2NH3 + H2SO4=(NH4)2SO4 Ammoniy sulfat ishlab chiqarishda sulfat kislota o’рНiga maydalangan gipsni ammiakli suvga qo’shib chayqatib va ushbu suspenziyadan karbonat angidridni o’tkazish orqali aralashtiriladi:
Singdirilgan ammoniy kam harakatchan bo’lib, yuvilmaydi,shuning bilan birga o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi.
Ammoniy sulfat azotli o’g’itlarning qulay shakli bo’lib,barcha usullarda va muddatlarda qo’llanilishi mumkin.
Ayniqsa subtropik ekinlar,sholi, g’o’za va kartoshkada ammoniy sulfatni qo’llash yuqori samara beradi.
Ammoniy sulfati tarkibida azotdan tashqari 24% oltingugurt bo’lib,o’z navbatida bu ham o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi.
Ammoniy-natriy sulfati - (NH4)2SO4 + Na2SO4 tarkibida 17% azot bo’lib, suvda yaxshi eriydi, gigroskipikligi va qotib qolishi juda ham kam darajada. Fiziologik kislotali o’g’it, sochiluvchanligi yaxshi,tarkibida azotdan tashqari 8% natriy bo’ladi. Kaprolaktan ishlab chiqarishdagi chiqindi mahsulot bo’lgan sulfatli eritmalarni qayta ishlash yo’li bilan olinadi.
Asoslar bilan to’yingan tuproqlarda qo’llaganda yuqori samara beradi. Tuproqdagi o’zgarishi ammoniy sulfatga o’xshash bo’ladi.
Ammoniy xlorid - NH4CI oq yoki sarg’ish rangli kristalsimon kukun ko’rinishida bo’lib, tarkibidagi azot 24-25% ni tashkil qiladi. Sochiluvchanligi qoniqarli. Soda ishlab chiqarishida qo’shimcha mahsulot sifatida olinadi.
Fiziologik jihatdan kislotali o’g’it. Bundan tashqari o’g’it tarkibida 66,6% xlor bo’ladi, shuning uchun ammoniy xloridni xlorga sezgir ekinlar kartoshka, tamaki va tokzorlarda qo’llash tavsiya etilmaydi. SHuningdek xloridli sho’rlanish xavfi bo’lgan tuproqlarda qo’llanilmaydi.
Ammoniy xlorid tuproq eritmasida erib,TSK dagi kationlar bilan o’rin almashadi: