3,0

1,5-4,0

Somoni

0,4-0,6

3,0-5,0

No’xat va boshqa dukkakli don ekinlari doni

4,0-6,0

2,5-5,0

Poyasi

1,0-1,5

4,0-5,0

Kartoshka: tuganagi

1,0-2,0

3,0-5,0

Barglari

4,0-6,0

8,0-14,0

Qand lavlagi va ildizlilar: ildizi

1,0

2,0-3,0

Palagi

1,5-2,5

6,0-12,0

Beda, sebarga (ko’k massasi)

2,5-5,0

6,0-12,0

O’simliklar tarkibidagi kulning yalpi miqdorini emas, balki uning tarkibini bilish agronomiya nuqtai nazaridan muxim axamiyatga ega. Masalan, donli va dukkakli don ekinlar urug’i kulining 40–50% i fosfor (R2O5) kaliy (K2O) 30-40, magniy (MgO) 8-12 dan iborat. Demak, urug’ tarkibining deyarli 90% i mazkur uch element oksidlarining xossasiga to’g’ri keladi.
12.2. O’simliklarning organik kimyoviy tarkibi. O’simliklar tanasida turli–tuman organik birikmalar uchraydi. MiqdoрНing oz yoki ko’pligi va ahamiyatiga ko’ra ularni bir nechta guruxga bo’lish mumkin. Masalan, o’simliklar tanasida oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar kamroq miqdorda uchraydi, lekin ular juda katta ahamiyatga ega bo’lgan moddalardir. TSellyuloza, gemitsellyuloza, lignin kabilar o’simlik tarkibining asosini tashkil qilib, somon, yog’och, urug’ qobig’i, o’simlik tolasining tarkibiga kiradi.
O’simliklar tanasida eng keng tarqalgan organik moddalar jumlasiga uglevodlar, yog’lar va oqsillarni kiritish mumkin. Ularning ayrim qishloq xo’jalik ekinlari tarkibidagi o’rtacha miqdori 2.4–jadvalda keltirilgan.
2.4– jadval
Asosiy qishloq xo’jalik ekinlari xosilining
o’rtacha kimyoviy tarkibi, %
( B.A.YAgodin )

Ekin va hosil turi

Suv

Oqsil



Xom protein

YOg’

Kraxmal

TSellyu
loza

Kul

Bug’doy (doni)

12

14

16

2,0

65

2,5

1,8

Javdar (doni)

12

12

13

2,0

68

2,3

1,6

Arpa (doni)

13

9

10

2,2

65

5,5

3,0

SHoli (guruch)

11

7

8

0,8

78

0,6

0,5

Makkajo’xori (doni)

15

9

10

4,7

66

2,0

1,5

Rus no’xati (doni)

13

20

23

1,5

53

5,4

2,5

Loviya (doni)

13

18

20

1,2

58

4,0

3,0

Soya (doni)

11

29

34

16

27

7,0

3,5

Kungaboqar (mag’izi)

8

22

25

50

7

5,0

3,5

Zig’ir (urug’i)

8

23

26

35

16

8,0

4,0

Kartoshka (tuganagi)

78

1,3

2,0

0,1

17

0,8

1,0

Qand lavlagi (ildizi)

75

1,0

1,6

0,2

19

1,4

0,8

Sabzi (ildizmevasi)

