Тупроқшунослик асослари


Asosiy ekinlar tarkibidagi eng muhim vitaminlar miqdori



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə130/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Asosiy ekinlar tarkibidagi eng muhim vitaminlar miqdori

Ekin turi

karotin

V1

V2

V6

E

K

S

Bug’doy doni

0,1

0,5

0,1

0,4

1,0

0,05

-

Javdar

0,1

0,5

0,1

0,4

0,6

0,05

-

Makkajo’xori

2,0

0,6

0,2

0,7

0,5

0,1

-

No’xat

0,2

0,6

0,2

0,7

0,5

0,1

-

Kartoshka

0,1

0,1

0,05

0,1

0,05

0,1

20

Sabzi

10

0,1

0,04

0,1

0,1

2,0

5

Olma

2,0

0,5

-

0,1

-

-

20

Qora bodrezak

10,0

0,02

-

-

-

-

200

Bir kecha-kunduzdagi iste’mol me’yori

2-4

2-3

2-4

1-3

10

2

50-100

1.3. O’simliklarning oziqlanishi. yer yuzidagi barcha tirik organizmlarning o’sishi va rivojlanishi ularning oziqlanishi bilan bog’liq. Lekin yuksak o’simliklarning oziqlanishi xayvonot dunyosi oziqlanishidan keskin farq qiladi, chunki xayvonlar faqat tayyor organik maxsulotlarni iste’mol qilsalar (geterotrof oziqlanish), o’simliklar uzlari uchun kerakli organik moddalarni oddiy mineral birikmalar (karbonat angidrid, suv va ayrim tuzlar) dan quyosh energiyasi yordamida sintezlaydi (avtotrof oziklanish).
O’simliklarning havodan oziqlanishi. YAshil o’simliklarning quyosh nuri ishtirokida karbonat angidrid gazi va suvdan organik moddalar hosil qilish jarayoniga fotosintez deyiladi.
F otosintez ancha murakkab jarayon bo’lib, bir necha bosqichda sodir bo’ladi. Bargdagi yashil pigment – xlorofill yorug’lik energiyasi kvantlarini yutgach, faol xolatga o’tadi. U barg tarkibidagi ikki molekula suv bilan ta’sirlashib ikki atom vodorodini tortib oladi. Qoldiq giroksil (ON) lardan vodorod peroksid xosil buladi, qaysiki u o’z navbatida suv va kislorod atomlariga parchalanadi:
N2O2  N2O  O
Bargning atmosfera xavosini kislorod bilan boyitishi bevosita mazkur jarayonga asoslangan.
Fotosintezning yorug’lik fazasida xlorofillda kuzg’algan elektronlar fotolizga uchragan suv protonlari (N-ion) yordamida trifosfopirindinnukleotid (TPX) ni qaytarib TPX –N2 ni xosil qiladi. Bu birikmaning boshqacha nomi ko’pchilikka tanish bulgan NAD (nikotinamidadeninnukletid) dir.
O’z navbatida NAD – N2 fotosintezning qorong’ulik reaktsiyalarida qaytaruvchi vazifani bajaradi. YUqorida aytilgan archa o’zgarishlarda energiya donori bo’lib ATF (fotosintetik fosforlanish maxsuli) xizmat qiladi.
Fotosintezda asosiy maxsulot sifatida uglevodorodlar xosil bo’ladi.
 

O’simliklarning yashash sharoitini yaxshilash orqali fotosintez jarayonida xosil bo’ladigan maxsulotlar miqdori va tarkibini boshqarish mumkin.


Barg tarkibidagi azot va magniyning 75, temiрНing 80, ruxning 70, kaltsiyning 60, kaliy va misning 50% i xloroplastlar tanasida jamlanadi. Bu raqamlar mazkur elementlarning fotosintezida katta axamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Xloroplastlar tarkibida fermentlar xam ko’p miqdorda uchraydi.
Barg yuzasiga yorug’lik tushgandan keyin 5–10 soniya o’tgan organik moddalar sintezining boshlanishi nishonlangan atomlar usuli yordamida aniqlangan. Qanday modda va qancha miqdorda sintezlanishi o’simlikning tabiati, yoshi va yetilish sharoitiga bog’liq.
YOz faslida bir mg xlorofill bir soat davomida 5 mg karbonat angidridni assimilyatsiyalashda ishtirok etadi.
Bitta kunduzda barg massasining 25% i atrofida organik modda sintezlanadi, lekin uning 5–10% i nafas olish jarayonida sarflanadi.
Quyoshdan tarqaladigan yorug’lik energiyasining juda kam qismi–atigi 1-2,5% i (ayrim o’simliklarda birmuncha ko’proq) fotosintez jarayonida o’zlashtirilib, xosilning shakllanishida ishtirok etadi.
Atmosfera xavosidagi karbonat angidrid 0,03% dan 0,01% ga tushib qolsa, fotosintez to’xtaydi. Karbonat angidrid miqdori 30 marta va undan xam ko’proq oshirilsa (sun’iy sharoitlarda), fotosintezning samarasi xam shunga mos ravishda ortib boradi.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin