Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə142/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

SAVOLLAR


1. Azot elementining o’simlik o’sishi va rivojlanishida ahamiyati
2. O’simlik qanday shaklda azot elementini o’zlashtiradi
3. Ammoniyli o’g’itlar
4. Nitratli o’g’itlar
5. Ammoniyli nitratli o’g’itlar
6. Amidli o’g’itlar
7. Nitrifikatsiya ingibitorlari


14.MAVZU: FOSFORLI O’G’ITLAR

R ye j a
1. O’simliklar uchun fosfoрНing ahamiyati.


2. Tuproqdagi fosfor shakllari va miqdori.
3. Fosforli o’g’itlar olinishi, tarkibi, xossalari va qo’llanishi.
14.1. O’simliklar uchun fosfoрНing ahamiyati.
Ma’lumki deyarli barcha tirik organizmlar uchun fosfor zarur hisoblanadi. Fosforsiz tirik hujayra mavjud bo’lishi mumkin emas. Hujayra yadrosining asosiy tarkibiy qismi - nukleoproteidlar fosfor moddasi saqlaydi. Nukleoproteidlar - nuklein kislotalarning oqsil bilan hosil qilgan murakkab birikmalaridir. Uning ikki turi mavjud (РНK, DNK). Nuklein kislotalar prosiy axborotni saqlaydigan, tashiydigan, oqsil sintezi to’g’risida ma’lumot beradigan birikmalardir.
Nuklein kislotalar tarkibida 20% ga yaqin Р2O5 hisobida fosfor uchraydi. O’simlik organlarida uning miqdori turlichadir. Barg va poyalar 0,1-1% Р2O5 saqlasa, urug’, changchi hamda poya va ildiz uchlarida esa ancha ko’p uchraydi.
Fosfor bundan tashqari fitin, letsitin, qandli fosfatlar kabi qator organik birikmalar tarkibiga ham kiradi.
Fitin - olti atomli spirt inozit va olti molekula fosfor kislotasining efirsimon birikmasi bo’lib ,27,5% fosfor saqlaydi. Urug’ va vegetativ organlarda fosforli birikmalar ichida eng ko’p fitin uchraydi. Dukkakli va moyli ekinlar urug’ida 1-2%, donli ekinlar donida 0,5-1% fitin bor.
Letsitin - yog’simon fosfatidlar guruhiga mansub bo’lib, asosan o’simlik urug’ida uchraydi. Letsitin tarkibida 1,37% Р2O5 bor. Letsitin juda muhim biologik ahamiyatga ega. U fosfolipid membranalar tarkibiga kiradi, hujayra plazmolemmasi o’tkazuvchanligini boshqaradi.
Qandlarning fosforli efirlari - qandli fosfatlar - nafas olishda, oddiy uglevodlardan murakkab uglevodlar biosintezida, fotosintez fosfoрНi ko’p o’zlashtiradi, o’zida zahira hosil qiladi, keyinchalik ushbu hosil bo’lgan zahirani barcha organlar bo’yicha qayta taqsimlaydi.
O’suv davri boshida fosfor yetishmasligini keyingi har qancha oziqlantirish bilan o’рНini bosib bo’lmaydi. Bu holat ayniqsa g’o’za yetishtirishda yaqqol namoyon bo’ladi.
Yirik ekinlarning urug’i (makkajo’xori, g’o’za) urug’ endospermida ham fosfor zahirasi tezda tugaydi, bu davrda tuproqda harakatchan fosfor miqdori kam bo’lishi, maysalarning o’sishdan ortda qolishga, fosfor yetishmasligi tashqi belgilari paydo bo’lishiga olib keladi. G’o’za chigitdagi fosfor zahirasini 10-20 kun mobaynida to’liq o’zlashtirib bo’ladi, makkajo’xori esa 14 kunda o’zlashtiradi.
Fosfor o’simlik o’sish va rivojlanishi mobaynida asosan tovar qismida ko’p to’planadi, bu jihat o’g’itlarni qo’llash tavsiyasida o’z ahamiyatiga ega. CHunki ko’pchilik hollarda tovar mahsulot xo’jalik hududlaridan chetga olib ketilib, fosfor balansida salbiy rol o’ynaydi. Bundan tashqari fosfor balansini hisobga olganda yem-xashak ekinlari bilan xo’jalikdan chiqib ketgan fosfor miqdori, o’g’itdan foydalanish koeffitsiyenti ham hisobga olinadi.

14.2. Tuproqdagi fosfor shakllari va miqdori.


Fosfor 1662 yili nemis aptekachisi G.Brant tomonidan ochilgan, keyinchalik bu element oqsillari barcha tirik organizmlar uchun zarur ekanligi aniqlangan. FosfoрНing tuproqdagi umumiy miqdori o’rtacha 0,12% yoki 1,10 tonnani tashkil etadi.


Qo’riq yerlardagi fosfor zahirasi uning ona jins tarkibidagi miqdoriga bog’liq. Haydaladigan va o’g’itlanadigan tuproqlarda bu holat o’zgacha bo’ladi. Tuproq eritmasida fosfoрНing kontsentratsiyasi - 1 litrda 0,1-1 mg atrofida bo’ladi.
Magmatik otqindi jinslar tarkibida 0,275% Р2O5 bo’lgani holda ulardan yemirilish natijasida hosil bo’lgan tuproq tarkibida ko’pi bilan 0,14% atrofida fosfor bo’ladi.
Tuproqda fosforli birikmalar organik va mineral shaklda uchraydi.
Mineral fosfatlar miqdori ancha yuqori bo’ladi. Ularning tuproqlardagi miqdori tuproq tipiga, mexanik tarkibiga, sharoitlariga bog’liq ravishda o’zgarib boradi. Masalan, kuchli podzollashgan qumoq tuproqlarda mineral fosfatlar - 73%, o’rta podzollashganda - 69, kulrang o’rmon- 56, kuchli qavatli qora-65, kashtan - 75, bo’z tuproqlarda 86% ni tashkil etadi.
Tuproq muhiti neytral sharoitda mineral fosfatlar asosan apatit shaklida, nordon tuproqlarda temir, allyuminiy fosfatlari shaklida zahirada bo’ladi.
FosfoрНing organik shakli gumus (0,8-2,5% Р2O5) va fitatlar tarkibida bo’ladi. Fitatlar tuproqdagi organik fosfoрНing yarmidan ko’pini tashkil etadi. Organik fosfor turli mikroorganizmlar ta’sirida yemiriladi. Bir qism fosfor shu mikroblar tarkibida bo’ladi.
Tuproqdagi bir valentli kationlarning fosforli tuzlari suvda yaxshi eriydi, o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi. Kaltsiy va magniy monofosfatlari ham xuddi shu xususiyatga ega. Kaltsiy gidrofosfat va kaltsiy fosfat suvda kam eriydi.
1 kg tuproqda 1 mg Р2O5 bo’lsa, 0-20 sm lik haydov qatlamida uning umumiy miqdori 3 kg ni tashkil etadi. G’alla ekinlari o’rtacha hosildorlikda gektaridan 20 kg R2O5, texnik ekinlar esa bundan ham ko’proq o’zlashtiradi. Bundan ko’rinib turibdiki, suvda eruvchan fosfor o’simlikning talabini qondira olmaydi.
Ammo o’simliklar nafaqat suvda eruvchan balki kuchsiz kislotalarda eruvchan fosfor birikmalarini ham o’zlashtira oladi. Kuchsiz (karbonat, limon, olma kislotalari) kislotalarni o’simliklar ildizi ajratib, qisman tuproq fosfatlarini parchalaydi. Fosfat va gidrofosfat shaklidagi kaltsiy va magniy tuzlarini o’simlik o’zlashtiradigan shaklga o’tkazadi.
Ikki valentli asoslarning uch o’rinli fosforli tuzlarini o’simliklar o’zlashtirmaydi. Bundan lyupin, xantal, grechixa mustasno. Ushbu ekinlarning xususiyati ildizdan ajraladigan kislota miqdori va tarkibida fosforga nisbatan kaltsiyning ko’pligi bilan tushuntiriladi.
Zamonaviy qarashlar bo’yicha tuproqda uch kaltsiyli fosfat hosil bo’lishi uchun deyarli sharoit bo’lmaydi. Balki bundan ham erishi qiyin bo’lgan oqtakaltsiy fosfat Ca4H(PO4)3 * 3 H2O appatit Сa5(OН)(РO4)3, nordon tuproqlar sharoitida strengit Fe(OН)2Н2РO4 va varistsit AI(OН)2Н2РO4 hosil bo’ladi.
Alyuminiy va temir fosfatlari erishi uchun tuproq muhit reaktsiyasi minimal ko’rsatkichi 2,2-3,7, uch kaltsiyli va magniyli fosfatlar uchun esa 6,5-10 bo’ladi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, kuchsiz nordon tuproqlar (рН-6) o’simliklarni fosfat bilan oziqlanishi uchun nisbatan qulay tuproq sharoiti hisoblanar ekan.