86

0,7

1,3

0,2

9

1,1

0,9

Tabiiyki, keltirilgan bu raqamlar o’rtacha ko’rsatkichlar bo’lib, ularga o’simliklarning turi va navi, iqlim, tuproq va oziqlanish sharoitlari u yoki bu darajada ta’sir ko’rsatadi. Lekin shunday bo’lsada, mazkur o’rtacha ko’rsatkichlar g’alla ekinlaridagi asosiy organik moddalar oqsillar (9-18%) va kraxmal (50-60%) ekanligini ko’rsatib turibdi. Don –dukkakli ekinlarda esa oqsil ko’proq kraxmal bir muncha kamroq uchraydi. Kartoshka tuganaklarida ko’proq kraxmal, ildizmevalilar va meva-chevalarda karbonsuvlar to’planadi. Moyli ekinlarning urug’i tarkibida yog’ va oqsil miqdori ko’p buladi.
Oqsillar. Oqsillar yuqori molekulyar organik birikmalardan xisoblanib, o’z tarkibida ancha cheklangan miqdordagi aminokislotalarning yuzlab va minglab qoldiqlarini tutadi. Oqsillar o’simlik tanasida ketadigan modda almashuvining barcha jarayonlarida xal qiluvchi rol o’ynaganligi sababli organizmlar hayotining asosi hisoblanadi.
O’simlik oqsillar tarkibida “tengi yo’q” deb xisoblanadigan vain, leytsin, izoleytsin, treonin, metionin, gistidin, lizin, tritofan va fenilalanin kabi aminokislotalar mavjud bo’lib, ular odam va xayvonlar organizmida sintezlanmaydi. Bu aminokislotalarni odam va chorva mollari faqat o’simliklardan tayyorlanadigan oziq– ovqat maxsulotlari va yem–xashak orqali oladi.
Boshqa azotli birikmalar. Oqsillardan tashqari o’simliklar tarkibida nooqsil tabiatli birikmalar uchraydi va ular “nooqsil azot” fraktsiyasi deb yuritiladi. Bu fraktsiya tarkibiga nitrat va ammiak shaklidagi azotning mineral birikmalari va nooqsil xolatdagi azotli birikmalari kiradi.
O’simliklar tarkibidagi organik birikmalarining kichikroq qismi peptidlar xolida bo’ladi. Peptidlar cheklangan miqdordagi aminokislotalardan tuzilgan bo’lib, oqsillardan molekulyar massasining kichik bo’lishi bilan ajralib turadi.
Uglevodlar. O’simliklar tarkibidagi organik moddalarning yana bir muxim guruxi uglevodlardir. Qand moddalar, kraxmal, tsellyuloza, pektin moddalar va boshqalar eng muhim uglevodlardan hisoblanadi. Qand-o’simlik tanasidagi zahira modda. O’simliklarda monosaxiridlardan glyukoza, fruktoza, disaxaridlardan saxaroza ko’p to’planadi.
Glyukoza. Glyukoza meva-chevalar tarkibidagi ko’proq qand lavlagi va boshqa ildizmevalilar tarkibida juda kam (bir % ga yetar-etmas) uchraydi. Uzum glyukozaga eng boy mevalardan bo’lganligi sababli (8-15%), uning “uzum shakari” degan nomi shundan kelib chiqqan. Odatda glyukoza a-va v- shakllarda bo’lib ular birinchi uglerod atomida joylashgan vodorod va gidrooksilning xolati bilan farqlanadi. Monosaxiridlar, birinchi navbatda glyukoza o’simliklarning nafas olishida asosiy energiya manbai xisoblanadi, ularning fosfat iforlari boshqa shakarfosfatlar bilan birga fotosintezda, murakkab uglevodlar sentezida va boshqa modda almashinish jarayonlarida ishtirok etadi.
Vitaminlar (darmondorilar). Ular o’simliklar tarkibida oqsil, uglevod va yog’larga nisbatan sezilarli kam miqdorda uchrasada, o’simlik, inson va xayvonlarning xayot faoliyatida muxim rol o’ynaydi. Odam va xayvonlar tanasida vitaminlar bevosita sintezlanmaydi, ularning yetishmasligi turli og’ir xastaliklarni keltirib chiqaradi. Tirik organizmlarda vitaminlar organik katalizatorlar vazifasini bajaradi. Ular fermentlar bilan yaqin munosabatda bo’lib, ko’p xollarda ikki komponentli fermentlarning faol guruhlari tarkibiga kiradi. Hozirgi kunga kelib 40 dan ortiq vitamin aniqlangan. Asosiy qishloq xo’jalik ekinlari tarkibidagi vitaminlarning miqdori 2.5–jadvalda keltirilgan.
2.5–jadval

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin