Тупроқшунослик асослари


MAVZU: ORGANIK O’G’ITLAR. BAKTERIAL O’G’ITLAR



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə158/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

16.MAVZU: ORGANIK O’G’ITLAR. BAKTERIAL O’G’ITLAR.
Reja:

  1. Organik o’g’itlar to’g’risida umumiy tushuncha

  2. To’shamali go’ng va uni saqlash usullari

  3. To’shamali go’ngni ishlatilishi

  4. Bakterial o’g’itlar



16.1.Organik o’g’itlar to’g’risida umumiy tushuncha.

Qishloq xo’jaligida qo’llanidigan o’g’itlarni kimyoviy tarkibi, xususiyati, olinish usuli, tuproq va o’simliklarga ta’siriga ko’ra organik mineral va bakterial o’g’itlarga bo’lish qabo’l qilingan.


Organik yoki mahalliy o’g’itlarga go’ng, go’ng sharbati, torf, najas, qushlar axlati, kompost, xo’jalik chiqindilari, ko’kat o’g’itlar kiradi. O’zining ahamiyatiga ko’ra organik o’g’itlar ichida go’ng birinchi o’rinda turadi.
Ushbu o’g’it tuproq xossasiga ko’p tomonlama ta’sir etib, qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshiradi, chunki ular o’simlik uchun oziqa moddlarining manbai hisoblanadi.
Organik o’g’itlar bilan tuproqqa o’simlik uchun zarur bo’lgan barcha oziqa elementlar (makro va mikro) bilan bir vaqtda ancha miqdorda mikroorganizmlar ham tushadi. Ushbu mikrorganizmlar tuproq mikroflorasini boyitib, uning tarkibida kechadigan mikrobiologik jarayonlar (chirish, mineralizatsiya, ammonifikatsiya)ni faollashtiradi. Tuproqqa solingan yirik shoxli qoramollar go’ngining 1 tonna moddasi bilan 20 kg azot; 10 kg fosfor (Р2O); 24 kg kaliy (K2O); 28 kg kaltsiy (СaO); 6 kg magniy (MgO); 4 kg oltingugrt; 25 g bor; 230g marganets, 20g mis, 100g rux, 2g molibden, 1,2g kobalt, 0,4g yod elementlari tushadi.
Organik o’g’itlarni ahamiyati shundan ham ko’rinadiki, 20 tonna yarim chirigan to’shamali go’ng tarkibidagi oizqa moddalar miqdoriga ko’ra 0,3 tonna ammiakli selitra, 0,25 tonna oddiy superfosfat va 0,2 tonna kaliy xlorid bilan ekvivalent hisoblanadi. Bunday organik o’g’itlardan oqilona foydalanish xalq xo’jaligi uchun o’ta muhim ekanligi yaqqol ko’rinib turibdi.
Mineral o’g’itlarga nisbatan organik o’g’itlar tarkibida oziqa moddalarni birmuncha kamroq saqlaydi. Mineral o’g’itlar kabi organik o’g’itlarni qo’llash ham dehqonchilikda moddalar aylanishiga inson tomonidan ta’sir etishning muxim usullaridan biri hisoblanadi. Go’ng, go’ng sharbati, qushlar axlati, najasni tuproqqa solish o’simliklar tomonidan ilgari foydalanilgan, hosilni hayvonlar beradi, zero oziqa tarikbidagi elementlar hayvonlar go’ngi tarkibiga o’tgan bo’ladi.
Torf, shahar chiqindilari, chuchuk suv loyqasini o’g’it sifatida qo’llash moddlar aylanishidan tashqarida bo’lgan oziqa elementlarni ushbu doiraga kiritish imkonini beradi.
Organik o’g’itlar o’simliklar uchun nafaqat mineral oziqa manbai balki, СО2 ning ham manbai hisoblanadi. Tuproqqa solingan organik o’g’itlarning chirishi natijasida ko’p miqdorda karbonat angidrid gazi ajralib chiqib tuproq havosi va yuzadagi СО2 miqdorini oshiradi, bu esa o’z navbatida o’simliklar mahsuldorligini oshishiga olib keladi. Tuproqqa solingan 30-40 tonna/ga go’ngni jadal chiriyotgan davrida karbonat angidridning ajralib chiqishi o’g’itlanmagan dalalarga nisbatan 100-200 kg/ga ko’p bo’ladi. Bunday miqdordagi СО2 ning ahamiyatini shundan ham bilsa bo’ladiki, 20-25 ts/ga don hosil qilish uchun g’alla ekinlari kuniga 100 kg ga yaqin, karbonat angidridni talab qiladi.
Organik o’g’itlar tuproq mikroorganizmlari uchun oziqa manbai va energetik material hisoblanadi. Bundan tashqari go’ng va najas mikroorganizmlar florasiga juda boy bo’lib, ular bilan tuproqqa katta miqdordagi mikroblar tushadi. SHu tufayli organik o’g’itlar tuproqda azot to’plovchi bakteriyalar, ammonifikatorlar, nitrifikatorlar va boshqa guruh mikroorganizmlar faoliyatini kuchaytiradi.
Kam chirindili, kuchsiz madaniylashgan tuproqlar unumdorligini oshirishning asosiy yo’li organik o’g’itlar qo’llash hisoblanadi. Bu turdagi o’g’itlarni muntazam qo’llash tuproq agrokimyoviy xossalari, biologic, fizik, fizik-kimyoviy xususiyatlari, suv va havo rejimini yaxshilaydi.
Tuproqning singdirish sig’imi, asoslar bilan to’yinish darajasi ortib, nordonlikni birmuncha kamaytiradi.
Organik o’g’itlarni mineral o’g’itlar bilan birgalikda qo’llash qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosil olishni ta’minlashning asosiy yo’llaridan biridir.
SHuni aloxida nazarda tutish lozimki, organik o’g’itlar oziqa moddalari tuproqda minerallashgandan so’nggina o’simliklar tomonidan o’zlashtirilishi mumkin. SHu tufayli faqatgina organik o’g’itlar bilan o’simliklarni oziqaga bo’lgan talabini, ayniqsa, o’suv davrini boshida qondirish mushkul. Bundan tashqari organik o’g’itlar tarkibida oziqa moddalarni nisbati o’simliklar ehtiyojini qoplash uchun yetarli darajada bo’lmasligi mumkin. SHu tufayli ularni mineral o’gitlar bilan birga qo’llash lozim.
SHu bilan birga faqatgina mineral o’g’itlarni qo’llash ham ba’zi tuproq xususiyatlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Nordon muhitga ega bo’lgan tuproqlarda fiziologik nordon o’g’iitlarni qo’llash, muhit kislotaligini oshirishi, karbonatli tuproqlarda fosfatlarning qiyin o’zlashtiriluvchan shaklga o’tib ketishi, sho’rlangan tuproqlarda Cl-, SO42-, ionlarining ko’payib ketishi ko’zatilishi mumkin. CHorva mollarini boqish va chiqinlarni to’plash usullariga bog’liq ravishda to’shamali, to’shamasiz va suyuq go’ng olinadi.



Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin