Тупроқшунослик асослари


MAVZU: KALIY VA MURAKKAB O’G’ITLAR. MIKROO’G’ITLAR



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə146/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

15.MAVZU: KALIY VA MURAKKAB O’G’ITLAR. MIKROO’G’ITLAR.
R ye j a
1. Kaliyning o’simliklar hayotidagi ahamiyati va uning hosildagi miqdori
2. Tuproqdagi kaliy miqdori va shakllari
3. Qishloq xo’jalik ekinlarining kaliyga bo’lgan ehtiyojini aniqlash. Kaliy yetishmasligi belgilari
4. Murakkab o’g’itlar.
5.Mikroo’g’itlar, ularning axamiyati
15.1. Kaliyning o’simliklar hayotidagi ahamiyati va uning hosildagi miqdori
R ye j a
1. Kaliyning o’simliklar hayotidagi ahamiyati va uning hosildagi miqdori
2. Tuproqdagi kaliy miqdori va shakllari
3. Qishloq xo’jalik ekinlarining kaliyga bo’lgan ehtiyojini aniqlash. Kaliy yetishmasligi belgilari
4. Murakkab o’g’itlar.
5.Mikroo’g’itlar, ularning axamiyati


5.1. Kaliyning o’simliklar hayotidagi ahamiyati va uning hosildagi miqdori

Kaliyni birinchi marta ingliz kimyogari G.Devi 1807 yilda suyuqlangan o’yuvchi kaliyni (KOH) elektroliz qilib olgan. Kaliy yer qobig’i masСаsining 2,5% ini tashkil etadi. Tarkibida kaliy tutuvchi yuzlab minerallar ma’lum: selvin KC1, kaрНallit KC1, MaC1* 6N2O ortoplaz K O A O . Ortoplaz yer qobig’i masСаsining 18% ni tashkil etadi. Ortoplaz suv bilan kuchsiz reaktsiyaga kirishСа ham, kaliyning ko’p qismi tuproqqa ortoplazdan o’tadi. Ortoplazning tabiiy suvlar, karbonat angidrid ta’sirida kimyoviy parchalanishi natijasida portlash hosil bo’ladi. U suvda yaxshi eriganligi uchun o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi. Kaliy sulfat eng qimmatli hisoblanadi. Odatda kaliy tuz shaklida ishlatiladi. Oqsillovchi va antiseptik modda kaliy xlorat KС1O3 (bertole tuzi) gugurt ishlab chiqarishda, potash K2СO3 eСа shisha ishlab chiqarishda zarur. Tabiatda kaliyning 3 ta izotopi: bo’lib, oxirgisi radioaktiv hisoblanadi, yemirilish davri 1,3 * 10 9 yilga teng.