Tuproqda organik fosfor kam bo’lgan sharoitda oson eruvchan fosforli birikmalar birmuncha kamayishi mumkin. Aniqlanishicha, tarkibida 0,2-0,3% dan kam fosfor saqlaydigan moddalar minerallashuvi natijasida, o’simlik uchun o’zlashtiriluvchan fosfor to’lasincha mikroorganizmlar tomonidan singdiriladi.
O’simliklar oson o’zlashtiradigan fosfor birikmalari tuproqda juda kam. O’simlik oziqlanishi uchun eng maqbo’l fosforli birikmalar suvda eruvchan fosfatlar hisoblanadi.
Ammo o’simliklarning fosfor bilan ta’minlanish darajasi haqida fikr yuritish uchun suvda eruvchan fosfatlar miqdori yetarli emas, shu tufayli keyingi yillarda kuchsiz nordon so’rimdagi fosfor miqdori aniqlanadi.
Bu so’rimga suvda eruvchan fosforga nisbatan o’simlik uchun zaxira bo’lgan birikmalarning ham bir qismi ajralib chiqadi.
Tuproq tarkibidagi o’zlashtiriluvchan fosfor miqdorini laboratoriyada aniqlash asosida agrokimyoviy xaritanoma tuziladi va shu asosda o’g’itlashga tavsiyalar beriladi.
Tabiatda fosfor saqlovchi minerallar juda ko’p uchraydi, ammo ulardan apatit va fosforit fosforli o’g’it ishlab chiqarish uchun xom-ashyo bo’lib hisoblanadi.
Apatit – tuproq hosil kiluvchi ona jins tarkibida dispers holda tarqalgan otqindi jins hisoblanadi. Ammo uning konlari kam tarqalgan.
Eng yirik apatit koni Rossiya Federatsiyasi Kola yarim orolida Xibin tog’larida 1925 yili ochilgan. Bundan tashqari uning konlari Braziliya, Ispaniya, Kanada, AQSH, SHvetsiyada uchraydi.
Fosforitlar uzoq yillar davomida hayvon skeletlari minerallashuvi, kaltsiy ta’sirida dengiz suvlarida fosforli birikmalarning cho’ktirilishi natijasida hosil bo’lgan cho’kindi jins.
Fosforit konlari yer yuzida keng tarqalgan bo’lsada, uning sanoat ahamiyatiga ega bo’lganlari nisbatan ozdir. Fosforitning eng katta konla-ridan Janubiy Qozog’iston Qoratov fosforit koni hisoblanadi. Apatit kristall modda, fosforit amorf va kristall holda uchraydi. SHu tufayli fosforitni kimyoviy ishlov bermasdan turib o’g’it sifatida ishlatish mumkin.
Apatit va fosforit kelib chiqishi turlicha bo’lishi bilan bir vaqtda bir-biriga o’xshash jihatlari ham ko’p.
Apatit empirik formulasi Сa5(РO4)3F yoki (Сa3(РO4)2)* СaF2 xom-ashyo tarkibidagi ftor o’рНiga xlor, gidroqsil birikkan holda ham uchrashi mumkin, shu tufayli xlor-apatit, ftor-apatit, gidroqsil-apatit deb ataladi.
Fosforitlar fosfat minerallaridan tashqari qum, loyqa kabi qo’shilmalar ham saqlaydi. Fosforitlar tabiatda 2 xil holda: katta-katta xarsang holida yoki plast shaklida uchraydi. Qoratov fosforitlari qalinligi 7metrgacha yetadigan plast holidagi kon hisoblanadi. Qoratov fosforitlari sifat jihatidan ham boshqa xom-ashyolardan ustun turadi: 29,6-35,6 % Р2O5 2-2,5 %, Al2O3, Fe2O3 saqlaydi. Ammo Qoratov fosforitlarining bitta kamchiligi magniy miqdorining yuqori bo’lishidadir, bu uni qayta ishlashda xalaqit beradi.
Dunyodagi eng qimmatli fosfor xom-ashyosi Xibin apatiti hisoblanadi. Flotatsion usulda tozalangan Xibin apatiti 39-40% Р2O5 saqlaydi.
Fosforli o’g’itlar olinishi, tarkibi, xossalari.
Barcha fosforli o’g’itlar 3guruhga bo’linadi:
1 .Suvda eriydigan fosforli o’g’itlar.
2 .Suvda kam eriydigan, kuchsiz kislotada eriydigan.
3. Suvda erimaydigan, kuchsiz kislotada kam kuchli kislotada eriydigan fosforli o’g’itlar.



Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin