Molibden Molibden ko’proq. dukkakli ekinlar tarkibida (R, 5— 20,0 mg/kg)uchraydi. Boshoqli don ekinlari 0,2—1,0 mg/kg atrofida molibden tutadi.
Molibden o’simliklarga boshqa mikroelementlarga nisbatan kamroq. yutiladi. O’simlik barglarida molibden boshqa a’zolarga nisbatan ko’proq. tuplanadi (9-rangli rasm). Aksariyat o’simliklarda molibden miqdorining ko’yi chegarasi 1 kg quruq moddada 0,1 mg hisoblanadi. Dukkakli ekinlarda bu ko’rsatkich 0,4 mg/kg ni tashkil qiladi.
Molibden o’simliklardagi nitratreduktaza fermenti tarkibiga kiradi. Umuman olganda, molibdenni o’simliklardagi «azot almashinish jarayoni mikroelementi» deb atash mumkin. Molibden fotosintez, nafas olish, vitamin va fermentlar sintezida faol ishtirok etadi.
Tuproqlarda molibdenning yalpi miqdori 0,2—2,4 mg/kg ni tashkil etsada, harakatchan shakli 0,1—0,27 mg/kg dan oshmaydi. Gumusga boy tuproqlar o’z tarkibida molibden yalpi miqdorining ko’pligi bilan ajralib turadi.
Molibden bilan yaxshi ta’minlangan tuproqlarda o’simliklar azot, fosfor va kaliyni yaxshi o’zlashtiradi. Azot oqsil tarkibiga tuliq o’tadi, natijada sabzavot va poliz ekinlarida azotning nitrat shaklida tugsha-nishining oldi olinadi. SHuning uchun molibdenni dukkakli ekinlarga fosfor va kaliy bilan boshqa ekinlarga esa, azot bilan birga qo’llash tavsiya etiladi.
Molibdenga talabchan o’simliklar jumlasiga beda, sebarga, suya, xashaki dukkaklilar, vika, gulkaram, ildizmevalilar, raps, boshkaram va sabzavotlar kiradi. O’simliklarning 1 kg quruq moddasi tarkibida molibden miqdori 1 mg dan ortiq bo’lsa, inson va hayvonlar xayoti uchun xavfli hisoblanadi.
Molibdenli mikroo’g’itlarning turi ko’p bo’lsada, sanoatda ko’proq tarkibida 52—53 % molibden tutgan ammoniy molibdat ishlab chiqariladi
Elektrochiroq sanoati chiqindilari o’z tarkibida 5—8 % Mo tutgani uchun ulardan mikroo’g’it sifatida foydalanish mumkin. Molibdenli oddiy va qo’shsuperfosfatlar tayyorlash ham yo’lga qo’yilgan.
Molibdenli mikroo’g’itlar bir necha usulda qo’llanilishi mumkin. Urug’larni mikroo’g’it bilan ishlash uchun 1 ts yirik urug’lar uchun 25—50 g, beda urug’lari uchun 500—800 g ammoniy molibdat sarflash lozim (37-jadval).
Urug’larni ekish oldidan molibdenli mikroo’g’itlar bilan ichtash o’g’it qo’llashning samarali usuli hisoblanadi. Buning uchun 1 ts yirik urug’larga 25—50 g, bedaning mayda urug’lariga 500—800 g ammoniy molibdat olinadi, 2—3 l suvda eritilib, aralashtiriladi.
Ildizdan tashqari oziqlantirishda 1 ga maydondagi nixollarga 200—600 g ammoniy molibdat ishlatiladi. 50 kg molibdenli superfosfat bilan tuproqqa 50— 100 g molibden kelib tushadi.
Rux ekinlarning issiq va sovuqda chidamliligini oshirali, fosfoрНi ko’proq o’zlashtirilishiga yordam beradi. Rux tanqisligida noorganik fosfoрНing organik shaklga o’tishi sekinlashadi, shuningdek, o’simliklar tanasida saxaroza va kraxmal miqdori kamayadi, azotning nooqsil shakldagi birikmalari tutshanishi kuzatiladi. Xozircha o’z tarkibida rux elementi tutgan 30 dan ortiq ferment aniqlangan.
Rux yetishmaganda, o’simlik hujayralarining bo’linishi sekinlashadi, barglar och yashil (ba’zan oq) tusga kiradi, shakli o’zgaradi, poyadagi butam oralari qisqaradi, mevalar burishib qoladi.
O’rta Osiyoning mutadil va kuchsiz ishqoriy tuproqlarida rux tanqisligi kuzatiladi.
Mintaqamiz tuproqlarida rux mikdori 1,4—1,8 mg/kg dan kam bo’lganda, ruxli o’g’itlar qo’llashga ehtiyoj seziladi.
Ruxli o’g’itlar sifatida sanoat chiqindilari, rux sulfat va polimikroo’g’it (PMU—7) dan keng foydalaniladi (38-jadval).
. Ruxli mikroo’g’itlar