Azot va fosfor bilan bir qatorda kaliy ham asosiy mineral oziq elementlaridan biri hisoblanadi. U azot va fosfordan farq qilib, o’simliklarni biror organik moddasi tarkibiga kirmaydi, balki o’simliklar hujayralarida ion formasida, hujayra shirasida eruvchan tuzlar holida va qisman tsitoplazma kolloidlari bilan beqaror adsorbtsion komplekslar holida bo’ladi. O’simliklarning qarigan organlariga nisbatan yosh o’suvchan qism va organlarida kaliy ko’p bo’ladi. Oziq muhitda kaliy yetishmaganda u qari organ va to’qimalardan o’suvchan yosh organlarga oqib keladi va bu yerda qayta foydalaniladi.
Kaliyning o’simliklar organizmidagi fiziologik funktsiyalari turli tumandir. U tsitoplazma kolloidlarining fizik holatiga ijobiy ta’sir etadi, ularning suvliligini, bukuluvchanligini va qovushqoqligini oshiradi.
Bu esa hujayralardagi moddalar almashinuvi jarayonlari uchun, shuningdek o’simliklarning qurg’oqchilikka chidamliligini oshirish uchun katta ahamiyatga ega. Kaliy yetishmaganida va transpiratsiya kuchayganida o’simliklar tezda turgoрНi yo’qotadi va so’lib qoladi. Kaliy bilan yaxshi taminlanganda o’simliklarning suvni saqlab turish qobiliyati kuchayadi va qisqa vaqt qurg’oqchilikka bardosh beradi.
Kaliyning fotosintez, oksidlanish jarayonlari intensiv-liligi va o’simlikda organik kislotalar hosil bo’lishiga ijobiy ta’sir etishi, uning uglevod va azot almashinuvida ishtirok etishi isbotlangan. Kaliy yetishmaganida o’simlikda oqsil sintezi sekinlashadi natijada azot almashinuvi umuman bo’ziladi. Kaliy yetishmaganida oddiy uglevodlarning murakkab uglevodlarga aylanishi to’xtab qoladi.
Kaliy moddalarning barglardan boshqa organlariga qarab o’tishini kuchaytiradi, uglevod almashinuvida ishtirok etadigan fermentlarning, jumladan saxaraza va amilazaning aktivligini oshiradi.
Kaliy ta’sirida o’simliklarning sovuqqa chidamligi kuchayadi, bu hol shakar miqdorining ko’payishi va hujayra osmotik bosimining ko’tarilishi bilan bog’liq. Kaliy bilan yetarli darajada oziqlantirilganda o’simliklarning turli kasalliklariga chidamliligi, masalan, g’alla ekinlarining un shudring kasalligi, zang kasalligiga sabzavot ekinlari, kartoshka va ildizmevalilarning chirish kasalligini qo’zg’atuvchilariga chidamliligi ortadi. Kaliy mexanik elementlar lub tolalarining rivojlanishiga yordam beradi, shuning uchun poyalarning baquvvatligiga va yotib qolishiga chidamliligiga zig’ir va kanop tolalarining miqdori hamda sifatiga ijobiy ta’sir etadi.
Paxtachilikda paxta bargi va ko’sagining mikrosporioz kasalligi bilan kasallanishi o’simlikning kaliy bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog’liq bo’lib, ko’p yillik tajribalardan shu narsa ma’lumki kaliy bilan o’g’itlanmagan variantlarda bu kasallik kaliy bilan o’g’itlangan variantlarga nisbatan 1,5-2 barobar ko’payib ketdi va o’z navbatida hosilning texnologik sifatining ham pasayishiga sabab bo’ladi.
Kaliy yetishmaganida reproduktiv organlarning rivojlanishi to’xtaydi- shonalar va boshlang’ich to’p gullar rivojlanmay qoladi, don puch bo’ladi va unib chiqish darajasi pasayadi.
O’simliklardagi kaliy miqdori uning optimal miqdoridan 3-5 marta kamayib ketganida kaliy yetishmasligining aniq tashqi belgilari ko’rinadi. Kaliy odatda urug’lar, ildiz va tuganaklarga qaraganda vegetativ organlarda ko’p bo’ladi. Kungaboqar, tamaki, qand lavlagi, kartoshka barglarida kaliyning nisbiy miqdori quruq massaga nisbatan 4-6% , g’allagullilar somonida 1-1,5% , karamda 0,5% gacha bo’ladi. Donli ekinlar urug’ida 0,5% atrofida, kartoshka tuganaklarida, ildizmevalarda 0,3-0.6% kaliy bo’ladi.
O’simliklarni kaliyga bo’lgan kritik davri ular rivojlanishining boshlang’ich fazalariga to’g’ri keladi (unib chiqqandan 15 kun -keyin). O’simlik kaliyning asosiy qismini biologik massasi intensiv o’sish davrida iste’mol qiladi. Donli ekinlar gullashgacha kartoshka, qand lavlagi, karam esa butun vegetatsiya davrida kaliyni o’zlashtiradi. Kartoshka kaliyning asosiy qismini gullash va tuganak hosil qilish davrida, qand lavlagi ildiz meva hosil qilish davrida o’zlashtiradi.
35-jadval
Bir qator qishloq xo’jalik ekinlari tarkibidagi kaliyning
o’rtacha miqdori (quruq moddaga nisbatan % hisobida)

Ekin turi

Mahsulot turi

K2O, %

Ekin turi

Mahsulot turi

K2O, %

G’o’za

Bargida
Poyasida
CHigitida
Ko’sak pallasida
Tolasida

2,07
1,25
1,07

3,50
0,55



Kartoshka

Poyasida
Tuganagida

3,70
2,40

Tomat

Mevasida

5,60

Bodring

Mevasida

5,65

Beda

Pichanida

1,8

Kuzgi

Donida

0,65

Karam

Mevasida

4,6

Bug’doy

Somonida

1,10

Sabzi


mevasida


3,2


Makkajuxori

Donida
poyasida

0,43
1,93

10 ts hosil uchun galla ekinlari 25-37 kg, dukkakli ekinlar 15-20 kg, kartoshka 7-10 kg, xashaki va qand lavlagi 6,0 8,0 kg sabzavotlar 5-4 kg, 40-60 kg kaliy iste’mol qiladi.


Asosiy qishloq xo’jalik ekinlari hosilidagi kaliy miqdori

Ekinlar

Mahsulot, t/ga

Umumiy olib chiqib ketish, K2O, kg/ga

Tovar

Qo’shimcha

G’alla ekinlari
Kartoshka
Qand lavlagi
Karam
Beda (pichan)
Kungaboqar

2-2,5
20,0
30
70
10
1,8

4-6
12,0
20
40
-
7,5

45-77
200
175
310
150
360




Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin