Murakkab-aralash (kombinatsnyalangan) o’g’itlar Akademik D. N. Pryanishnikov 1908 yilda fosforitlarga sulfat kislota bilan emas, bachki nitrat kislota bilan ta’sir etish bir yo’la azotli va fosforli o’g’it olish imkonini berishini ta’minlagan edi.
Fosforitga nitrat kislota ta’sir ettirilganda kaltsiyli selitraning СaНРO4 *2Н,O va lar bilan aralashmasi — nshprofos olinadi.
SHu toifaga kiradigan ammoniylashtirilgan superfosfat oddiy superfosfat ammiak bilan to’yintirib olinadi. Odatda, kukunsimon superfosfat 6 % gacha ammiak azotini yutishi mumkin, lekin kaltsiy monofosfatning retrogradatsiyalanishini oldini olish uchun 3—4 % atrofida NH3 yuttiriladi. Bu o’g’it tarkibidagi azot o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi, lekin o’simliklarni azot bilan ta’minlashda uncha katta rol uynamaydi.
Suyuq va suspenziyalangan kompleks o’g’itlar Suyuk kompleks o’g’itlar (SKO’) deb tarkibida barcha makro va mikroelsmentlarii tutgan suyuq aralashlarga aytiladi. Qattiq va suyuq, kompleks o’g’itlar samaradorligi birdek bo’lishi aniqlangan. SKO’lar — is-tiqbolli o’g’itlardan hisoblanadi. Ular fosfat kislotani ammiak bilan neytrallash (рН=b,5) asosida olinadi. Tarkibidagi azot miqdorini oshirish uchun suyuk o’g’itlarga ammiakli selitra, mochevina yoki ularning aralashmalari qo’shiladi. Ortofosfat kislota asosida olingan o’g’itlar (24—30% ozits elementi bor) tiniq, eritma holida, superfosfor kislota asosida olingan o’g’itlar esa (40 % dan ortiq oziq, elementlari tutadi) loyqaroq eritma holida bo’ladi. Bu turdagi o’g’itlar o’z tarkibida erkin ammiak tutmaydi. SHu sababdan ularni tuproqqa purkab, izidan ishlov berish texnikasini tushirish mumkin. Suv bilan oqizib ishlatilganda ham yaxshi samara beradi. Suyuk kopleks o’g’itlarni yuklash, tashish, tuproqqa solishni to’la mexanizatsiyalash va shu yo’l bilan isrofgarchilikning oldini olish mumkin. Tavsiflanayotgan o’g’itlarni ishlatishdan katta iqtisodiy samara olish mumkin. Bu birinchidan ishlab chiqarish tsexlari qurishga 20—30% kam mablag’ sarflanishi va ikkinchidan, mexnat sarfining 3—3,5 marta kamligi bilan borlikdir. Muayyan haroratlarda kristallanishi, korroziyaga chidamli idishlarda sakdashni talab qilishi va yuqori nishablikka ega maydonlarga kiritilganda fosfoрНing bir qismini yuvilib ketishi SKO’larga xos salbiy xususiyatdir.
SKO’lardagi oziq elementlari miqdorini istalgancha oshirib boraverishning iloji yo’q, chunki ma’lum haroratdan boshlab ular kristallana boshlaydi. Kontsentratsiyasini oshirish uchun ularga stabillashtiruvchi qo’shimcha — kolloid loy (1 t o’g’itga 10—22 kg) ko’shiladi. SHunday usulda olingan o’g’it 12 % azot, 40% R2O5tutishi mumkin, SKO’larning saqlash muddati 3 oygacha. SKO’larni serkarbonat bo’z tuproqoarda ko’llash yaxshi iktisodiy samara beradi.
Aralashtirilgal o’g’itlar
Aralashtirilgan o’g’itlar komponentlarni kimyoviy o’zgarishga uchratmasdan olinadi. Ular kukunsimon yoki donador holatda bo’lishi mumkin.
O’g’itlarni quruq holatda aralashtirish kompleks o’g’itlar olishdagi eng oddiy va samarali usuldir. Bu tadbir ikki xil usulda amalga oshiriladi:
bevosita xo’jaliklarning o’zida muqim va ko’chma o’g’it aralashtirgichlar yordamida aralashtirish;
yuqori quvvatli moslamalar (40—60 t/soat) yordamida aralashtirish.
Aralashtirilgan o’g’itlar ikki yoki uch xil oddiy kukunsimon yoki donador o’g’itlarni maxsus o’g’it aralashtirish zavodlarida, agrokimyo markazlarining yirik mexanizatsiyalashtirilgan omborlarida yoki bevosita xo’jaliklarda aralashtirish yo’li bilan olinadi.
Bunda o’g’itlarni qo’llashga ketadigan vaqt hamda mehnat o’g’itlarni alohida – alohida solishdagiga qaraganda ancha tejaladi, ularning samaradorligi ortadi, chunki barcha zaruriy elementlar birdaniga solinadi, ular paykalga bir me’yorda taqsimlanadi.
O’g’itlarni aralashtirishni birin-ketin bajariladigan quyidagi besh bosqichdan iborat jarayon deb qarash mumkin:
o’g’itlarni aralashtirishga tayyorlash;
komponentlarni aralashtirishga o’zatish;
3) Me’yorlash (aralashtirish uchun tegishli miqdordagi o’g’itlarni ajratish);
4) Aralashtirish;
5) Aralashmani tashish moslamalari yoki omborlarga olish.
Aralashtiriladigan o’g’itlarning o’ziga xos fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari ko’p hollarda ularni aralashtirish imkoniyatlarini cheklab quyadi.
Masalan, ammiakli selitra superfosfat bilan aralashtirilganda, nitrat kislota bug’lari yoki azot oksidlari hosil bo’ladi:
SHuningdek, hosil bo’ladigan kaltsiy nitrat aralashmaning gigroskopikligini oshiradi:
2NH4NO3+Ca(H2PO4)2=2NH4H2PO4+Ca(NO3)2+nH2O
Tarkibida kaltsiy oksidini tutgan metallurgiya shlaklarini ammiakli selitra yoki ammoniy sulfat bilan (shuningdek ammoniy fosfat bilan) aralashtirish mum-kin emas, chunki bunda ammiak ajralib chikadi:
CaO+ (NH4)2SO4=2NN4 + CaSO4+ H2O
Superfosfat va fosforit uni kaliyli o’g’itlar bilan, shuningdek, ammiakli selitra va ammoniy sulfat pretsipitat bilan aralashtirilganda nomaqbul o’zgarishlar sodir bo’lmaydi.
Eng keng tarqalgan o’g’itlar — ammiaki selitra, superfosfat va kaliy xlorid aralashmalarining fizik xossalarini yaxshilash maqsadida superfosfatdagi erkin kislotani boqlash va gigroskopiklikni kamaytirish uchun maydalangan — dolomit, fosforit uni kabi mu’tadillovchi moddalar qo’shiladi. Bunday aralashmani sochiluvchanligi 4—5 oy davomida ham o’zgarmaydi.
Mochevinani tuproqka kiritish oldidan fosforli va kaliyli o’g’itlarning barcha shakllari bilan aralashtirish mumkin. Uni superfosfat bilan ancha oldindan aralashtirganda ham salbiy o’zgarishlar kuzatilmaydi. Donador o’g’itlar, ayniqsa donachalarining o’lchamlari bir xil bo’lgan o’g’itlar aralashtirilganda aralashmaning fizikaviy xossalari va sochiluvchanligi yaxshilanadi.
O’g’itlarni aralashtirishda ekinlarning oziq moddalarning muayyan nisbatiga (N:P2O5:K2O) ehtiyojini shuningdek, tuproq, xossalari, o’g’itlash usullari va muddatlarini hisobga olish zarur.
Tarkibida oziq, moddalari ko’p va fizikaviy xossalari yaxshi bo’lgan o’g’it aralashmalarini tayerlash uchun birinchi navbatda mochevina yoki ammiakli selitra, qo’shsuperfosfat yoki ammofos, yirik kristalli kaliy xloridni ishlatish lozim. O’g’it aralashmalarini mexanizmlar yordamida tayerlash va qo’llash bir tomonlama ta’sir etadigan o’g’itlarni alohida-aloxida solishga qaraganda ko’proq ikqtisodiy samara beradi.
Hozirgi davrda kontsentrlangan oddiy va kompleks o’g’itlarni ishlab chiqarishga alohida e’tibor berilmoqda.
Kompleks o’g’itlarning qishloq xo’jaligida tutgan ahamiyati e’tirof etilgan. Aksariyat xorijiy davlatlarda ularning salmog’i ishlab chiqarilayotgan o’g’itlarning 60—70% ini tashkil qiladi.
Kompleks o’g’itlarning sifati aa samaradorligini oshirish uchun ekinlar ehtiyojini hisobga olgan holda magniy va ayrim mikroelementlar qo’shilishi mumkin.
SHahar chiqindilari
SHaxar chiqindilariga oshxona axlatlari, qog’oz, latta-puttalar, kul, loyka va chang kabilar kiradi. Tarkibidagi oziq moddalarning miqdori bo’yicha go’ngga yaqin turadi. SHahar chikindilarining parchalanish tezligi tarkibiy qismiga bog’liq;.
Quruq moddaga aylantirib xisoblaganda shahar chiqindilari o’z tarkibida o’rta hisobda 0,6—0,7% azot, 0,5—0,6% fosfor va 0,6—0,8% kaliy tutadi.
Odatda shahar chiqindilari tarkibidagi temir bo’laklari, shisha siniqlari terib tashlanadi va maxsus uralar kovlanib, kompost tayyorlanadi. 8—9 oy ichida kompost tayyor bo’ladi va uni sabzavot va yopiq gruntda yetishtiriladigan ekinlarga kuzgi shudgor oldidan 15— 20 t/ga hisobida kiritish mumkin. Texnikaviy ekinlar yetishtiriladigai paykallarda o’g’it me’yori 30—60 t/ga yetkaziladi.
Sanoat chiqindilari (teri oshlash. pivo pishirish. tamaki va baliqni kayta ishlash va h q) tarkibida azot, fosfor va kaliyning miqdori shahar chiqindilari tarkibidagidan bir necha baravar ko’p. Bu chiqindilardan foydalanish natijasida birinchidan, ekinlar arzon o’g’it bilan ta’minlanadi, ikkinchidan shaxar va shahar atrofidagi ekologik muhit yaxshilanadi.
Kompostlar
Mahalliy o’g’itlar tarkibidagi oziq, moddalar isrof bo’lishining oldini olish va fosforli o’g’itlar tarkibidagi oziq, moddalarni o’simliklar tomonidan oson o’zlashtiriladigan shaklga o’tkazish uchun turli-tuman kompostlar tayyorlanadi, Kompostlar juda turli-tuman bo’lib, bizning sharoitimizda ko’proq, go’ng-fosforli. najas-tuproqli, go’ng-sapropelli va aralash kompostlar keng tarqalgan.