Marganetsning o’simliklar tarkibida uchrashi 1872 yilda, o’simliklar hayotidagi ahamiyati esa 1897 yilda aniqlangan. Bu mikroelementga barcha qishloq xo’jalik ekinlari talabchan bo’lib, uni ayniqsa donli ekinlar, don-dukkaklilar, qandlavlagi, ildizmevalilar, kartoshka va mevali daraxtlar ko’p talab qiladi. Barglarning oqarishi va sarg’ish donlarning paydo bo’lishi, dukkakli ekinlar bargining yoppasiga xlorozga chalinishi, bodring barg plastinkasvning buralib qolishi — marganets tanqisligining asosiy belgilaridan hisoblanadi (9-rangli rasm).
Marganets yuqori oqsidlash-qaytarish potentsialiga ega, shu bois u o’simliklar tanasida sodir bo’ladigan biologik oqsillash reaktsiyalarida faol qatnashadi.
Marganets fotosintez jarayonida muhim o’rin tutadi, qand moddalar va xlorofill miqdorini ko’paytiradi, askorbin kislota sintezida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibiga kiradi.
Tuproqda marganets kam bo’lgan xollarda (yoki umuman bo’lmaganda) oziqlanish balansidagi elementlarning nisbati buziladi, chunki u kaltsiy singari tashqi muhitdan ionlarning tanlab singdirilishida o’zini antagonist sifatida namoyon qiladi. Marganets reutilizatsiya jarayonini tartibga solib turuvchi element sifatida ham muhim o’rin tutadi. U o’simlik hujayralarining suv tutish qobiliyatini oshiradi va hosil elementlarining ko’proq saqlanishiga yordam beradi.
Tuproqda marganets miqdori 1 % gacha yetadi, lekin uning asosiy qismi o’simliklar tomonidan qiyin o’zlashtiriladigan shakldadir.
Marganetsli o’g’itlar qo’llash hisobiga qandlavlagidan 23,7, bug’doydan 2,2, makkajo’xoridan 11,8 va arpadan 3,0 ts/ga qo’shimcha hosil olinadi
Marganetsnint ekinlar hosildorligiga ta’siri ts/ga (P. A. Vlasyaj, 1990)
Sifatida tarkibida margenets tutgan rudalarni ishlash jarayonida chiqadigan chiqindilardan keng foydalaniladi. Ular o’z tarkibida 10—18 % gacha Mp tutadi.
Tarkibida 70 % Mp tutgan marganets sulfat qimmatbaxr mikroo’g’it hisoblanadi (35-jadval) va undan sabzavot ekinlarni o’g’itlashda foydalaniladi.
Marganets fosforli o’g’itlar bilan birgalikda qo’llanilganda yaxshi samara beradi, shu bois marganetsli superfosfat ishlab chiqarish yo’lga ko’yilgan. SHuningdek, Mp kompleks o’g’itlar tarkibiga ham kiritiladi.
Marganetsli mikroo’g’itlar (N. M. Gedoniy, 1990)
Marganets sulfat
Mp li superfosfat
Mp li ruda chivo’ndisi
MnSO, RA
Mp,
Mp
70
20
1-2
7-18
Tuproqda odatda marganets 2,5 kg/ga hisobida kiritiladi. Marganetsli o’g’itlarni ypyg’ bilan aralashtirish o’g’it qo’llashning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Buninguchun 50—100 g chamasi marganets sulfat olinadi va 1 ts urug’ bilan arlashtiriladi. Ildizdan tashqari oziqlantirishda 200 g marganets sulfat 100 l suvda eritilib, 1 ga maydondagi nihollarga purkala-di.