15.3.Qishloq xo’jalik ekinlarining kaliyga bo’lgan ehtiyojini aniqlash. Kaliy yetishmasligi belgilari. Qishloq xo’jalik ekinlarining kaliyga bo’lgan ehtiyoji ularni qiyg’os gulga kirib hosil tugish davrida yanada kuchli bo’ladi. Kaliy yetishmaganda sariq dog’lar kun sayin ko’paya boradi, eski barglar esa och jigar rangga kiradi. O’simliklarning pastki va o’rta qismidagi barglari avval yashil va sariq yashil rangda bo’lib, so’ng tez orada qo’ng’ir rangli dog’larga aylanadi. Barg plastinkasi bilan barglarning chetlarida qo’ng’ir rangli to’qimalarhosil bo’ladi.
O’simlik barg sistemasining hamma qismi qorayib, qurishi hamda to’qilishi kaliyning yetishmasligidan dalolat beradi. Barglarning erta to’qilishi esa, hosilning kamayishiga va sifatiga ta’sir etadi. Masalan: paxta misolida olsak ko’sak atrofida har xil shirali dog’lar hosil bo’ladi, tola sifati past bo’ladi, tolasi qorayib tez o’ziluvchan bo’lib, qoladi Kaliy normadan past bo’lganda ekinlarning kattalikdagi asosiy poyasi noziq bo’lib yerga yotib qoladi.
Tuproq tarkibida oziq moddalar miqdorining turlicha, unumdorligining esa har xil bo’lishi, qishloq xo’jalik mutaxassislaridan o’simliklarning o’g’itlarga bo’lgan ehtiyojini to’g’ri aniqlashni talab etadi.
O’simliklarni ildiz orqali oziqlanishi tekshirish maqsadida bir qator kimyoviy analiz metodlari ishlab chiqilgan. Hujayra shirasining kimyoviy tarkibi, o’sish davrining turli paytida o’simliklarning oziq moddalarga bo’lgan ehtiyojini aniqlashga imkon beradi.
O’simlikdagi oziq elementlar tarkibini analiz qilish usuli ularning ma’lum reaktivlar bilan bo’yalishi yoki cho’kma hosil qilish xususiyatiga asoslangan. Tekshirilayotgan eritmalar tarkibi standart eritmalar bilan solishtirib ko’riladi.
Kaliy yetishmasligining tashqi alomatlari barg plastinkasi chekkalarining qo’ng’irlashishida namoyon bo’ladi. Barglarning chetlari va uchlari kuydirilganga o’xshash ko’rinishga kiradi, plastinkada zang dog’lari hosil bo’ladi. Kaliy yetishmaganida hujayralar notekis o’sadi, bu esa barglarning buralib, gumbazsimon shakl olishiga sabab bo’ladi. Kartoshka barglarida ham o’ziga xos, bronza dog’lar paydo bo’ladi. G’allagullilar kaliy yetishmaganda yaxshi shoxlamaydi, poyalarining bo’g’in oralari qisqaradi, barglar, ayniqsa pastki barglar tuproqda yetarli miqdorda namlik bo’lganida ham so’lib qoladi.
Tabiatda kaliyning uchta izotopi mavjud: Q Q Q kaliyning K izotopi radioaktiv hisoblanadi. Tajriba maqsadlarida yarim yemirilish davri 12,4 soat bo’lgan sun’iy izotopi ham ishlab chiqariladi.
Kaliy o’simlikda ion shaklida uchraydi va bironta ham organik modda tarkibida kirmaydi. U asosan hujayra shirasi va tsitoplazmada bo’lib, yadroda umuman uchramaydi. Hujayra tsitoplazmasi kolloidlari tomonidan 20 % kaliy almashib-singdiridgan holda 1% qismi mitoxondriya tomonidan alma-
shinmay singdirilgan holatda, 80% esa hujayra shirasida bo’lib, suv bilan oson siqib chiqariladi.
Xloroplast va mitoxondriyda tuplangan kaliy ular tuzilishi, tarkibini muqumlashtirib,fotosintetik va oqsillanuvchan fosforlanish jarayonlarida energiyaga boy ATF hosil bo’lishiga yordam beradi. YOrugda kaliyning hujayra kolloidlari bilan bog’lanish kuchi ortadi, kechasi esa susayib, ildiz orqali kaliyning qisman yuqolishi kuzatiladi.
Kaliy avvalombor hujayra kolloidlarining gidrotatsiyasini kuchaytirib, ular dispersligini oshiradi, bu esa o’z navbatida o’simlik hujayrasida suvni to’tib turish kobiliyatini oshirib, vaqtinchalik qurg’oqchilikka chidamliligini oshiradi. Kaliy ta’sirida kartoshka tuganaklarida kraxmal,qand lavlagida saxaroza, meva-sabzavot ekinlarida monosaxaridlar tuplanishi
kuchayadi. Hujayra shirasi tarkibida osmotik bosimning ortishi hisobiga o’simliklarning sovukka va kishga chidamliligi, zambrkgli va bakteriyali kasalliklarga chidamliligi oshadi.
Kaliy yuqori molekulyar uglevodlar gemitsellyuloza, tsellyuloza, pektin moddalari, ksilan sintezini tezlashtiradi, natijada donli ekinlar hujayra jevorlari qalinlashib, yotib qolishga chidamligi ortadi, zigir va kanop tolasi sifati yaxshilanadi, ba’zi fermentlar aktivligini kuchaytiradi, ba’zi vitaminlar hosil bo’lishi va tuplanishiga yerdam beradi, barg ogizchasi oxirgi hujayralari faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Kaliy qishloq xo’jalik ekinlarning ammoniyli oziqlanishida muxim rol uynaydi. Kaliyning o’simlikda yetishmasligi moddalar metabolizmini bo’zilishiga olib keladi. Bir qator fermentlar faoliyati susayadi, o’simlikda oqsil va uglevod almashinuvchi bo’ziladi, qandning nafas olish jarayoni uchun ortikcha sarflanishiga olib keladi, natijada donning puch bo’lishi, urug’ unuvchanligi va hayotchanligi susayishi, oqibatda esa sifatsiz hosil olinishiga olib keladi. Kaliyli oziqlanishning yetarli bo’lmasligi, ekinlarning kasalliklarga chalinish darajasini oshiradi, hosilning saqlash davrida yuqolishi ortadi.
Qishloq xo’jalik ekinlari uchun kaliy yetishmasligi belgilari dastlab eski barglarda kurinadi, barglar chetlaridan boshlab sargaya boshlaydi, keyinchalik barg chetlari va uchi qo’ng’ir rangga o’tadi, so’ngra qurib to’kila boshlaydi, barg xuddi yirtilganga uxshab qoladi. Kaliy yetishmasligi dastlab uncha talabchan ekinlarda namoyon bo’ladi. Kaliy yetishmaganda modda almashuvining biokimyoviy jarayonlari susayishi kuzatiladi.
Kaliy kation holida o’zlashtiriladi, hujayrada zaryadlangan ion holida bo’lishi sababli hujayra moddalari bilan kuchsiz bog’ hosil qiladi. U hujayrada elektroneytrallikni ta’minlaydi, hujayra va muhit o’rtasidagi potentsiallar farqi va assimetriyasini ta’minlaydi. Ehtimol mana shu funktsiyasi uchun kaliy mineral oziqlanishida o’simlik uchun almashtirib bo’lmaydigan element hisoblanadi.
Kaliyning bu xossasi D.A.Sabinin tomonidan shunday ta’riflanadi,"-kaliy, natriy va qisman kaltsiy kationlarining ahamiyati tsitoplazma tuzilmalarini hosil bo’lishida, protoplast hosilalarining elektr xossalarini ta’minlashda kurinadi".
Ma’lumki, kaliyning hujayradagi boshqa kationlarga nisbatan miqdori bir necha marta ko’p bo’ladi, tashki muhitdagi kaliy kontsentratsiyasiga karaganda hujayrada kontsentratsiya 100-1000 marta yuqori bo’ladi.
Ko’plab tadkikotlarda hujayra tarkibidagi kaliy miqdori va o’sish jarayonlari o’rtasida bog’liq yakin bo’lishi aniqlangan. Kaliy yetishmasligi hujayra o’sishi, cho’zilishi va bo’linishini sekinlashtiradi.
Hozirgi vaqtda o’simliklar tarkibidagi kaliy miqdori va oqsil moddasi sintezi jadalligi o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjudligi haqida ko’plab ma’lumotlar mavjud. Kaliy yetishmasligi fotosintez mahsuldorligi susayadi, bargdan fotosintez jarayoni mahsulotlarini boshqa organlarga kuchishi kamayishi aniqlangan
Kaliyli oziqlanishning kritik davri o’simlik o’sishining dastlabki davri (unib chiqqandan so’ng 15 kun) maysa fazasiga to’g’ri keladi. O’simlik eng ko’p o’zlashtirish davri esa biomassa jadal tuplanish fazasiga to’g’ri keladi. Donli va dukkakli-don ekinlarining kaliyni o’zlashtirishi gullash-sut pishishi fazasiga kelib tuxtaydi, zig’ir o’simligida-yalpi gullash,- kartoshka, qand lavlagi va karamda usuv davri oxirigacha davom etadi.
Kartoshka kaliyni eng ko’p gullash - tugunak hosil qilishida, qand lavlagi - ildizmeva hosil bo’lishida, karam - bosh urash fazasida o’zlashtiradi.
Bahori bug’doy tuplash fazasigacha - 25,4, naychalash fazasida 42,1%, boshoq tortishda - 100% kaliyni o’zlashtiradi, kaliyning eng ko’p o’zlashtirilishi naychalash – boshoq tortish davriga to’g’ri keladi. G’o’zaning kaliyni o’zlashtirishi usuv davrida bo’yicha kuyidagicha kechadi: shonalashgacha (31kun) - 2,8%, shonalashdan gullashgacha (o’nib chiqqandan so’ng 58 kun mobaynida) - 17,8%, birinchi terim boshlanishida - 100%. G’o’zaning kaliyni o’zlashtirish davri nisbatan cho’zilgan. Kartoshkaning kaliyni o’zlashtirishi: iyunda - 20%, iyulda -80%, avgustda - 98%, sentyabrda - 100%. Qand lavlagida kaliy butun usuv davri mobaynida o’zlashtirilib, maksimum iyul-avgust oylariga to’g’ri keladi.
Kaliy fosfatlarni organik birikmalar tarkibiga o’tkazish uchun zarur hisoblanadi, bundan tashqari u fosfat guruhlarni kuchirish jarayonlari uchun kerak Kaliy tomonidan faolligi oshiriladigan fermentlar hujayrada turli-tuman reaktsiyalarni boshqaradi, atsetilkoenzim A hosil bo’lishini kuchaytiruvchi ferment faoliyatini boshqaradi. Kaliy o’simlikning yosh usuvchi organlarida meristema va kambiyda ko’p miqdorda uchraydi. Eski barglardagi kaliy reutilizatsiya uchrab yosh barglarga o’tadi. Bu jarayonga natriy ioni yordam beradi. U kaliy ioni uрНini egallaydi. Kaliy miqdori o’simlik quruq moddasiga nisbatan barg va poyada pastdan yuqoriga karab ortib boradi. Kaliyning o’simlik tuproqda va o’g’itdagi miqdori oqsil shaklida ifodalanadi – K2O.
Donli va dukkakli-don ekinlariga nisbatan kartoshka, lavlagi quruq modda birligi uchun kua kaliy talab qiladi. Donli ekinlar azotga teng miqdorda, fosforga nisbatan 2-3 marta ko’p kaliy o’zlashtiradi (N:RO:K O nisbati 2,0-3,0:1,0:2,5-3,5). Sabzavot ekinlari, kartoshka, lavlagi kaliyni azotga nisbatan 1,5 marta,fosforga nisbatan 3-4,5 marta ko’p o’zlashtiradi.
Turli ekinlar 1 tonna asosiy va qo’shimcha mahsulot bilan turlicha miqdorda kaliy o’zlashtiradi: donli ekinlar - 25-37kg, dukkakli-don ekinlar - 16-20 kg, kartoshka - 7,9, lavlagi - 6,7-7,5 ,sabzavot ekinlari - 4,0-5,0 , yungichka 20-24 kg.
Hosil birligi uchun olib chiqiladigan oziqa moddalari miqdori asosiy va qo’shimcha mahsulot nisbatiga bog’liq. Donli ekinlar tovar hosilida kaliy kam bo’lsa, ildizmeva ko’p yillik o’tlar, sabzavotlar asosiy mahsulot tarkibida K2O miqdori yuqori bo’ladi. Qancha tovar mahsuloti tarkibida kaliy kam bo’lsa uning xo’jalik tuproqlaridan chiqib ketishi kam bo’lib, ijobiy rol uynaydi.
Kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish uchun xom-ashyo bo’lib, tabiiy kaliy tuzlari hisoblanadi. Ularning asosiy konlari, Rossiya, Belorussiya, Qozog’iston, O’rta Osiyoda joylashgan.
Barcha kaliy tuzlari konlari 2 turga bo’linadi: xloridli (92%) va sulfatli. Xom-ashyoga bog’liq ravishda ishlab chiqariladigan o’g’itlar ham xlorli va sulfatli turlarga bo’linadi.
Xloridli kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish uchun asosiy xom-ashyo bo’lib, silvin (KС1) va galit (NaCI) minerallari aglomerati bo’lgan silvinit hisoblanadi. Silvinit 12-15% K2O saqlaydi. Sulfatli kaliyli o’g’itlar kainit - KS1*MdSO *N , langbeynit - K2SO * 2MgSO4, shenit -K SO *MgSO *6H O kabi minerallardan olinadi.
Nefelin kontsentratidan (QNa) O* A1O *2SiO - kompleks ishlov berish orqali alyuminiy oqsili, tsement, soda va potash K2SO3 olinadi.
KaрНalit KS1*MdS1*6N O rudalaridan magniy ajratib olingach kaliy –xlorid elektrolit olinadi.
Kaliyli o’g’itlar kontsentrlangan (xlorli kaliy, kaliy sulfati, xlorli kaliy elektrolit, kaliy tuzi, kalimagneziya, kaliy-magniyli kontsentrat) va xom kaliy tuzlari (silvinit kaрНalit) turlariga bo’linadi.
K a l i y x l o r i d i - KCl Asosiy kaliyli o’g’it bo’lib umumiy ishlab chiqarilaetgan kaliy saqlovchi o’g’itlarning 80-90% ini tashkil etadi. Tarkibida 53,7-60,6 % K2O, 1% dan kamroq namlik saqlaydi. Tashqi ko’rinishi oq yoki pushti rangdagi kristall modda.
Kaliy xloridi 2 usulda flotatsion va galurgik usulda olinadi.
Flotatsion uslubda KS1 silvinit rudasidan olinadi. Bu usul KS1 va NaCI minerallarining yuzasi suv bilan turliga namlanishiga asoslangan. Maydalangan ruda suvli eritmaga moysimon aminlar qo’shilib, pulpa orqali havo purkaladi. Eritma yuzasiga so’zib chiqayotgan pufakchalarga KS1 ning gidrofob mineralli silvin qo’shilib chiqadi. NaCI esa chukmada qoladi. Pufakchalar so’zib olinadi, tsentrifugada qo’g’itilib olinadi.
Galurgik usul silvinit rudasi tarkibiy qismi bo’lgan silvin va galit rudalarining suvda turlicha eruvchanligiga asoslangan. Eritish 90-100oS haroratgacha olib boriladi va 20-25oS haroratgacha sovitiladi. Eritma harorati 100oS darajaga yetganda KS1 eruvchanligi 2 marta oshadi, NaC1 eruvchanligi kamayadi. Sovutilganda silvin kristall holatda bo’ladi, galit esa eritmada qoladi.
Hozirgi paytda kaliy xloridi olishning gidrotsiklon usuli ham qo’llaniladi. Bu usul silvin (1,987 g\sm) va galitning (2,176 g\sm) turlicha zichligi asosida ajratib olishga asoslangan.
Flotatsion va galurgik usulda olingan kaliy xlorid mayda kristall bo’lib, saqlanganda qotib qoladi. SHu tufayli uni ulchami 1-3 mm kattalikda donador holga keltiriladi. Kaliy xloridi qotib qolishini kamaytirish maqsadida uning tarkibiga aminlar qo’shiladi.
K a l i y s u l f a t i – K2SO4. Mayda kristalli oq rangdagi kukunsimon, 1,2% namlikdagi modda. Tarkibida 46-50 % K O saqlaydi, qotib qolishga moyiligi kuchsiz, qopda va ochiq holda tashiladigan o’g’it.
Kaliy sulfati 2 bosqichda shenit minerallini langbeynitga konversiyalash va kaliy xlorid qo’shish orqali olinadi:
2KС1 + 2MgSO4 = K2SO4 * MgSO4 + MgC12